2. O’zbekistonda iqtisodiy hayotni erkinlashtirish bosqichlari va
ularning o’ziga xos xususiyatlari
O’zbekistonda shakllanayotgan xususiy mulk ikki turdan iborat bo’lib, 1) yakka tartibda
faoliyat ko’rsatuvchi tadbirkorlarning, dexqon va fermerlarning xususiy mulki, 2) ularning
shirkat xo’jaliklaridagi paylar, aktsiyadorlar jamiyatlaridagi aktsiyalar, uyushma ulushlaridan
iborat kooperativ xususiy mulk. Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish Prezidentimiz Islom Karimov
tomonidan asoslab berilgan iqtisodiy islohatlarni yanada chuqurlashtirishning quyidagi ustuvor
yo’nalishlari bilan uzviy bog’liq:
1. Xususiylashtirishni yanad chuqurlashtirish va amalda mulkdorlar sinfini shakllantirish.
2. Kichik va o’rta biznesni rivojlantirish.
3. Iqtisodiyotga xorij sarmoyalarini keng jalb etish.
4. Mamlakat eksport salohiyatini rivojlantirish va mustahkamlash.
5. Iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlarni davom ettirish.
Prezidentimiz Islom Karimov “O’zbekiston XXI asrga intilmoqda» asarida ta’kidlab
o’tganlaridek, «O’zbekistondagi islohotlar va yangilanish jarayonlariga baho berar ekanmiz,
shuni ta’kidlashni istardimki, hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirish yo’li o’z mohiyat
ehtiboriga ko’ra mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha o’zgarishlarning asosiy
bog’lovchi bo’g’iniga aylanadi». Demak, iqtisodiy hayotni erkinlashtirish esa demokratik
jamiyat qurishning asosi sifatida uning iqtisodiy negizlarini mustaxkamlashni tahminlaydi.
Uning natijasida jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni kafolatlovchi, iqtisodiy rivojlanishni
tahminlovchi amalda o’rta mulkdorlar sinfi shakllandi. Prezidentimiz iqtisodiy hayotni yanada
erkinlashtirish yuzasidan quyidagi vazifalarni belgilab bergan edi:
1) dan Mulkdorlar sinfini shakllantirish masalasini tubdan hal qilish. Buning uchun xususiy
mulkchilik yetakchi o’rinda turadigan ko’p ukladli iqtisodiyotni barpo etish.
2) dan, Haqiqiy raqobat muhitini shakllantirish.
3) dan Bozor infratuzilmasini rivojlantirish.
4) dan Tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish tizimini tubdan qayta ko’rib chiqish.
5) dan, Valyuta tizimi va boozrni erkinlashtirsh.
6) dan, Davlat va turli tekshiruvchi, nazorat qiluvchi organlar tomonidan korxonalarning
xo’jalik faoliyatiga noo’rin aralashishni cheklab ko’yish.
Ushbu vazifalarni hal qilish uchun O’zbekistonda davlat mulki xususiylashtirishni yanada
chuqurlashtirish tadbirlari o’tkazildi. Birgina 2000-2002 yillarda 3117 ta tarmoq ob’ektlari davlat
tasarrufidan chiqarilib xususiylashtirildi.
Prezidentimiz Islom Karimov 2005 yil 28 yanvarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va
Senatining qo’shma yig’ilishida so’zlagan nutqida hozirgi sharoitda davlat monopolizmiga
54
barham berish uchun bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish
zarurligini bayon etdi. Bunda: 1. Xususiy tarmoqlarning jadal rivojlanishini, uning mamlakat
iqtisodiyotidagi ulushini ko’paytirishini
ta’minlash: a)
davlat tuzilmalarining xususiy
tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini yanada cheklash; b) qastdan bo’lmagan qoidabuzarlikl
uchun jazo choralarini kamaytirish; v) xususiy tadbirkorlarga qo’shimcha soliq imtiyozini berish;
g) ularning markazlashtirilgan tizimiga qaytishga yo’l qo’ymaslik va x.k.
Ijtimoiy-iqtisodiy
islohotlarning
Do'stlaringiz bilan baham: |