Tibbiy kimyo javoblari


) Biogen elementlarni organizmda yetishmasligi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/195
Sana16.01.2022
Hajmi1,63 Mb.
#370770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   195
Bog'liq
Tibbiy kimyo javoblari to'ldirilgan nashr. pdf

4) Biogen elementlarni organizmda yetishmasligi natijasida kelib chiqadigan kasalliklar.  

Biogen elementlarning tirik organizmdagi 

faoliyati, o‘zlashtiriladigan va  saqlanadigan miqdorlari qator omillarga bog‘liq. 

Bularga elementlar orasidagi ta’sirlashuvlar misol bo‘ladi.

 

Bunday ta’sirlashuvlar ikki turga bo‘linadi. Sinergistik 



ta’sirlashuv —

 element boshqa bir elementning biologik 

ta’sir qiymatini oshiradi. Bunday elementlar sinergistlar deb 

ataladi. Antagonistik ta’sirlashuv —

 

element boshqa bir elementning biologik ta’s



ir qiymatini kamaytiradi. Bunday 

elementlar antagonistlar deb ataladi. Elementlarning o‘zaro sinergistik va antagonistik ta’sirlashuvi murakkab bo‘lib 

organizmda sodir bo‘ladigan jarayonlarga katta ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, odam organizmidagi Cu2+ miqdor

ining 


kamayishi iste’mol qilinayotgan ozuqa moddalarining tarkibida temir miqdori etarli bo‘lganda ham kamqonlik 

kasalligi 

kelib chiqishiga olib keladi. Buning asosiy sababi organizmdagi temir ionlarining o‘zlashtirilishi mis ta’sirida tezlashadi. 

Bu 


eleme

ntning taqchilligi temir ionlarining kam o‘zlashtirilishiga olib keladi. O‘z navbatida temir kamchiligi natijasid

a kelib 

chiqadigan kamqonlikda bemorga temir preparatlari bilan birga misli tuzlar qo‘shib berilishi bu xastalikni tezda 

yo‘qolishiga olib keladi. Bu elementlarning biologik xossalarining bunday bog‘liqligi ularning o‘zaro sinergist biogen 

elementlar ekanl

igini ko‘rsatadi. Natriy va kaliy ko‘pincha antagonistik ta’sirlashuvda bo‘ladi. Masalan, organizmdagi 

natriy ionlari miqdorining ortishi kaliy

ning kamayishiga olib keladi. Qonda ortiqcha miqdorda kaliy ionlari bo‘lganda 

aldosteron gormonining sekretsiyasi 

kuchayadi, natriy ionlari esa bu jarayonni susaytiradi. O‘zaro antagonistik 

ta’sirlashuvga Ca2+ va Mg 2+ ionlari ham egadir. Jumladan Mg2+ ionlari ta’sirida faollashadigan qator fermentlar 

(adenozinuchfosfataza, argeninsuksinatsintetaza va h. k.) Ca2+ ion

lari tomonidan ingibirlashadi. O‘z navbatida 

miozindagi adenozinuchfosfataza fermenti Ca2+ ta’sirida faollashadi, Mg2+ ta’sirida esa ingibirlan

adi. Odam organizmida 

margumush miqdorining ortishi unga sinergist bo‘lib hisoblangan Sb3+ miqdorining ko‘payishi

ga olib keladi. Bu ikki 

element  qalqonsimon bezda yig‘ilib, uning faolligini kamaytiradi va yodga antagonist bo‘lib, endemik bo‘qoq kasalligin

keltirib chiqaradi. Biror-



bir elementning miqdori bir vaqtning o‘zida bir necha elementlarning organizm tomonid

an 


o‘zlashtirilishiga ta’sir etishi mumkin. 

Misol tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin:

 Rux ionlari miqdorining ortishi 

Ca2+, Mg2+, Na+ va 

K+ ionlarining organizmda o‘zlashtirilishini kamayishiga olib keladi; alyuminiyning miqdoriy ortishi 

Ca2+, Mg2+ 

va K+ ning kamayishiga sabab bo‘ladi; tashqi muhitdan ko‘plab Ni2+ va Co2+ tushishi shu organizmda azot, 

fosfor, Ca2+ va K+ kam o‘zlashtirilishini keltirib chiqaradi. Elementlarning o‘zaro antagonistik va sinergistik ta’sirlashuvi 

hamda tashqi muhitdan org

anizmga biogen elementlarning o‘ta ko‘p yoki o‘ta kam kirishi (ozuqa, suv va havo orqali) 

qator patologik holatlarga olib keladi. Bundan tashqa

ri, biogen elementlarning organizmdagi miqdoriy o‘zgarishlari qator 

kasalliklar oqibatida ham shakllanishi mumkin. Masalan, buyraklarning ajratish qobiliyati buzilganda hujayralardagi kaliy 

ionlari qon zardobiga ko‘plab ajralib chiqadi. Bu esa organizm tomonidan kaliy o‘zlashtirilishining ortishiga sabab bo‘lishi 

mumkin. Natijada bu elementning miqdori ortib ketadi hamda gipoglikemiya kelib chiqishi kuzatiladi. Jigar kasalliklarida 

biogen elementlarni o‘zlashtirishda ishtirok etuvchi oqsil tabiatli moddalar

 sintezlanishining buzilishi hisobiga 

organizmdagi elementlar miqdori kamayib ketadi. Jumladan transferinlarning 

kamayishi Fe3+ o‘zlashtirilishiga, 

seruloplazminning kamayishi esa Cu2+ o‘zlashtirilishiga salbiy ta’sir etadi. Qoqshol (stolbnyak) zahari orga

nizmdagi Ca2+ 

ionlari transportining buzilishiga olib keladi. Natijada MNS va mushak-nerv sistemalari orasida ner

v impulsining o‘tishi 

buziladi. Odam organizmiga elementlar ko‘rsatayotgan ta’sir ularning xususiyati bilan bir qatorda miqdoriga ham bog‘liq 

b

o‘ladi. Jumladan, elementlarning ta’sir effekti ularning 24 soatda organizmga kirayotgan miqdoriga qarab kamchil 



(defitsit), biotik, zaharlovchi (toksik) va nobud qiluvchi (letal) turlarga bo‘linishi mumkin. Shu sababli har qanday element

 

ma’lum bir biotik



 

miqdorda turli biologik jarayonlarga ijobiy ta’sir etishi, katta miqdorlarda esa xuddi shu jarayonlarning 

buzili

shiga olib kelishi mumkin. Biogen elementlarning organizm tomonidan o‘zlashirilishining buzilishi ba’zi irsiy 



kasalliklarda ham kuzatiladi. Jum

ladan, Menkes sindromi X xromasomalar bilan bog‘liq bo‘lib, Cu2+ almashinuvining 

buzilishini keltirib chiqaradi. Natijada buyraklardagi Cu2+ miqdori keskin ortadi, jigar va bosh miyadagi miqdori esa 

kamayadi. Bu biogen elementning organizmdagi miqdoriy o‘zgarishlari shu a`zo hujayralaridagi Cu2+ ionlarini bog‘lay 

oladigan oqsil molekulalari sintezlanishining genetik (irsiy) buzilishi natijasida kelib chiqadi. Irsiy kasalliklardan yana biri 

Konovalov-

Vilson xastaligi bo‘lib, bunda qon zardobidagi mis miqdori

 normaga qaraganda qariyb ikki barobar kamayadi; 

jigardagi miqdori esa keskin ortib ketadi. O‘z navbatida Cu2+ ni

ng jigardagi ortiqcha miqdori asta-sekin yoki nixoyatda 

tez qonga ajralib chiqishi mumkin. 


Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish