TAQRIZ
Mazkur elektron qo’llanma milliy kadrlarni zamon talabiga javob
beradigan qilib yetishtirishda muhim ahamiyatga ega.
Elektron qo’llanma namunaviy va ishchi dastur asosida tuzilgan bo’lib,
mavzular ketma-kerligi bo’yicha yozilgan.
Elektron qo’llanma asosini dori preparatlari bilan ishlash, ularni
maxsus guruhlarga ajratish, ular bilan turli kasalliklarni davolash va
oldini olishda foydalanish, dorilarni saqlash, bemorlarga tez tibbiy
yordam ko’rsatish yo’l-yo’riqlariga tavsif berishni tashkil etadi.
Kasallikni oldini olish va davolash uchun tibbiyot xodimlari dorilarni
dozalari va qo’llash usullarini juda yaxshi bilishlari kerak bo’lganligi
sababli dori vositalari ta’rifi aniq va tushunarli qilib berilgan.
Ushbu elektron qo’llanmaga tibbiyot amaliyotida keng qo’llaniladigan
asosiy dori vositalari kiritilganligi maqsadga muvofiq deb o’ylayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |