3. Bandlikni ta’minlashda mehnat birjalari faoliyati. Ishsizlarni
ijtimoiy himoyalash
Ishchi kuchi bozori
xaridorlar – ish beruvchilar
va sotuvchilar- ish kuchi
egalaridan iborat bo‘ladi.
Ish beruvchilar davlat idora
tashkilotlari, xususiy va ja-
moat tashkilotlari, mehnat-
ni taklif etuvchilar – ish
kuchi egalari bo‘lib, ular
mehnat qobiliyatiga ega va
o‘z ishchi kuchini sotishga
ishtiyoqi bo‘lgan kishilardan tashkil topadi. Ishchi kuchi bozorining
aniq shakllari bular ‒ mehnat birjalari va ishga yollovchi firmalardir.
Ishchi kuchi bozorini tartibga solishda mehnat birjalari alohida
o‘rin tutadi.
Mehnat birjasi – ishchi kuchini taqdim qiluvchilar hamda ishga
yollovchilar o‘rtasida ish kuchini sotish va sotib olish bo‘yicha ke-
lishuvni amalga oshirishda vositachi vazifasini bajaruvchi maxsus
muassasadir.
Dastlabki mehnat birjalari X1X asrning birinchi yarmida tashkil
topgan. Bizning Respublikada mehnat birjalari 2009-yildan boshlab
–“Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari” deb atala boshlandi.
Bunday markazlarning asosiy vazifalari quyidagilardir:
‒ ishsizlarni ro‘yxatga olish hamda ish joyini o‘zgartirmoqchi
bo‘lganlarni ishga joylashtirishda vositachilik qilishi;
‒ ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifni o‘rganish;
‒ alohida ixtisosliklar bo‘yicha ishchi kuchiga talab haqida ma’-
lumot berish;
591
‒ yoshlarni kasb ixtisosliklar bo‘yicha yo‘naltirish, yangi kasb-
hunarga o‘rgatishni tashkil qilish.
Mehnat birjalarining faoliyati faqat ish bilan ta’minlash emas,
balki iqtisodiyot tarmoqlari tarkibidagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq
holda o‘zgarib turadigan mehnat bozori talabini qondirishdan iborat.
2016-yilda Respublika bandlik xizmati muassasalariga 263,4
ming kishi ishga joylashtirishga ko‘maklashish uchun murojaat
qilib, ulardan 248,2 ming kishi ish bilan ta’minlangan.
Respublikada aholining yuqori sur’atlar bilan o‘sib bora-
yotganligini, shuningdek jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozning
salbiy ta’sirini hisobga olgan holda ish bilan bandlikni ta’minlash
uchun mamlakatimizda bir qator tad-
birlarni amalga oshirish mo‘ljallangan:
Birinchidan, keng faoliyat turlari,
shuningdek, yakka tartibdagi tadbir-
korlikni kengaytirish uchun sharoit
yaratish. Birinchi navbatda qishloq
xo‘jaligi ashyosini qayta ishlash, is-
te’mol mollari, mahalliy xomashyodan
qurilish materiallari tayyorlovchi xususiy kichik korxonalarni faol
rivojlantirishni rag‘batlantirish.
Bu tadbirlarni amalga oshirish natijasida kichik tadbirkorlik
subyektlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2008-yildagi 48.2%
dan 2015-yilda 56,5% ga ortgan. Ularning sanoat mahsuloti hajmi-
dagi ulushi 40,6% ni, qurilish ishlarida 66,7%, savdoda 87,1% ni,
pulli
xizmatlardagisi
50,5% ni tashkil qilgan.
Bugungi
kunda
mamlakatimizda ish bilan
band bo‘lgan aholining
77,9%dan ko‘prog‘i ay-
nan shu sohaga to‘g‘ri
keladi.
Ikkinchidan, xizmat
ko‘rsatish sohasi va kasa-
nachilikning turli shakl-
592
larini keng joriy etish, qishloq joylarda chorvachilikni rivoj-
lantirishni rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratish.
Uchinchidan, qishloqlarda keng tarmoqli ijtimoiy va ishlab
chiqarish infratuzilmasini yaratish, shu orqali yangi ish joylarini
ochish, yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish.
To‘rtinchidan, ishdan bo‘shagan xodimlarni qayta tayyorlash va
qayta o‘qitishni tashkil etishni tubdan o‘zgartirish.
Beshinchidan, vaqtincha ishga joylashtirish imkoni bo‘lmagan
mehnatga yaroqli aholini davlat tomonidan ishonchli ravishda
ijtimoiy himoyalash. Bu siyosat ularning o‘ta zarur ehtiyojlarini
qondirish va kafolatli tirikchilik manbalariga ega bo‘lishiga
qaratiladi.
Aholining ish bilan bandligi muammosi ko‘p qirrali bo‘lib, u
barcha odamlarga o‘z qobiliyatlarini ishga solish imkoniyatini
berish bilan birga, aholi ehtiyojlarini qondirish uchun dastlabki teng
imkoniyatlarni ta’minlovchi davlat va bozor mexanizmini vujudga
keltirish, ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan band qilish,
zarur hollarda ishchi kuchini iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari
o‘rtasida qayta taqsimlash kabi masalalarni ham o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |