Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi


Jismoniy  shaxslarning  quyidagi  daromadlariga  belgilangan  eng  kam  stavka



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/165
Sana15.01.2022
Hajmi2 Mb.
#368882
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   165
Bog'liq
soliq hisoboti

Jismoniy  shaxslarning  quyidagi  daromadlariga  belgilangan  eng  kam  stavka 
bo‘yicha soliq solinadi: 
-  baland  tog‘li,  cho‘l  va  suvsiz  hududlarda  ishlaganlik  uchun  O‘zbekiston 
Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilangan  koeffitsientlar  bo‘yicha 
qo‘shimcha  to‘lovlar  tariqasida  olingan  daromadlarga.  Bunda  cho‘l  va  suvsiz  joylarda, 
baland  tog‘li  va  tabiiy-iqlim  sharoiti  noqulay  hududlarda  ishlaganlik  uchun  yuridik 
shaxslar  xodimlarining  ish  haqiga  koeffitsientlar  hisoblashning  eng  yuqori  summasi 
hisoblash  paytidagi  holatga  ko‘ra  belgilangan  EKIHning  to‘rt  baravari  miqdorida 
belgilanadi; 
-  korxonalar,  muassasalar,  tashkilotlar  tomonidan  vaqtinchalik  qishloq  xo‘jaligi 
ishlariga  yuborilgan  jismoniy  shaxslarning  shu  ishlarni  bajarishdan  olingan 
daromadlariga; 
- mol-mulkni ijaraga berishdan olingan daromadlarga;  
-  jismoniy  shaxslardan  tekin  olingan  ulushlar,  paylar  va  aktsiyalar  tarzidagi 
daromadlarga;  
-  jismoniy  shaxslarga  xususiy  mulk  huquqi  asosida  tegishli  bo‘lgan  ko‘chmas 
mulkni realizatsiya qilishdan olingan daromadlarga.  
Jismoniy  shaxslarning  ish  haqidan  olinadigan  daromad  solig‘ining  buxgalteriya 
hisobi  6411  «Jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig‘i  bo‘yicha  byudjetga 
qarzdorlik» schyotida olib boriladi. 
Jismoniy  shaxslarning  ish  haqidan  olinadigan  daromad  solig‘ining  buxgalteriya 
hisobida aks ettirilishini misollar yordamida karab chikamiz.  
1.  Savdo  kompaniyasida  sotuvchilarga  200000  so‘m  va  ma’muriyat  xodimlarga 
32000 so‘m mikdorida ish haqi hisoblandi: 
Debet 9414 «Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha harajatlar» 200000 so‘m  
9421  «Mehnatga  haq  to‘lash  bo‘yicha  harajatlar  ma’muriyat  harajatlari)»  32000 
so‘m 
Kredit 6710 «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan  hisob-kitoblar» 232000 so‘m 
2.  Kompaniya  ishchi  va  hizmatchilarga  hisoblangan  ish  haqi  hisobidan  12  foiz 
mikdorda  daromad  solig‘i  ushlandi.  Bu  ho‘jalik  jarayoni  buxgalteriya  hisobida  quyidagi 
tartibda aks ettiriladi: 
Debet 6411 «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob - kitoblar» 27840 so‘m 
Kredit  6411  «Jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig‘i  bo‘yicha  byudjetga 
qarzdorlik» 27840 so‘m 
Ijtimoiy  sugo‘rta  ajratmalarini  hisoblash  va  buxgalteriya  hisobida  aks  ettirishni 
quyidagi misollar yordamida ko‘rib chikamiz. 
3. Kompaniya ishchi-hizmatchilariga hisoblangan ish haqi hisobidan sugo‘rta to‘lovi 
ushlanganda: 
Debet 
6710 
«Mehnat  haqi  bo‘yicha  xodimlar  bilan  hisob-kitoblar»                      
5800 so‘m 
Kredit 6720 «Ijtimoiy sugo‘rta bo‘yicha to‘lovlar» 5800 so‘m 
Ijtimoiy sugo‘rta uchun 37,3 foizlik ajratma hisoblanganda: 
Debet 9415 « Mehnat haqi jamg‘armasidan ajramalar»         74600 so‘m 
         9422 « Mehnat haqi jamg‘armasidan ajramalar»           11936 so‘m 
Kredit 6520 «Ijtimoiy sugo‘rta bo‘yicha to‘lovlar»         86536 so‘m 
5. Ish haqidan ushlangan daromad solig‘i va ijtimoiy sugo‘rta to‘lovlariga ajratmalar 
hisob kitob schyotidan to‘langanda: 


 
57 
Debet  6411  «Jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig‘i  bo‘yicha  byudjetga 
qarzdorlik» 27840 so‘m 
            6520 «Ijtimoiy sugo‘rta bo‘yicha to‘lovlar» (5800+86536) = 92336  so‘m 
Kredit 5110 «Hisob-kitob schyoti»  120176 so‘m 
6. Kompaniya tomonidan xodimlarga ish haqi berilganda: 
Debet  6710  «Mehnat  haqi  bo‘yicha  xodimlar  bilan  hisob  -  kitoblar»                                
198360 so‘m 
    Kredit 5010 «Milliy valyutadagi pul mablaglari»   190300 so‘m 
7. O‘z vaktida olinmagan ish haqi summasi deponetga o‘tkazilganda: 
Debet 6710 «Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisob - kitoblar»  8060 so‘m 
Kredit 6720 «Deponentlik mehnat haqi» 8060 so‘m 
 Yangi  schyotlar  rejasiga  asosan,  soliqlar  bo‘yicha  byudjet  bilan  hisob-kitoblarning 
buxgalteriya  hisobi  6410-»byudjetga  to‘lovlar  bo‘yicha  qarzdorlik  hisobi»  schyotlarda 
olib  boriladi.    Bu  schyotda  bir  soliq  har  bir  soliq  turiga  alohida  schyot  ochiladi.  Bunda 
korxona o‘zi mustaqil tarzda subschyot ochish huquqiga ega.  
   

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish