4. Soliq imtiyozlar hisobi.
Foyda solig‘ining hisobini o‘rganishda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga soliq
bo‘yicha imtiyozlar berish masalalari muhim ahamiyatga egadir.
Soliq imtiyozlarini berish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonlari
va Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan va qabul qilinmoqda. Berilayotgan
imtiyozlarning rag‘batlantiruvchi rolini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida»gi Qarori hisoblanadi.
Soliq qonunchiligiga asosan soliq imtiyozlaridan foydalanish, to‘g‘ri hisoblash va
maqsadli yo‘naltirishni nazorat qilish soliq xizmati organlari zimmasiga yuklatilgan.
82
Yuridik shaxslar tomonidan foydalanilgan soliq imtiyozlari miqdori byudjetga
undirilgan soliq tushumiga nisbatan o‘rtacha 15,0-15,7%ni tashkil qilmoqda.
2005 yil 24 fevralda tasdiqlangan «Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va
majburiy to‘lovlar bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya
hisobida aks ettirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom (yangi tahrirdagi)ga asosan soliq
imtiyozlarining buxgalteriya hisobi olib boriladi. Bu Nizomga asosan xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarga soliqlar va bojxona imtiyozlari:
a) bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli vazifalarni bajarish uchun yo‘naltirish
sharti bilan;
b) bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan holda beriladi.
Bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli vazifalarni bajarishga yo‘naltirish sharti bilan
soliqlar imtiyozlarining Moliyviy hisobi 8840-«Maqsadli ishlatiladigan soliq imtiyozlari»
schyotida soliq imtiyozlarining turlari bo‘yicha olib boriladi.
Soliqlar va bojxona imtiyozlarini hisoblab yozayotganda batafsil hisobga olish
maqsadida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar schyotlar rejasidagi quyidagi schyotlarni ochadi:
a) byudjetga bo‘nak to‘lovlarni hisobga olish hisob varaqlari (4400) guruhida
«Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari – soliqlar va bojxona
imtiyozlari (turlari bo‘yicha)» schyoti;
b) byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga olish hisobvaraqlari (6400) guruhida
«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz – soliqlar va bojxona imtiyozlari (turlar bo‘yicha)»
schyoti;
v) sug‘urta bo‘yicha va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha
qarzlarni hisobga olish hisobvaraqlari (6500) guruhida «Davlat maqsadli jamg‘armalarga
to‘lovlar – soliq imtiyozlari (turlar bo‘yicha)» schyoti;
g) turli kreditorlardan qarzlarni hisobga olish hisob varaqlari (6900) guruhida
«Import chog‘ida QQS va aktsizlar bo‘yicha hisoblab yozilgan soliq imtiyozlari (turlar
bo‘yicha)» schyoti.
Yuridik shaxslar tomonidan byudjetga to‘lanadigan soliqlar, bojxona va majburiy
to‘lovlarni to‘lash bo‘yicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida
aks ettirish tartibi to‘g‘risida nizomda
(AV tomonidan 2005 yil 2 aprelda 1463-son bilan
ro‘yxatdan o‘tkazilgan)
belgilab berilgan. Mazkur Nizomning amal qilishi qonun
hujjatlariga muvofiq soliqlar va bojxona imtiyozlari berilgan, mulkchilik shaklidan,
faoliyat turidan, idoraviy mansubligidan qat’i nazar, respublika hududidagi barcha
birlashmalar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarga taalluqlidir.
Shuni hisobga olish lozimki, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga bu boradagi imtiyozlar
bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli vazifalarni bajarish uchun yo‘naltirish sharti bilan
yoki ularni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan holda beriladi.
Xususan, bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan soliqlar
va bojxona imtiyozlari berilganda byudjetga to‘lanadigan soliqlar, bojxona va majburiy
to‘lovlar mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) hamda boshqa xil mol-mulkning sotish
(xarid) qiymatiga hisoblab yozilmaydi va kiritilmaydi.
Imtiyozlar bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli vazifalarni bajarish uchun
yo‘naltirish sharti bilan berilganda soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlarni byudjetga
hisoblab yozish qonun hujjatlariga muvofiq umumbelgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bunda soliq imtiyozlari berilgan, byudjetga hisoblangan soliqlar va majburiy to‘lovlar
bo‘yicha hisob-kitoblar, to‘lovchi ro‘yxatga olingan joydagi soliq organlariga belgilangan
shakllar va muddatlarga muvofiq taqdim etiladi. Mahsulot (tovar, ishlar, xizmatlar) va
boshqa aktivlar realizatsiya qilinayotganda soliq solinadigan aylanmaga hisoblangan QQS
83
(QQS to‘lovchilar uchun) va aktsiz solig‘i (aktsizli tovarlar (mahsulotlar) sotilganda)
summasi ajratilgan holda hisobvaraq-faktura yoziladi.
Bo‘shayotgan mablag‘larni maqsadli vazifalarni bajarishga yo‘naltirish sharti bilan
soliq va bojxona imtiyozlari berilganda hisoblab yozilgan bojxona to‘lovlari, soliqlar
(mazkur soliq to‘lovchilari uchun QQS, shuningdek qonunga muvofiq hisobga qabul
qilinadigan aktsiz solig‘idan tashqari) va byudjetga majburiy to‘lovlar qonun hujjatlariga
muvofiq umumbelgilangan tartibda mahsulot (tovarlar, ishlar, xizmatlar) hamda boshqa
xil mol-mulkning sotish (xarid) qiymatiga kiritiladi.
QQS to‘lovchisi hisoblangan va QQS bo‘yicha imtiyozga ega bo‘lgan korxonalar
xarid qilinadigan (shu jumladan import qilinadigan) tovar-moddiy zaxiralar (tovarlar)
bo‘yicha QQS summasini xarid qiymatiga kiritmaydilar, balki umumbelgilangan tartibda
byudjetga to‘lanadigan QQSni belgilashda hisobga kiritadilar.
O‘z ehtiyojlari uchun ishlatiladigan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar hisobda
xarid qilish qiymati bo‘yicha, bunga QQS va aktsiz solig‘i summasi kiritiladi, aks
ettiriladi.
Aktsiz solig‘i bo‘yicha imtiyoz berilayotganida qonun hujjatlariga muvofiq hisobga
qabul qilinadigan aktsiz solig‘i to‘lovchilari hisoblangan korxonalar xarid qilingan (shu
jumladan import qilinayotgan) tovar-moddiy zaxiralar (tovarlar) bo‘yicha aktsiz solig‘i
summasini ularning xarid qiymatiga kiritmaydilar, balki umumbelgilangan tartibda
byudjetga to‘lanadigan aktsiz solig‘ini aniqlash chog‘ida hisobga kiritadilar.
Soliq va bojxona imtiyozlari miqdori belgilangan tartibda byudjetga hisoblab
yozilgan soliqlar, bojxona va majburiy to‘lovlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Maqsadli vazifalarni bajarishga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan imtiyozlarning
buxgalteriya hisobi 8840-»Maqsadli ishlatiladigan soliq imtiyozlari» hisobvarag‘ida,
berilgan soliqlar va bojxona imtiyozlarining turlari bo‘yicha yuritiladi.
Soliqlar va bojxona imtiyozlarini hisoblab yozayotganda batafsil hisobga olish
maqsadida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar hisobvaraqlarining ish rejasida qu-yidagi
hisobvaraqlar ochiladi:
a) byudjetga bo‘nak to‘lovlarini hisobga olish hisobvaraqlari (4400) guruhida
«Byudjetga soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari - soliqlar va bojxona
imtiyozlari (turlari bo‘yicha)» hisobvarag‘i;
b) byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzni hisobga olish hisobvaraqlari (6400) guruhida
«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz - soliqlar va bojxona imtiyozlari (turlari bo‘yicha)»
hisobvarag‘i;
v) sug‘urta bo‘yicha va davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni
hisobga olish hisobvaraqlari (6500) guruhida «Davlat maqsadli jamg‘armalariga to‘lovlar
- soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)» hisobvarag‘i;
g) turli kreditorlardan qarzni hisobga olish hisobvaraqlari (6900) guruhida «Import
chog‘ida QQS va aktsizlar bo‘yicha hisoblab yozilgan soliq imtiyozlari (turlari bo‘yicha)»
hisobvarag‘i.
8840-«Maqsadli ishlatiladigan soliq imtiyozlari» hisobvarag‘ida hisobga olinadigan,
soliqlar va bojxona imtiyozlarini berish natijasida bo‘shagan mablag‘lar summalari
quyidagi tartibda hisobdan chiqariladi:
a) asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, tovar-moddiy boyliklarni xarid qilishga,
kredit va qarzlarni so‘ndirishga, asosiy vositalarni rekonstruktsiya qilish va
zamonaviylashtirishga yo‘naltirganda, agar imtiyozli davr ko‘rsatilgan bo‘lsa -
muddatlarning eng kami bo‘yicha: imtiyozli davr yoki haqiqatda ishlatish tugaganda,
imtiyozli davr ko‘rsatilmagan hollarda esa - har yili:
84
8840-«Maqsadli ishlatiladigan soliq imtiyozlari» hisobvarag‘i debeti;
8530-«Tekinga olingan mol-mulk» hisobvarag‘i krediti, bunda «Soliqlar va bojxona
imtiyozlari» hisobvarag‘i ajratiladi;
b) joriy majburiyatlarning hosil bo‘lishiga (masalan: ish haqining hisoblab yozilishi,
ijara, davlat maqsadli jam-g‘armalariga ajratmalar va hokazo) olib keladigan joriy
xarajatlarni qoplashga yo‘naltirilganda:
8840-«Maqsadli ishlatiladigan soliq imtiyozlari» hisobvarag‘i debeti;
6010-«Etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan hisobvaraqlar» yoki 6120-
«Shu’ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan hisobvaraqlar» yoxud 6710-
«Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar» yoki turli kreditorlardan
qarzni hisobga olish hisobvarag‘i (6900) krediti yoxud boshqa tegishli hisobvaraqlar.
Shuningdek, soliqlar va bojxona imtiyozlari berilganda bo‘shayotgan mablag‘lar
summalari, agar ulardan maqsadli foydalanish nazarda tutilmagan bo‘lsa, buxgalteriya
hisobining bank hisobvaraqlarida aks ettirilmaydi va shu munosabat bilan Moliyviy
natijalar to‘g‘risidagi hisobotda (2-son shakl) aks ettirilmaydi va, tegishlicha, Moliyviy
natijalarni shakllantirishga ta’sir qilmaydi.
Vaqtinchalik soliqlar va bojxona imtiyozlari chog‘ida bo‘shayotgan mablag‘larning
lozim darajadagi buxgalteriya hisobini ta’minlash maqsadida, agar ularni maqsadli
ishlatish nazarda tutilmagan bo‘lsa, byudjetga to‘lanadigan har bir soliq turi, bojxona va
majburiy to‘lovlar bo‘yicha «Vaqtinchalik soliqlar va bojxona imtiyozlari» alohida
balansdan tashqari hisobvaraqlari ochiladi.
Byudjetga to‘lanadigan har bir soliq turi, bojxona va majburiy to‘lovlar bo‘yicha
hisoblab yozilgan, bo‘shagan mablag‘lar summasi umumbelgilangan tartibda mazkur
hisobvaraqlar debeti bo‘yicha aks ettiriladi.
Imtiyoz berilgan davr tugaganidan so‘ng «Vaqtinchalik soliqlar va bojxona
imtiyozlari» balansdan tashqari hisobvaraqlari debetida hisobga olinadigan bo‘shagan
mablag‘lar summasi ushbu hisobvaraqlar kreditiga hisobdan chiqariladi.
Doimiy soliqlar va bojxona imtiyozlari chog‘ida bo‘shayotgan mablag‘lar, agar
ularni maqsadli ishlatish nazarda tutilmagan bo‘lsa, byudjetga to‘lanadigan har bir soliq
turi, bojxona va majburiy to‘lov bo‘yicha Moliyviy hisobotga tushuntirish xatida ochib
beriladi.
PQ-1754-son qarorga binoan 2012 yilning II choragidan boshlab foyda solig‘i va
yagona soliq to‘lovini to‘lash bo‘yicha imtiyozlar imtiyozli xizmat turlarini ko‘rsatishdan
olingan tushum umumiy tushum hajmining 80 foizi va undan ortig‘ini tashkil qilishi sharti
bilan mikrofirmalar va kichik korxonalarning barcha daromadlariga tatbiq etiladi.
Masalan, yagona soliq to‘lovi to‘lovchisi bo‘lgan kichik korxona imtiyozlar belgilangan
xizmatlarni ko‘rsatish bilan bir vaqtda savdo faoliyatini ham amalga oshiradi. Xizmatlarni
ko‘rsatishdan olingan tushum umumiy tushum hajmining 80 foizi va undan ko‘prog‘ini
tashkil qilsa, u holda joriy yilning II choragidan (ya’ni 1 apreldan) boshlab YaSTni
to‘lash bo‘yicha imtiyozlar savdodan olingan daromadlarga ham tatbiq qilinadi. Biroq
bunda korxona I chorakda savdo faoliyatini amalga oshirgan bo‘lsa, u holda u I chorak
uchun savdo faoliyatidan olingan tushum qismida yagona soliq to‘lovini to‘liq miqdorda
to‘lashi kerak.
Shuni ta’kidlash kerakki, imtiyozli xizmatlar bilan birga belgilangan mezonga amal
qilgan holda (xizmat ko‘rsatishdan olingan tushum umumiy tushumning 80 foizi va undan
ko‘prog‘ini tashkil qiladi) boshqa faoliyat turlarini ham amalga oshiradigan hamda
tegishli ravishda YaSTni to‘lashdan to‘liq ozod etilgan yagona soliq to‘lovi
to‘lovchilariga YaSTni eng kam miqdorni (qat’iy belgilangan soliq yoki er solig‘ining uch
85
baravari) hisobga olgan holda hisoblab chiqarish va to‘lashning quyidagi hujjatlar bilan
nazarda tutilgan tartibi tatbiq etilmaydi:
Yagona soliq to‘lovining eng kam miqdori kiritilishi munosabati bilan chakana
savdo korxonalari, xizmat ko‘rsatish sohasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalar
tomonidan yagona soliq to‘lovini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom
Do'stlaringiz bilan baham: |