er solig‘i solishdan ozod qilinadigan er uchastkalarining
ro‘yxati Soliq kodeksi
(SK)
282-moddasining ikkinchi qismida keltirilgan.
Ular
orasida ferma (molxona) egallaydigan erlar ko‘rsatilmagan, binobarin, ularga er solig‘i
solinadi.
Biroq quyidagi er uchastkalari bo‘yicha imtiyozlar mavjud:
qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yangi o‘zlashtirilayotgan erlar
(SK 282-moddasi
ikkinchi qismining 23-bandi).
Ularni o‘zlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular
o‘zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil mobaynida beriladi;
melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sug‘oriladigan erlar
(SK 282-
moddasi ikkinchi qismining 24-bandi)
. Ishlar boshlanganidan e’tiboran besh yil muddatga
beriladi;
yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan erlar
(SK 282-
moddasi ikkinchi qismining 25-bandi).
Uch yil muddatga beriladi. Kuzda o‘tqazilgan
yangi ko‘chatlar uchun beriladigan imtiyoz muddatini hisoblab chiqarish keyingi yilning
1 yanvaridan e’tiboran boshlanadi, bahorda o‘tqazilgan ko‘chatlar uchun esa joriy yilning
1 yanvaridan e’tiboran boshlanadi.
Biroq uchastka sizga ayni yordamchi xo‘jalik (qishloq xo‘jaligi) yuritish uchun
berilgan taqdirdagina ushbu imtiyozlardan foydalana olasiz.
2011 yil 1 yanvardan boshlab to‘lovchilar sug‘orma jamoat qishloq xo‘jaligi erlari
uchun undiriladigan er solig‘i stavkasini I darajali er uchun bazaviy stavkadan va unga
qo‘llaniladigan, er uchastkasining sifat xususiyatini (bonitet ballini) hisobga oladigan
tuzatish koeffitsientidan kelib chiqib, mustaqil tarzda belgilaydilar
(PQ-1449-son
qarorga 19-ilova)
.
MISOL. Korxona TOSHKENT viloyatining Qibray tumanida qishloq xo‘jaligida
foydalaniladigan erga ega, biroq qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari
mezonlariga javob bermaydi. Sug‘orma erlarning umumiy maydoni 10 gektarni tashkil
qiladi, shu jumladan V darajali - 4gektar; VI darajali - 6 gektar. 2011 yil uchun er solig‘i
summasini qanday hisoblash tartibi.
Yuridik shaxslardan 2011 yil uchun belgilangan, TOSHKENT viloyatining Qibray
tumanida joylashgan sug‘orma jamoat qishloq xo‘jaligi erlari (I darajali erlar) uchun
yuridik shaxslardan undiriladigan er solig‘ining bazaviy stavkasi 1gektar uchun 8 697,1
so‘mni tashkil qiladi
(PQ-1449-son qarorga 19-ilovaning 1-jadvali)
.
Ushbu soliqning bazaviy stavkalariga quyidagi tuzatish koeffitsientlari belgilangan:
101
V darajali erlar uchun (bonitetning 41-50 ballari) - 4,67;
VI darajali erlar uchun (bonitetning 51-60 ballari) - 6,78.
Shu tariqa, 2011 yil uchun sizni qiziqtiradigan erlarning 1 gektariga er solig‘i
stavkalari quyidagini tashkil qiladi:
V darajali erlar bo‘yicha (bonitetning 41-50 ballari) - 40 615,46 so‘m (8 697,1
so‘m x 4,67);
VI darajali erlar bo‘yicha (bonitetning 51-60 ballari) - 58 966,34 so‘m (8 697,1
so‘m x 6,78).
2011 yil uchun hisoblangan er solig‘ining umumiy summasi 516 259,88 so‘mni (40
615,46 x 4 + 58 966,34 x 6) tashkil qiladi.
Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi hisoblanmagan qishloq xo‘jaligi
korxonasi Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida 17 gektar sug‘orma erga ega, shu
jumladan III jarajali - 10 gektar va 7 gektar baholanmagan erga. Unda jamoat imoratlari
va hovlilari band etgan 6 gektar er ham bor.
PQ-1449-son qarorga 19-ilovaning 1-jadvaliga ko‘ra, Surxondaryo viloyatining
Qiziriq tumanida joylashgan sug‘orma jamoat qishloq xo‘jaligi erlari (I darajali erlar)
uchun yuridik shaxslardan undiriladigan er solig‘ining bazaviy stavkasi 2011 yilda 1
gektar uchun 10 345,1 so‘mni tashkil qiladi.
Unga tuzatish koeffitsientlari belgilangan:
III darajali erlar uchun (bonitetning 21-30 ballari)- 2,25;
baholanmagan erlar uchun - 4,67.
Qiziriq tumanida sug‘orma erlarning 1 gektari uchun er solig‘i stavkasi 2011 yilda
quyidagilarni tashkil qildi:
III darajali erlar uchun (bonitetning 21-30 ballari) - 23 276,48 so‘m (10 345,1 so‘m
x 2,25);
baholanmagan erlar uchun - 48 311,62 so‘m (10 345,1 so‘m x 4,67).
Ulardan undiriladigan er solig‘ining umumiy summasi 570 946,14 so‘mni (23
276,48 x 10 + 48 311,62 x 7) tashkil qiladi.
Bundan tashqari, korxona jamoat imoratlari va hovlilari band etgan 6 gektar erga
ega. Qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishida foydalanilmaydigan boshqa
erlar uchun undiriladigan er solig‘i stavkasi 1 gektar uchun 178 616,9 so‘mga teng
(PQ-
1449-son qarorga 19-ilovaning 4-jadvali)
. Jamoat imoratlari va hovlilari band etgan erlar
uchun er solig‘i summasi 1 071 701,4 so‘mni (178 616,9 x 6) tashkil qiladi.
Shu tariqa, qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan erlar uchun byudjetga to‘lanadigan
er solig‘i summasi 1642647,54 so‘mga (570946,14 + 1 071 701,4) teng.
Agar soliq davri mobaynida yagona er solig‘ini to‘lashga o‘tmagan qishloq xo‘jaligi
korxonalarida qishloq xo‘jaligi ekinlarining umumiy maydonida va (yoki) tarkibida
o‘zgarishlar yuz bersa, ular joriy yilning 1 dekabriga qadar er uchastkasi joylashgan
joydagi davlat soliq organiga er solig‘ining aniqlashtirilgan hisob-kitobini taqdim
etishlari kerak
(SKning 285-moddasi)
.
Shuni yodda tutish lozimki, SKning 81-moddasiga ko‘ra, hisobga qo‘yilmagan joy
bo‘yicha unda er solig‘ini to‘lash majburiyati yuzaga kelgan soliq to‘lovchi tegishli er
uchastkasiga (yoki er uchastkasiga bo‘lgan huquq bilan birga tegishli ko‘chmas mulk
ob’ektiga) bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun
mobaynida soliq solish ob’ektlarini ular joylashgan erda hisobga qo‘yish uchun davlat
soliq xizmati organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda murojaat etishi shart.
Soliq organi soliq to‘lovchining ilgari berilgan identifikatsiya raqamiga muvofiq
102
murojaat etilgan kundan boshlab 3 kundan kechiktirmay uni ob’ektlar bo‘yicha hisobga
qo‘yadi.
SKning 113-moddasida nazarda tutilishicha, soliq organida ob’ektlar bo‘yicha
hisobga turishdan bo‘yin tovlash quyidagi miqdorda jarima solinishiga sabab bo‘ladi:
agar belgilangan muddatdan ko‘pi bilan 30 kun o‘tgan bo‘lsa- EKIHning 50
baravari;
30 kundan ko‘p o‘tsa - EKIHning 100 baravari.
Soliq kodeksining 81-moddasida belgilanishicha, soliq to‘lovchini ob’ektlar
bo‘yicha hisobga qo‘yish soliq solish ob’ekti joylashgan erdagi davlat soliq xizmati
organlari tomonidan amalga oshiriladi. Soliq to‘lovchida er solig‘ini to‘lash bo‘yicha
majburiyat yuzaga kelganida u soliq to‘lovchi sifatida hisobga qo‘yish joyida amalga
oshirilmaydi.
Soliq kodeksining 285-moddasiga ko‘ra, er solig‘i har bir soliq davrining 1
yanvariga bo‘lgan holatga ko‘ra hisoblab chiqariladi va er solig‘ining hisob-kitobi er
uchastkasi joylashgan erdagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilining 15 fevraliga
qadar taqdim etiladi.
Hisobga qo‘yilmagan joyda er solig‘i yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun
soliq to‘lash majburiyati yuzaga kelgan soliq to‘lovchi tegishli er uchastkasiga (yoki u
bilan birga er uchastkasiga huquq yuzaga kelgan ko‘chmas mulk ob’ektiga) huquq davlat
ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab 10 kun mobaynida soliq organiga ular joylashgan
erdagi soliq solish ob’ektlarini hisobga qo‘yish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilishi
shart, unda hisobga qo‘yish ob’ektiga huquq tegishli bo‘lgan soliq to‘lovchi - yuridik
shaxsning identifikatsiya raqami ko‘rsatiladi.
Shu sababli siz er uchastkalarini Yangiyo‘l tuman va Sirdaryo shahar DSIlarida
ob’ektlar bo‘yicha hisobga qo‘yishingiz lozim.
Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘iga kelsak, Soliq kodeksining 271-moddasiga
ko‘ra, uning hisob-kitobi soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati
organlariga ortib boruvchi yakun bilan yilning har choragida hisobot davridan keyingi
oyning 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik Moliyviy hisobot
taqdim etiladigan muddatda taqdim etiladi.
103
Do'stlaringiz bilan baham: |