163
Agar urushgacha maktabdan tashqari muassasalarda ko’proq bolalarning badiiy
tarbiyasiga bog’liq to’garaklar ochilgan bo’lsa, urush yillarida esa aviamodelchilar, yosh
tabiatshunoslar, texniklar, fizik va ximiklar to’garaklari soni ko’paydi. Bunday
to’garaklarda ishlash bolalarning va o’smirlarning texnik qobiliyatlarini oshirdi va ularda
turli mehnat sohalarida ko’nikmalar paydo qildi.
O’zbekiston bolalarini badiiy tarbiyalash markaziy uyining 1942 yil bolalar
rasmlarining ko’rgazmasini tashkil qilish bo’yicha tashabbusi. Rasmlardan urush
dahshatlari bilan to’qnash kelgan bolalarning taassurotlari joy olgan edi. 400 ta eng
yaxshi rasm katta muvaffaqiyat bilan Moskvada ham namoyish qilingan, keyinchalik esa
Amerika rassomlarining iltimosiga ko’ra Nyu-Yorkdagi ko’rgazmada ishtirok etgan.
Urush yakunlanganidan so’ng ko’pgina ko’chirib keltirilgan qilingan bolalar
oilalariga qaytishgan. Bu davrda bolalar uylari tarbiyalanuvchilari sonining kamayishi
kuzatildi.
1956 da O’zbekiston hukumati jamoatchilikning keng yordami bilan birinchi oltita
internat-maktabni ochdi: 2 tasi Toshkentda, qolganlari YAngiyo’l, Farg’ona, Qo’qon,
Xivada edi. 1962 yilda maktab-internatlar soni 119 taga ko’paydi va o’zida 38000 ta
tarbiyalanuvchini yig’di. Maktab-internatlar yangi turdagi o’quv-tarbiya muassasalari
bo’lib, unda bolalarning o’qishi va rivojlanishi uchun juda yaxshi sharoitlar yaratilgan.
Bunaqa muassasalar faoliyatining asosiy yo’nalish turlari axloqiy, estetik, jismoniy
tarbiya, mehnat ko’nikmalarini paydo qilish, hayot bilan aloqani amalga oshirish bo’lgan.
Keyinroq respublikada yangi maxsus maktab-internatlar: Glier nomidagi musiqa maktabi,
san’at maktabi, sport maktabi ochildi. Bundan tashqari aqliy va jismoniy nogiron bolalar
uchun ham maktab-internatlar tashkil etildi. 60-yillar boshqa turdagi tarbiya
muassasalari: bolalar bog’chasi, yaslilarning rivojlanishi kuzatildi. Biroq bu
muassasalarning faoliyat yuritishiga qaramay, bunday maktablarning ilg’or tajribasi
matbuot va pedagogik nashrlarda yoritilmagan. Natijada respublika ijtimoiy pedagogik
fani bugungi kunda nihoyatda qashshoq nazariy va amaliy bazaga asoslanadi.
XX asrning 70-yillari oxirida yoshlarning, ayniqsa o’smirlarning deviant axloqi
keskinlashdi. XX asrning 80-yillarida alkogolizm, narkomaniya va taksiomaniyaga
qarshi kurash va profilaktika muammolari haqida masala ko’ndalang qo’yildi. SHunisi
e’tiborliki, bunaqa muammolarning paydo bo’lishi va tarqalishi maktabning oila bilan
munosabatida bir qator muammolarni keltirib chiqardi.
O’quvchilarning ijtimoiy va kasbiy ko’nikmalarini hosil qilish ta’minlash
shakllaridan biri o’quv-ishlab chiqarish korxonalarining tashkil qilinishi bo’ldi. Unda
bolalar turli kasblarga o’qitilgan. Bunga misol qilib Toshkentdagi 210-TTZ ishlab
chiqarish korxonasini keltirish mumkin.
Maktab faoliyati va bolalarni himoyalashning ijtimoiy- pedagogik asoslaribilan
birga, maktabgacha tarbiya yo’nalishi ham rivojlanib kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: