O‘lchash asboblarining shkala tavsiflari.
Ko‘rsatuvchi analog o‘lchash
asboblarining sanoq qurilmasi shkala va (strelkali yoki nurli) ko‘rsatkichdan
tuzilgan. 1.3 - rasmda o‘lchash asbobining shkalasi ko‘rsatilgan. Shkaladagi sonli
qiymatlar ko‘rsatilgan belgilar
shkalaning sonli belgilari
deyiladi. Shkalaning ikki
qo‘shni belgilari orasidagi oraliq
shkalaning bo‘linmasi
deyiladi. Shkalaning ikki
qo‘shni belgisi mos kelgan kattalik qiymatlari ayirmasi
shkala bo‘linmasining
qiymati
deyiladi. O‘zgarmas bo‘linmali va o‘zgarmas qiymatli shkala
tekis shkala
deyiladi.
1.3- rasm. O‘lchash asbobi shkalasi
O‘lchanayotgan kattalikning sanoq qurilmasi bilan aniqlanadigan hamda
o‘lchanayotgan kattalik uchun qabul qilingan birliklarda ifodalangan qiymatlari
Do'stlaringiz bilan baham: |