@Mahmud_Yazdanov
Mahmud Yazdanov
+998 91 318 24 68
Elektrkimyo
- fizikaviy kimyoning bir qismi bo`lib, kimyoviy va elektr energiya turlarini bir biriga o`tishi qonun-qoidalarini
o`rganadi. Elektr toki ta'sirida boradigan kimyoviy reaksiyalar - elektroliz deyiladi va unda elektr energiya kimyoviy
reaksiya energiyasiga o`tadi. Kimyoviy reaksiya energiyasini elektr energiyaga o`tishiga misol qilib galvanik elementlarda
boradigan jarayonni ko`rish mumkin. Bu jarayonlar elektrolit eritmalari va suyuqlanmalarida borib, ionlar xolati bilan
bog`liq bo`ladi. Shuning uchun elektrkimyoda elektrolitlar eritmalarining xossalari, ionli muvozanatlar va elektrodlardagi
jarayonlar o`rganiladi. Elektr tokini o`tkazuvchi jism o`tkazgich deb nomlanadi. o`tkazgichlar 2 turga bo`linadi: 1- chi tur
o`tkazgichlar deb elektr toki faqat erkin elektronlar harakati tufayli vujudga keladigan o`tkazgichlarga aytiladi. Ularga
misol qilib metallar, metall qotishmalari, ko`mir, grafit va b. olish mumkin. Bunday moddalardan elektr tokining o`tishi
xech qanday kimyoviy o`zgarishsiz, tegishli jismni qizishiga olib keladi. Elektr tokining o`tishi moddalarda kimyoviy
o`zgarishlar sodir qilsa bunday moddalar 2- chi tur o`tkazgichlar yoki elektrolitlar deyiladi. Elektrolitlarga - tuz, kislota,
asoslarning suvli erimtmalari, metallarning eruvchan oksidlari misol bo`la oladi. Eritmalarda elektr tokini musbat va
manfiy zaryadlangan ionlar tashiydi. Odam organizmida sodir bo‘ladigan elektrokimyoviy hodisalar juda qiziqarli va hali
etarlicha tekshirilmagan soha
hisoblanadi. Ma’lumki, skel
et mushaklarining harakatlari, yurak qisqarishlari, markaziy
nerv sistemasi hujayralarining qo‘zg‘alishi va tormozlanishi, impulslarning nervlar bo‘ylab tarqalishida elektr hodisalari
yuz beradi. Elektr potensiallari, «tok ta’siri» paydo bo‘ladi, ularni maxsus asboblar bilan topish va o‘lchash mumkin.
Yurak, bosh miya va skelet mushaklarining ba’zi kasalliklarini diagnostika qilish maqsadida 191 bu toklarni o‘lchab, yozib
oladigan asboblar
—
elektrokardiograflar, elektroensefalograflar va elektromiograflar
keng qo‘llaniladi. ]Biologik
to‘qimalar va suyuqliklarda ko‘p miqdorda elektrolitlar bo‘lib, ular elektr tokini ancha yaxshi o‘tkazadi. Demak ular 2
-tur
o`tkazgich bo`lib elektr tokini zaryadlangan zarrachalar hisobiga o`tkazar ekan. Shunga asoslangan holda fizioterapiyada
ionoforez, ya’ni
dorilarni ionlar holida, teri va shilliq pardalar ustiga tegishli elektrodlar qo‘yib berish muvaffaqiyat bil
an
qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: