matematik ta’minotni tashkil qiluvchi, matematik modelni yaratish metod va
algoritmlarni tanlash uchun bir qancha talablarni e’tiborga olish kerak bo‘ladi.
Asosiy talablarga universallik, algoritmik puxtalik, aniqlik, mashina vaqtiga
Matematik ta’minotning universalligi deyilganda, bu ta’minotdan bir qancha
loyixalash obyektlarini loyixalashda foydalanish imkoniyati borligi tushiniladi.
Masalan: MBQ larini sintez qilishda foydalaniladigan metod va modellar,
379
berilagan baza elementlarini oldindan ko‘rsatilgan cheklanishlar asosida, hohlagan
obyektni yaratishni ta’minlay olishi kerak. ALT lardan matematik ta’minotning
asosiy xususiyatlaridan biri ularning yuqori universallikka ega ekanligi
hisoblanadi. Yuqori, universallikka ega bo‘lishi esa bunday ALT lardan bir qancha
loyihalash obyektlari uchun foydalanish imkonini beradi.
Matematik ta’minotning komponentlarining muhum xususiyatlaridan biri bu
ta’minotdan foydalanilganda olinadigan natijaning to‘g‘ri bo‘lishligi hisoblanadi
va shunday xoldagina bu ta’minot algoritmik puxta deyiladi. Algoritmik puxtalik
asosan olingan natija qanchalik to‘g‘riligi ehtimolligiga qarab baholanadi. Agar bu
ehtimollik birga teng bo‘lsa, yoki unga yaqinlashib borsa, u holda bu ta’minotni
yaratish uchun foydalanilgan metod algoritmik puxta metod deyiladi. ALT larda
algoritmik puxta metod bo‘lmagan metodlardan foydalanish maqsadga muvofiq
bo‘lmaydi.
Algoritmik puxtalik bilan, sharoitga moslashtirish uzviy bog‘langandir.
SHaroitga moslashtirilmagan hollarda, berilganlardagi ozgina xatoliklar, natijada
katta xatoliklarni yuzaga keltirishi mumkin. Loyihalashning har bir bosqichida
o‘zining oraliq natijalari va har bir bosqichdagi xatolik kelib chiqish manbaalari
mavjud. Shu sababli yomon sharoitga moslashtirish natijasida hatoliklar juda
kattalashib ketishi mumkin.
Ko‘pgina matematik ta’minot komponentlari uchun aniqlik muhim
hossalardan biri hisoblanadi. Aniqlik – bu olgan natija bilan haqiqiy olinishi kerak
bo‘lgan natijaning mos tushishligi hisoblanadi. Algoritmik puxta metodlar har xil
aniqlikdagi natijalarni berishi mumkin.
Universal model va metodlarda hisoblash ishlari ko‘p bo‘lib, loyihalash
masalasining hajmi kattalashib ketishi mumkin, shuning uchun ko‘pgina ALT
protseduralarida T—mashina vaqtini, sarf qilish loyihalash harajatlarini va
loyihalashga ketadigan vaqtni oshib ketishiga olib keladi. Shuning uchun T ni
minimallash loyihalash jarayonidagi muhim talablardan biridir.
Yuqori universallikka ega, aniq natijali va kam mashina vaqtini talab qiluvchi
matematik ta’minotni yaratish doimo bir – biriga qarama – qarshi bo‘lib, keladi.
380
SHuning uchun matematik ta’minotning komponentlari ba’zi bir masalalarni hal
qilish uchun sifatli bo‘lsa, boshqa masala uchun kam sifatli bo‘lishi mumkin.
SHuning uchun ALT larda model va metodlarning har xillarini o‘zida
mujassamlashtirilgan kutubxonalar tashkil qilish kerak.
Mashina vaqtini tejash talabidan keyingi talab, xotira hajmini tejash talabidir.
Bu talab matematik ta’minotning qanchalik iqtisodlashtirilganligii ko‘rsatadi va
tuzilgan dastur uzunligi bilan harakterlanadi. Hozirgi davrdagi operativ xotira
hajmini sezilarli darajada katta bo‘lishligiga qaramay, uni tejash aktual masala
bo‘lib qolmoqda. EHM larning mulьtidasturli ishlash rejimida, katta xotira hajmini
talab qiluvchi masalalar pastroq ustunlikka ega bo‘lishi va natijada bu masalalarni
qayta ishlash vaqti oshib ketishi kuzatiladi. Bunday murakkablikni echish uchun
tashqi xotiralardan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu esa operativ va
tashqi xotiralarning o‘zaro ma’lumotlarni almashlashlari uchun, T- vaqtni oshib
ketishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: