43.3-mashq. Ega va kesim orasiga tire ishlatilmagan gaplarning kesimi qaysi so ‘
z turkumlaridan ekanligini aniqlang. 1.Ezgu nom go‘zal chehradan afzalroqdir. (T.Fuller) 2.Go‘zallik o‘zini o‘zi
payqamagan taqdirdagina yaxshi. (V.O.Kluchevskiy) 3.Yaxshi xulq chehra ko‘rkiga
qaraganda ming chandon afzalroqdir. Yaxshi xulq sizni maftun etsa, husn faqat
diqqatni tortadi. (A.Lamartin) 4.Yoshligi bo‘lmagan husn ham, husni bo‘lmagan
yoshlik ham bir xilda benafdir. (F.Laroshfuko) 5.Biz ortiqcha hashamatsiz
go‘zalroqmiz. (G.Lessing) 6.Tashqi qiyofani bezayvermasdan, ma’naviy olamni
bezash kerak. (Fales) 7.Inson hayotida tashqi ko‘rinish ham katta ahamiyatga ega,
iflos va irkit kishi o‘z xatti-harakatlarini jilovlay olishini tasavvur qilish qiyin.
(A.Makarenko)