44
aktsiyali jamiyatlarga, mas'uliyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo`lmaydigan
boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish - fuqarolarning va davlatga taalluqli bo`lmagan yuridik shaxslarning davlat
mulki ob'ektlarini yoki davlat aktsiyali jamiyatlarining aktsiyalarini davlatdan sotib olishdir.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning asosiy qonun-qoidalari:
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish vaqtida mulkni pulli va pulsiz topshirishni
qo`shib olib borish;
pulsiz va pulli xususiylashtiriladigan mulkdan ulush olishda fuqarolar tengligi;
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish sharoitida barcha fuqarolarning ijtimoiy
himoya qilinishini ta'minlash;
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish tadbirlarini amalga oshirish ustidan davlat va
jamoat nazoratini yo`lga qo`yish;
monopoliyaga =arshi =onunlar talablariga rioya etish.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllari quyidagilardan iborat: davlat
korxonasi, jamoa korxonasining aktsiyali jamiyatga yoki shirkatga hamda davlat korxonasining
ijara korxnasiga aylantirilishi.O`zbekiston Respulikasida davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish quyidagi shartlarga rioya etgan holda amalga oshiriladi:
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish shakllarini mehnat jamoalarining
mustaqil aniqlanishi;
davlat tasarrufidan chiqarilayotgan va xususiylashtirilayotgan korxonalar mehnat
jamoalarining ijtimoiy jihatdan muhofaza qilinishini ta'minlash;
boshqa respublikalar va xorijiy davlatlarning ijtimoiy va yuridik shaxslari davlat
tasarrufidan chiqarilgan hamda xususiylashtirilayotgan ob'ektlarni, ularning aktsiyalarini
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan yoki u vakil
qilgan idora tomonidan belgilanadigan kvotalar bo`yicha sotib oladilar;
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning to`la oshkoraligi hamda bu xaqda
axborot e'lon qilish, ularni korxonalar xodimlari tomonidan, kasaba uyushmalari va boshqa
ijtimoiy tashkilotlar tomonidan nazorat qilish.
Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish ob'ektlarini sotish tartibi, narxi, bitimlarni
rasmiylashtirish tartibi, mablag`i 1991 yil 19 noyabrda qabul qilingan «O`zbekiston
Respublikasining davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to`g`risida»gi qonun»da
batafsil bayon etilgan.O`zbekistonda tovar-pul munosabatlari rivojlanayotgan va boshqariladigan
bozor sharoitida mulkchilikning barcha shakliga mansub korxonalarni barpo etish, ular faoliyatini
yuritish, qayta tashkil etish va tugatishning umumiy xuquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy asoslarini
belgilab beruvchi ―O`zbekiston Respublikasidagi korxonalar to`g`risidagi qonun‖ mavjud. Qonun
foyda olishni ko`zlab ish olib boradigan korxonalarning mustaqilligini ta'minlashga qaratilgan
bo`lib, ularning huquqlari va mas'uliyatini belgilaydi, boshqa korxonalar va tashkilotlar, xalq
deputatlari Kengashlari, davlat boshqaruvi idoralari bilan munosabatlarini tartibga soladi.
Do'stlaringiz bilan baham: