Sahnada sakrayotgan spraytlar Sprite sahnada harakatlanar ekan, u sahna chetlaridan biriga tegishi
mumkin. Quyida ko‘rsatilgan harakat blokidan foydalanib, SCRATCHga
spraytni sahna chetidan sakrab tushirish buyrug‘ini berishingiz mumkin.
5.8-rasm. Ushbu kod bloklari koordinatalarni o‘zgartirish orqali
spraytning joylashishini o‘zgartirish imkoniyatini beradi.
Bu ssenariy sahna chetiga tegsa, sprayt harakati yo‘nalishini
o‘zgartiradi. Agar siz ushbu ssenariyni yangi ilovada mushuk spraytiga
qo‘shsangiz, ilovani to‘xtatmaguningizcha mushuk sahnada u yoqdan-
bu yoqqa siljiydi.