Tayanch iboralar
Iqtisodiyot nazariyasi; iqtisodiy kategoriyalar; umumiqtisodiy kategoriyalar; formatsion-maxsus
kategoriyalar; davriy-oraliq kategoriyalar; iqtisodiy qonunlar; induktiv va deduktiv usullar;
umumiqtisodiy fanlar; xususiy iqtisodiy fanlar. Moddiy ehtiyojlar; ijtimoiy-ma'naviy ehtiyojlar;
mehnat ehtiyoji; ehtiyojlarning yuksalishi; ehtiyojlarni qondirish vositasi.
Iqtisodiyot nazariyasi qanday fan va u nimani o`rganadi?
Iqtisodiyot nazariyasi qadimgi fanlardan biri hisoblanadi. U doim olimlar va ziyoli kishilar
diqqatini jalb qilib kelgan. Buni shu bilan izohlash mumkinki, iqtisodiyot nazariyasini o`rganish-
bu barcha davrlarda - Aristotel va Ksenofontdan tortib to bugungi kunga qadar – kishilar iqtisodiy
faoliyati va xo`jalik yuritish qonunlarining harakatlantiruvchi kuchlarini bilishning ob'ektiv
zaruriyatini amalga oshirishdir.
Iqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlari va usullarini tahlil qilish shuni ko`rsatadiki,
moddiy ne'matlarni ishlab chiqarish va ularning iste'molida diniy tushunchalar, odamlarning
imon-e'tiqodi katta ta'sir kuchiga ega. Islomning asosiy manbai «Qur'oni Karim» oyatlari
bandalarni har jihatdan poklikka, imon basalomatligiga chorlaydi. Bu muqaddas kitobning 293 ta
oyati bevosita iqtisodiy tafakkurga bag`ishlangan.
«U (Alloh) sizlarga erni bo`ysundirib qo`ygan zotdir. Bas, uning turli joylarida yuring va
(Allohning) rizqidan eng...»
1
Iqtisodiyot nazariyasi fanining shakllanish va rivojlanishidagi birinchi bosqichi - bu
merkantilizmning yuzaga kelishidir.
Merkantilistlar ta'limotining mohiyati boylikning yuzaga kelishi manbaiga berilgan ta'rifdan
iborat (ularning xizmati shundaki bu to`g`rida birinchi bo`lib fikr bildirganlar). Biroq ular bu
masalani noto`g`ri talqin qilganlar, chunki boylikning manbaini muomala sohasidan keltirib
chiqarganlar, boylikni esa pul bilan tenglashtirganlar.
Siyosiy iqtisodning rivojlanishidagi yangi bosqich fiziokratlar timsolida ko`rinadi, ular yirik
er egalari manfaatlarini himoya qiluvchilar bo`lib maydonga kelganlar. Mazkur yo`nalishning
bosh vakili va tashkilotchisi Fransua Kene (1694-1774) dir. U ishlab chiqqan ta'limotning
cheklanganligi shundan iboratki, bunda boylikning manbai faqat dehqonchilikdagi mehnat deb
hisoblanadi.
Iqtisodiyot fan A.Smit (1723-1790) va D. Rikardo (1772-1823) asarlarida yanada
rivojlantirildi. A.Smit iqtisodiy fikrlar tarixiga mumtoz (klassik) siyosiy iqtisodning asoschisi
sifatida kirib keldi.
A.Mansurov. «Qur'oni Karim» ma'nolarining tarjimasi, «Mulk» surasining 15-oyatidan.
38
XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab marjinalizm deb atalgan oqim vujudga kelib,
shakllana boshladi. (Inglizcha so`zdan olingan va «oxirgi qo`shilgan» – degan ma'noni beradi).
Uning asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyondalari Karl Menger, Fon Vizer, Bem
Bavrek va boshqalar bo`lib, ular tomonidan «qo`shilgan tovar nafligi, qo`shilgan mehnat yoki
resurs unumdorligi» – degan nazariyalar ishlab chiqildi. Marjinalizm nazariyasi aniq olingan
tovarga bo`lgan talab va uning bahosi o`rtasidagi bog`liqlik hamda o`zaro ta'sirni tahlil qilishda
keng qo`llaniladi.
Iqtisodiyot nazariyasining yana bir muhim yo`nalishlaridan biri monetarizm deb ataladi.
Uning asoschisi – Milton Fridman.
Markaziy Osiyoda iqtisodiy fikrlarning rivojlanishi Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf
Xos Hojib, Alisher Navoiy va boshqa dunyoga mashhur olimlar nomlari bilan bog`liq.
Ularning asarlarida iqtisodiy fikrlar hali falsafiy va butun ijtimoiy bilimlar majmuidan
ajralmagan bo`lsa-da, katta ahamiyatga ega edi.
Forobiy va Ibn Sino qarashlarida insonning ehtiyojlari to`g`risidagi ta'limot markaziy o`rin
egallar edi.
Iqtisodiyot fanining tarixiga qilingan o`ziga xos sayohat natijasida uning asosiy maktablari
va yo`nalishlari bilan tanishuvdan so`ng iqtisodiyot nazariyasining predmetiga ta'rif berish
mumkin.
Iqtisodiyot nazariya - kishilarning cheklanmagan ehtiyojlarini to`laroq qondirish
maqsadida cheklangan resurslardan foydalanishning eng samarali yo`llarini izlash sharoitida
kishilik jamiyati rivojlanishining qonunlari va qonuniyatlarini o`rganish bilan shug`ullanuvchi
fandir.
Iqtisodiyot nazariyasi fani ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi to`g`risidagi fan
bo`lib, uning predmeti ishlab chiqarish munosabatlaridir.
Ishlab chiqarish munosabatlari-bu hayotiy ne'matlarni ishlab chiqarish, taqsimlash,
ayirboshlash va iste'mol qilish jarayonida kishilar o`rtasida ob'ektiv yuzaga keladigan
munosabatlar.
Iqtisodiyot nazariyasi tarkiban o`z ichiga mikroiqtisodiyot (alohida iqtisodiy sub'ektlarning
xatti-harakati) va makroiqtisodiyot (butun milliy iqtisodiy tizim xatti-harakati va amal qilishi)ni
oladi. Uning tarkibida yana mezoiqtisodiyot (milliy iqtisodiyotning alohida kichik tizimlari yoki
xalq xo`jaligi tarmoqlari xatti-harakati) va supermakroiqtisodiyot (butun jahon iqtisodiyotining
xatti-harakati)ni ajratib ko`rsatish mumkin.
Iqtisodiyot nazariyasining asosiy vazifasi-iqtisodiy hodisalarning shunchaki talqinini
berish emas, balki ularning o`zaro bog`liqligi va o`zaro aloqadorligini ko`rsatish, ya'ni iqtisodiy
hodisalar, jarayonlar va qonunlar tizimini yoritib berishdan iborat. Shu bilan u boshqa aniq
iqtisodiy fanlardan farq qiladi.
Iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar.
Iqtisodiyotda turli hodisalar, jarayonlar, ular o`rtasidagi aloqalar o`rganilganda, ular konkret
sharoitda (masalan, korxonada) tekshirilmaydi, balki umumnazariy, ya'ni qonun-kategoriyalar
darajasida ilmiy jihatdan izohlab beriladi.
Har bir fan o`z predmetini kategoriyalar yordamida tekshiradi.
Iqtisodiy kategoriyalar – bu iqtisodni o`rganishda qo`llanadigan nazariy tushunchalar bo`lib, ular
real iqtisodiy voqelikning ilmiy in'ikosi, ifoda etilishidir.
Kategoriyalar – ilmiy fikrlash mahsulidir. Ularni kundalik hayotda uchraydigan tushunchalardan
farqlash zarur. Masalan, kundalik hayotda bozor deganda, ko`pchilik yig`ilib savdo qilinadigan
joy tushuniladi. Nazariyada esa bozor deganda joy emas, pul yordamida ayirboshlash, ya'ni
kishilar o`rtasida oldi-sotdi munosabatlari anglanadi. Nazariyada kategoriyalar guruhlarga bo`linib
o`rganiladi:
Umumiqtisodiy kategoriyalar– iqtisodiy taraqqiyotning hamma bosqichlariga xos bo`lgan, lekin
ijtimoiy-iqtisodiy sistemaga aloqasi bo`lmagan umuminsoniy munosabatlarni ifodalovchi
kategoriyalar.
39
1.
Formatsion-maxsus kategoriyalar– iqtisodiy taraqqiyotning muayyan tarixiy bosqichiga
xos bo`lgan, ijtimoiy-iqtisodiy sistemaning tabiatiga aloqador, o`tkinchi munosabatlarni
ifodalovchi maxsus kategoriyalar.
2.
Davriy-oraliq kategoriyalar – umuminsoniy xarakterdagi, lekin bir necha iqtisodiy
sistemalar sharoitida amal qiluvchi, uzoq tarixiy davrda saqlanuvchi, ammo o`tkinchi mazmundagi
iqtisodiy munosabatlarni ifodalovchi kategoriyalar.
Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy hodisalarning belgilari umumlashtirish asosida qonunlarda
ta'riflanadi.Iqtisodiy qonunlar – iqtisodiy jarayonlarning turli muhim tomonlari o`rtasidagi muhim
takrorlanib va yuzaga kelib turadigan uzviy iqtisodiy zaruratni taqozo etuvchi sabab-oqibat, aloqa
bog`lanishlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |