MISOL. Tijorat banki jismoniy shaxsning depozit-so‘mlik omonati bo‘yicha
yillik foizlar hisobladi. Omonat summasi 500 ming so‘mga teng, omonat bo‘yicha
yillik foiz 18% miqdorida belgilangan.
Omonat bo‘yicha foizlar summasi 90 ming (500 x 18%) so‘mni tashkil etadi.
Tijorat bankidagi depozit omonati bo‘yicha foizlar ko‘rinishidagi daromadga
SKning 179-moddasi 17-bandiga asosan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i
solinmaydi.
Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlarga
kiritilmaydi, tegishincha, yagona ijtimoiy to‘lov va sug‘urta badalini hisoblash ob’ekti
hisoblanmaydi.
56
Do'stlaringiz bilan baham: |