1-sentabr — mustaqillik kuni kirish 1-dars


Globallashuv va tillar taraqqiyoti



Download 1,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/282
Sana15.01.2022
Hajmi1,85 Mb.
#368428
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   282
Bog'liq
8-ona yili

 
Globallashuv va tillar taraqqiyoti 
(tilshunoslik bo‘yicha ilmiy insho namunasi) 
Reja: 
1.Dunyoning lisoniy manzarasi. 
2.Yo‘qolib borayotgan tillar. 
3.Tillarni saqlab qolish choralari. 
4. “Internet tili” tushunchasi. 
5.Xulosa. 
 
Har xil asoslardagi hisob-kitoblarga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 3 mingdan 
7 mingtagacha til borligi e’tirof etiladi. 2005-yilda tuzilgan YUNESKO ro‘yxati 6 912 
ta tilni qamrab oladi. Bu tillardan  32,8 foizi (2 269 tasi) Osiyo va 30,3 foizi (2 092 
tasi) Afrika qit’asiga to‘g‘ri keladi.  
Til  –  moddiy,  ma’naviy  merosni  saqlash  va  boyitishning  eng  kuchli  vositasi. 
YUNESKO  hisob-kitobiga  ko‘ra,  mavjud  7  mingga  yaqin  tilning  yarmi  XXI  asrda 
o‘zining oxirgi sohibidan ajralishi mumkin. Ba’zi farazlarga ko‘ra, asr oxiriga kelib 
mavjud tillarning 95 foizi o‘lik tilga aylanadi. Har oyda dunyo miqyosida ikkitadan 
til o‘layotganligi esa dahshatli hodisa! YUNESKOning  2017-yil 15-iyundagi xabariga 
ko‘ra, o‘lim yoqasida turgan 2,5 ming tildan 15 tasi Markaziy Osiyo xalqlariga to‘g‘ri 
keladi. Jumladan, O‘zbekistondagi Markaziy Osiyo arablari tili, Buxoro-Samarqand 
yahudiylari  tili,  Markaziy  Osiyo  lo‘lilari  (paryo)  tili.  Qolgan  tillarning  2  tasi 
Qozog‘iston  va  Qirg‘izistonda  (dungan  tili,  oyrot  tili),  1  tasi  Turkmanistonda 
(truxman tili), 9 tasi Tojikistonda (voxon tili, ishkomish tili, sanglich tili, roshorv tili, 
shug‘on tili, bartang tili, rushon tili, yazg‘ulob tili, yag‘nob tili).   
Globallashuv 
asrida 
tillarning 
yashab 
qolishi 
ko‘proq 
axborot-
kommunikatsiyalari  sohasida,  Intenet  tizimida  qo‘llanish  darajasi  bilan  bog‘liq. 
Qaysi til Intenet tili emas ekan, bu tillarning ro‘parasida o‘lim xavfi turaveradi.  
Internet tili haqida so‘z ketar ekan, o‘zbek tili Internet tili emasmi degan savol 
tug‘ilishi tabiiy. Chunki o‘zbek tilida Internet sahifalarida ma’lumotlar berilmoqda, 
yozishmalar  amalga  oshirilmoqda,  tilimizda  ish  olib  boradigan  sayt  va  portallar, 
ijtimoiy tarmoqlar kundan-kunga ko‘payayotir. Zohiran tilimiz Internet va axborot-
kommunikatsiya sohalarida cheklanmagan darajada qo‘llanayotgandek, tilimiz esa 
Internet tiliga aylangandek. Aslida ham shundaymi?  


Internet  kompyuter  texnologiyalariga  tayanadi.  Kompyuter  tilshunosligida 
“kompyuterning tilni tanishi” degan tushuncha bor. Agar kompyuter tilni “tanir” 
ekan, tilning kompyuter tili, Internet tili ekanligi haqida so‘z yuritish to‘g‘ri bo‘ladi.        
Kompyuter  tilni  “tanishi”  uchun  u  bu  tilni  “bilishi”  zarur.  Kompyuterning 
matndagi  xatolarni  tuzatishi,  matnni  qayta  ishlashi,  tarjima  qilishi,  tahrirlashi,  til 
ifodalarini  tasniflashi,  tartiblashi,  biror  tilda  gapirishi,  yozishi  uning  tilni  tanishi 
asosida  amalga  oshiriladi.  Umuman  olganda,  sun’iy  intellektning  muayyan  til 
asosida ish ko‘rishi, tilning sun’iy intellektning to‘la ma’nodagi muloqot vositasiga 
aylanishi uning tilni “bilishi” va “tanishi” asosida sodir bo‘ladi.  
Xullas, XX asrning buyuk kashfiyoti bo‘lgan kompyuter texnologiyalari sohasi 
uchun  katta  vazifalarni  vujudga  keltirdi  va  tillarning  taraqqiyoti  hamda  yashab 
qolishi uchun hal qiluvchi omilga aylanib qoldi.  
Tilning  Intenet,  kompyuter  texnologiyalari  tiliga  aylanishi  matematik 
tilshunoslik, uning  davomi bo‘lgan kompyuter  tilshunosligining shakllanganligi va 
rivojlanish  darajasi  bilan  bog‘liq.    Ayniqsa,  sun’iy  intellekt  uchun  tabiiy  tillarni 
modellashtirish kompyuter lingvistikasining asosiy, pirovard vazifasi hisoblanadi.  
Dunyo  miqyosida  sun’iy  intellektlar  yaratish  asosida  tabiiy  tillarni  matematik 
modellashtirish  yotadi.  Matematik  modellashtirish  natijalari  sun’iy  intellektning 
faoliyat  dasturini  yaratishga  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Bu  esa  o‘zbek  tili  misolida 
hali ochilmagan qo‘riq. 
Tilning  xavfsizligini  ta’minlash  uchun  ularning  yozuvlariga,  ko‘p  sonli 
so‘zlashuvchilarga  (100  mingdan  ortiq),  davlat  tili  maqomiga  va  axborot-
kommunikatsiya, 
Internet 
tizimida 
qo‘llanish 
xususiyatiga 
hamda 
so‘zlashuvchilarning  muhabbatiga  egaligidan  tashqari,  ziyolilarning  tillarni  saqlab 
qolish va  rivojlantirish haqida qayg‘urishlari va mutasaddilarning esa bir yoqadan 
bosh chiqarib tashkiliy yo‘l bilan kurashishlari juda ham zarur.  

Download 1,85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish