Ijodiy-tavsifiy matn
da dalillar so‘zlovchi yoki yozuvchining shaxsiy
munosabati, nuqtayi nazari asosida ifodalanadi; badiiy-tasviriy vositalar qo‘llanishi
mumkin.
Ilmiy, publitsistik va badiiy matnlar, shuningdek, insho ham ijodiy-tavsifiy
matnning ko‘rinishlari.
8.2-mashq.
O‘zingiz o‘qiyotgan sinfxona haqida avval ma’lumotnoma matni,
so‘ng ijodiy-tavsifiy matn tuzing.
8.3-mashq.
O‘zingiz yoqtirgan shoir yoki yozuvchi haqida ma’lumotnoma va
ijodiy-tavsifiy matnlar tuzing.
Savol va topshiriqlar
1. Ma’lumotnoma matni va ijodiy tavsifiy matnlarning o‘xshash jihatlari
nimada?
2. Ma’lumotnoma matni va ijodiy tavsifiy matnlarning farqli jihatlari nimada?
3. Insho matnining asosiy xususiyatlarini bayon qiling.
4. Darsliklardagi yozuvchilarning hayoti va ijodi haqidagi ma’lumotlar qaysi
matn turiga mansub?
Do'stlaringiz bilan baham: |