Bilib oling.
Quyidagi hollarda ot kesim va ega orasida tire qo‘yiladi:
1.Ot kesim kesimlik qo‘shimchasisiz yoki bog‘lamasiz qo‘llanganda:
Tinchlik – farovon hayot manbayi. Mening aytadigan gapim – shu. Uch karra uch
– to‘qqiz.
Maqsadimiz – o`qish
Eslatma.
1.
Ot kesim sifat, ravish va tartib son bilan ifodalanganda tire
qo‘llanmaydi: 1.
Vatanimiz
go‘zal
. 2.Ko`rmagan yerning cuquri ko`p. 3.Bizning
sinfimiz
sakkizinchi
.
2.Ega ko‘rsatish olmoshi bilan ifodalanganda:
Bu – siz uchun katta sinov.
Eslatma.
Agar ega bilan ot kesim orasida
ham
yordamchisi bo‘lsa, tire
qo‘llanmaydi:
Bular ham a’lochi. Mening opam ham talaba. Sharifa ham
to‘quvchi.
Do'stlaringiz bilan baham: |