Toksiko-
farmakologik ta’sir.
Biogen elementlarning biotik miqdoridan ancha yuqori bo‘lgan konsentratsiyalarda ishlatilishi
fiz
iologik to‘siqlarning (hujayra membranalari va boshqalar) «funksional buzilishi» orqali o‘tadi va ko‘p hollarda
zaharlovchi ta’sir ko‘rsatadi.
Litiy
. Odam organizmida doimiy uchraydigan mikrobiogen s
—
elementlarga tegishli bo‘lib, uning umumiy miqdori 1 •
10-
4% atrofida bo‘ladi. Asosiy miqdorlari jigar, o‘pka va mushaklarda yig‘iladi. Sh
u bilan bir qatorda uning hujayra ichki
va tashqi muhitidagi miqdori o‘zaro farqlanadi. Jumladan, jigar hujayrala
ridagi litiy miqdori, shu hujayralararo
suyuqliklardagi miqdoridan 3 barobar kam, mushak hujayralaridagi miqdori esa hujayralararo suyuqlikda saqlanadigan
miqdoridan 2,5 barobar ko‘p bo‘ladi. Litiy azot almashinuvini kuchaytirib mushaklardagi NH3 miqdorini
kamaytiradi.
Natriy.
Nihoyatda katta hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan oligobiogen s
-
element bo‘lib, odam organizmidagi umumiy
miqdori 0,25% ni
tashkil etadi. Unga 24 soat ichida bo‘lgan talab 4
-7 g. Uning asosiy miqdori xlorid, gidrokarbonat va
fosfat tuzl
ari tarkibida saqlanib, qondagi miqdori ≈0,32%, suyaklardagi miqdori 0,6%, mushak to‘qimalaridagi miqdori
esa 0,6-1,5% ni tashkil etadi. Natriy turli biomolekulalar tarkibiga kirib, kaliy, kalsiy va magniy ionlari bilan birgalikda nerv
impulslarini hosil q
ilish va o‘tkazishda, osmotik bosimni saqlab turishda katta ahamiyat kasb etadi. Uning xlorli tuzi
oshqozon shirasi tarkibidagi HCl sintezlanishida asosiy komponent vazifasini bajaradi. Natriy odam organizmidagi
ahamiyatli bufer (karbonatli va fosfatli) si
stemalari tarkibiga kiruvchi ion bo‘lib, kislota
-asos muvozanatini boshqaruvida
bevosita ishtirok etadi.
Kaliy.
Makrobiogen element bo‘lib, barcha to‘qimalarda uchraydi. Katta yoshdagi odamning kaliy ioniga 24 soat
davomida bo‘lgan talabi 2
-3 mg/kg, bolalarniki esa 12-13 mg/kg ni tashkil etadi. Uning asosiy depolari - qon hujayralar
sitoplazmasi, jigar va taloq. Kaliy hujayra ichki ioni bo‘lib, u
ning 19 umumiy miqdoridan 98% ga yaqini hujayra ichki
suyuqligida oqsillar, karbon suvlar, kreatin va fosfatlar bilan birikkan holda saqlanadi. U natriy singari, osmotik bosimni
saqlash va nerv impulslarini hosil qilishda katta ahamiyatga ega.
@Mahmud_Yazdanov
Mahmud Yazdanov
+998 91 318 24 68
Kalsiy.
Makrobiogen s
—
element bo‘lib, odam organizmi umumiy massasining 2% ni tashkil etadi. Odamning kalsiyga 24
soat ichi
da bo‘lgan talabi bir gramm atrofida bo‘ladi. Organizmda saqlanadigan kalsiyning umumiy miqdoridan (~ 1400 g
70 kg odam tana vazniga) 98
—
99% su
yak va tish to‘qimalari tarkibida bo‘ladi. Jumladan suyaklarning mexanik
barqarorligini ta’minlovchi kalsiy tuzining tarkibi Ca(OH)2 · 3Ca3(PO4)2. Bu tuzdagi bir qism kalsiy Mg2+ ga, bir qism OH
-
guruhlar esa F ioniga almashingan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |