588
Ishchi kuchiga bo‘lgan talab va uning taklifiga ish haqidan tash-
qari boshqa omillar ham ta’sir qiladi, bular:
texnika taraqqiyoti;
iqtisodiy tanglik yoki turg‘unlik holati;
yangi texnologiyaning joriy etilishi;
ishlab chiqarish tarkibining o‘zgarishi;
mavsumiylik.
Shunday mehnat turlari ham borki, ular maxsus qobiliyat va
tayyorgarlikni talab qiladi. Masalan: og‘ir jismoniy ish sog‘lom va
baquvvat kishilarni; san’at, adabiyot, fan, konstruktorlik sohalari
alohida iste’dodni talab qiladi. Shunday kasblar borki, ular puxta
bilim, maxsus tayyorgarlik va katta tajribani talab qiladi. Masalan,
Germaniyada mustaqil ishlovchi shifokor bo‘lish uchun, oliy ma’lu-
mot olgach, yana 10-12 yil tayyorgarlik ko‘rishi lozim bo‘ladi.
Ishchi kuchining taklifiga ishning jozibadorligi kasbdan obro‘
topish, qo‘shimcha imti-
yoz olish, yuqori man-
sabga erishish imkoni,
ishsiz qolish xavfining
yo‘qligi, mehnat sharoi-
tining yaxshiligi, shu-
ningdek imtiyozli kredit
olish
imkoni
va
boshqalar ta’sir qiladi.
Ishchi kuchining tak-
lifiga eng avvalo, nufuz
qonuni, ya’ni aholi soni-
ning o‘sish sur’ati ta’sir ko‘rsatadi. Aholi soni tez o‘sib, mehnat
qilish yoshiga yetganlari qanchalik ko‘p bo‘lsa, ishchi kuchi taklifi
ham shuncha ko‘p bo‘ladi. O‘zbekistonda 1995-yilda mehnat qilish
yoshiga yetganlar jami aholining 49,3%ni tashkil etgan bo‘lsa,
2016-yilda bu ko‘rsatkich 58,1%ga yetgan
141
. Shunga mos ishchi
kuchi taklifi ham ortgan.
Iqtisodiyotdagi har qanday beqarorliklar, real sektordagi faol-
likka jumladan, bandlik va ishsizlikka o‘z ta’sirini o‘tkazdi.
141
O‘zbekistonda mehnat va bandlik. T.:2016. 21 bet.
589
Ishchi kuchiga bo‘lgan talab miqdori uning yordamida yarati-
ladigan tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabning hajmiga bog‘liq
bo‘ladi. Agar bozorda tovarlarga talab oshsa ishchi kuchiga talab
ortadi, talab qisqarganda
ishchi kuchiga ham talab
qisqaradi.
Mana
shu
bog‘liqlik sababli iqtisodiy
inqirozlar davrida ishchi
kuchiga
talab
keskin
qisqarib ishsizlar soni oshib
boradi.
Mamlakatimiz Birinchi
Prezidenti
I.A.Кarimov
qayd etib o‘tganlaridek:
”Aholining ish bilan ta’minlanish muammolarini hal qilishda ham
jiddiy sifat o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda. Biz uchun o‘ta
dolzarb bo‘lgan bu masalani yechishda kichik biznes va xususiy tad-
birkorlikni jadal rivojlantirish bilan birga, xizmat ko‘rsatish sohasi
va kasanachilikning turli shakllarini keng joriy etish, qishloq
joylarda chorvachilikni rivojlantirishni rag‘batlantirishga alohida
ahamiyat berilmoqda”
142
.
Bu respublikamizda jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta’sirini
kamaytirish va uni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-
tadbirlarning natijasidir. Chunki rivojlangan mamlakatlarda bu
inqiroz ta’sirida ishsizlar soni keskin ortgan. Jumladan, AQSHda
2008-yilda ishsizlik darajasi 5,6%, Yaponiyada 4.1%, Buyuk
Britaniyada 5,7%, Germaniyada 7,7%ga yetgan. Bu o‘z-o‘zidan
aniqki, ijtimoiy transferlarning ko‘payishi davlat xarajatlarining
o‘sishiga olib kelgan.
Respublikada keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishdagi
ustuvor vazifa – bu mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizatsiya
qilish va aholi bandligini oshirishning muhim omili sifatida ishlab
chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirishdan
iboratdir. Chunki infratuzilmani rivojlantirish ko‘p mehnat talab
142
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida bartaraf yetishning yo‘llari va
choralari. -T.: O‘zbekiston, 2009, 24-25-betlar.
590
qiladigan keng ko‘lamli soha hisoblanadi. Bu yangi ish o‘rinlarini
tashkil etish, aholining, ayniqsa yoshlarning ish bilan bandligini
ta’minlash, odamlarning daromadi va farovonligini oshirish
imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: