5. Mehnat qadriyatlari
- tabiat bilan uyg’unliqda yashash, undan ibrat
olish, uning go’zalliklaridan zavqlanish va tabiat qo’ynida mehnat qilish
kabilarni tashkil etadi. Mehnat qadriyatlari - mehnat madaniyatining barcha
elementlarini qamrab oladi. Har bir yosh avlod hayotga qadam qo’yar ekan,
o’z ajdodlaridan faqat mehnat vositalarigina emas, balki mehnat madaniyatini
ham meros qilib oladi. Shuning uchun ham mehnat qadriyatlari
o’quvchilarning qobiliyatlari, imkoniyatlari va haqiqiy kuchlarini namoyon
etish va takomillashtirish imkoniyatini beradi. Mehnat qadriyatlarida
hunarmandchilik, kasb-hunar egallash muhim o’rin tutadi. Bunda
zardo’zlik, yo’rmado’zlik, bo’zchilik, yog’och o’ymakorligi, zargarlik,
12
gilamchilik, kashtado’zlik, muqovasozlik, naqqoshlik, pichoqchilik,
o’ymakorlik kabi hunarlarni o’rganish -mehnat qadriyatlarining negizini
tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |