Toshkent moliya instituti «Buxgalteriya hisobi»kafedrasi


Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lovchilar quyidagilardir



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/165
Sana15.01.2022
Hajmi2 Mb.
#368882
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   165
Bog'liq
soliq hisoboti

Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lovchilar quyidagilardir: 

 
er  qa’ridan  foydali  qazilmalarni  kavlab  olayotgan,  shu  jumladan  mineral  xom 
ashyodan  va  (yoki)  texnogen  mineral  hosilalardan  foydali  komponentlarni  ajratib 
olayotgan er qa’ridan foydalanuvchilar; 

 
foydali  qazilmalardan  foydali  komponentlarni  ajratib  olgan  holda  ularni  qayta 
ishlashni amalga oshirayotgan er qa’ridan foydalanuvchilar. 
Foydali  qazilmalarni kavlab olish deganda foydali qazilmalarni er  qa’ridan  yuzaga 
chiqarib  olish  bilan  bog‘liq  ishlar  majmui  tushuniladi
  («Er  osti  boyliklari  to‘g‘risida»gi 
Qonunning 2-moddasi).
 Foydali qazilmalarni kavlab olish uchun er qa’ri uchastkalaridan 
foydalanish  huquqi  yuzaga  kelishi  uchun  asos  bo‘lib  litsenziya  hisoblanadi,  uni 
Geologiya  va  mineral  resurslar  bo‘yicha  davlat  qo‘mitasi  tegishli  davlat  organining  er 
qa’ridan  foydalanish  bilan  bog‘liq  ishlarni  yuritish  uchun  er  uchastkasi  berilishini 
kafolatlaydigan qarori mavjud bo‘lganida beradi. Litsenziya uning egasining belgilangan 
muddat  mobaynida  aniq  chegaralarda  er  qa’ri  uchastkasidan  foydalanish  huquqini 
tasdiqlaydi va undan foydalanish shartlarini belgilaydi.  
Demak,  er  qa’ridan  foydalanuvchilar  tomonidan  to‘lab  beriladigan  bonus,  ya’ni 
maxsus to‘lov umumbelgilangan soliq hisoblanadi. 
Soliq kodeksi 43-bobining 243-moddasiga binoan er qa’ridan foydalanganlik uchun 
soliqni to‘lovchilar quyidagilardir: 
er qa’ridan foydali qazilmalarni kavlab olayotgan, mineral xom ashyodan va (yoki) 
texnogen  mineral  hosilalardan  foydali  komponentlarni  ajratib  olayotgan  er  qa’ridan 
foydalanuvchilar; 
foydali  qazilmalardan  foydali  komponentlarni  ajratib  olgan  holda  ularni  qayta 
ishlashni amalga oshirayotgan er qa’ridan foydalanuvchilar. 
Kavlab  olingan  (ajratib  olingan)  tayyor  mahsulotlarning  hajmi  er  qa’ridan 
foydalanganlik  uchun  soliq  solish  ob’ekti
 
bo‘lib,  ularning  ro‘yxati  Prezidentning  qarori 
bilan  belgilanadi.  Er  qa’ridan  foydalanganlik  uchun  soliq  stavkasi  belgilangan  va 
realizatsiya qilish yoki topshirish, shu jumladan bepul berish, shuningdek mahsulot ishlab 
chiqarish  maqsadida  o‘z  iste’moli  va  boshqa  ehtiyojlari  uchun  mo‘ljallangan  foydali 
qazilma (foydali komponent) tayyor mahsulot deb e’tirof etiladi. 
Er qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solishning ob’ekti tayyor mahsulotning har 
bir  turi  bo‘yicha  alohida  aniqlanadi.  Chunonchi,  uglevodorodlar  uchun  soliq  solish 
ob’ekti  qu-yidagilardir:  sanoat  yo‘sinida  dastlabki  qayta  ishlovdan  o‘tkazilgan  kavlab 
olingan uglevodorodlar, shu jumladan qo‘shilib chiqadigan foydali qazilmalar va foydali 
komponentlar;  uglevodorodlarni  qayta  ishlash  jarayonida  ajratib  olingan,  lekin  oldingi 
kavlab  olinganda  va  qayta  ishlanganda  qayta  ishlanadigan  foydali  qazilmalar  tarkibida 
tayyor  mahsulot  sifatida  soliq  solinmagan  foydali  komponentlar.  Qatlamdagi  bosimni 
saqlab  turish  va  (yoki)  uglevodorodlarni  tugal  texnologik  jarayon  doirasida  ajratib  olish 
uchun  mahsuldor  qatlamga  qayta  haydab  kiritiladigan  tabiiy  gaz  hajmi  soliq  solish 
ob’ekti bo‘lmaydi. 
Soliq  kodeksi  244-moddasining  oltinchi  qismiga  muvofiq,  ajratib  olingan 


 
104 
qimmatbaho  metallar  va  qimmatbaho  toshlar,  shu  jumladan  texnogen  mineral 
hosilalardan  ajratib  olingan  qimmatbaho  metallar  va  qimmatbaho  toshlar  qimmatbaho 
metallar  va  qimmatbaho  toshlar  uchun  soliq  solish  ob’ektidir.  Qolgan  qattiq  foydali 
qazilmalar  bo‘yicha  soliq  solish  ob’ekti  bo‘lib  kavlab  olingan  (shu  jumladan  qo‘shilib 
chiqadigan) foydali qazilmalar; foydali qazilmalardan,  mineral xom ashyodan, texnogen 
mineral hosilalardan ajratib olingan foydali komponentlar hisoblanadi. 
Er  qa’ridan  foydalanganlik  uchun  soliq  solish  ob’ekti  bo‘lib  kavlab  olingan 
(chiqarib  olingan)  tayyor  mahsulotlarning  hajmi  hisoblanadi.  Ularning  ro‘yxati 
Prezidentning  qarori  bilan  belgilanadi.  Er  qa’ridan  foydalanganlik  uchun  soliq  stavkasi 
belgilangan  va  realizatsiya  qilish  yoki  berish,  shu  jumladan  tekin  berish  uchun, 
shuningdek  mahsulot  ishlab  chiqarish  maqsadida  o‘z  iste’moli  va  boshqa  ehtiyojlar 
uchun  mo‘ljallangan  foydali  qazilma  (foydali  komponent)  tayyor  mahsulot  deb  e’tirof 
etiladi.  
Keng  tarqalgan,  soliq  to‘lovchilarga  berilgan  er  uchastkalari  doirasida  kavlab 
olingan hamda o‘z xo‘jalik va maishiy ehtiyojlari uchun foydalanilgan foydali qazilmalar 
soliq solish ob’ekti hisoblanmaydi.  
Biroq,  Foydali  qazilmalar  konlarini  ishlab  chiqish  uchun  tog‘  tarmoqlarini  berish 
tartibi to‘g‘risida nizomning 14-bandiga ko‘ra er egalari va erdan foydalanuvchilar ularga 
berilgan  er  uchastkalari  doirasida  er  qa’ridan  xo‘jalik  va  maishiy  ehtiyojlar  uchun 
litsenziyasiz  keng  tarqalgan  foydali  qazilmalar,  er  osti  suvlaridan  va  tog‘  tarmog‘idan 
quyidagi shartlarga rioya etgan holda foydalanish huquqiga egalar: 

 
keng  tarqalgan  foydali  qazilmalarni  kavlab  olish  ochiq  usul  bilan,  balandligi  2 
metrdan  va  maydoni  1  gektardan  ortiq  bo‘lmagan  bitta  o‘yiq  joyda  amalga  oshirilishi 
kerak; 

 
ishlar texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etgan holda yuritilishi kerak; 

 
hosildor  qatlamni  olish  va  saqlash,  shuningdek  buzilgan  erlarni  keyin 
rekultivatsiya qilish masalasi hal etilishi kerak;  

 
kon  ishlari  boshlanishidan  10  kun  avval  mahalliy  hokimiyat  organlari  va 
«Sanoatgeokontexnazorat» davlat inspektsiyasi xabardor qilinishi kerak; 

 
kavlab  olingan  keng  tarqalgan  foydali  qazilmalar  va  er  osti  suvlaridan  faqat  er 
uchastkasi egasi (foydalanuvchi)ning xo‘jalik yoki maishiy ehtiyojlari uchun foydalanish 
kerak.  Kavlab  olingan  foydali  qazilmalarni  naf  olish  uchun  boshqa  korxonalar, 
tashkilotlar, muassasalar va fuqarolarga sotish yoki berishga yo‘l qo‘yilmaydi.  
Soliq  to‘lovchilarga  berilgan  er  uchastkalari  doirasida  kavlab  olingan  hamda 
o‘zining  xo‘jalik  va  ro‘zg‘or  ehtiyojlari  uchun  foydalanilgan  keng  tarqalgan  foydali 
qazilmalar soliq solish ob’ekti bo‘lmaydi. Er qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqini 
berish  tartibi  va  shartlari  to‘g‘risidagi  nizomda  Keng  tarqalgan  foydali  qazilmalar 
ro‘yxati 
(3-ilova) 
keltirilgan bo‘lib, unga quyidagilar kiritilgan: 


Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish