159
g’oyasi rivojining eng yaxshi yutuqlarini jamlab hamda Rossiya ijtimoiy ma’rifiy
g’oyalariga tayanib u ta’lim tarbiyaning eng global muammolarini ko’tara oldi.
Qo’qonda ozod milliy maktabning yaratilishi, keyinroq esa Farg’ona, Marg’ilon va
Toshkentda shunday maktablarning yaratilishi bu ajoyib pedagog va jamoat arbobining
jasoratli qadami bo’ldi. Bu maktablarda ta’lim-tarbiya ishlarining yo’lga qo’yilishi
shaxsning har tomonlama rivojlanishi va ijtimoiy faallashuvi uchun sharoitlar yaratishga
yo’naltirilgan edi. Hamzaning pedagogik ishlarining ijtimoiy xarakteri tarbiyaning barcha
mashhur turlari (estetik, aqliy, jismoniy, axloqiy, mehnat), muomala va atrofdagilar bilan
o’zaro munosabat malakalarini rivojlantirish, tarbiyalanuvchilarning turli hayotiy,
madaniy va aqliy taassurotlarini olishlari uchun imkoniyatlar yaratishga asoslanadi.
1911 yilda Hamza o’zining yangi usul maktabini ochdi va unda o’quv jarayoni
tashkil qilishni tubdan isloh qildi. Biroq uning pedagogik faoliyatidagi eng asosiy hodisa
1914 yilda yetimlar va kam ta’minlangan bolalar uchun “Dorul ojizin” nomli maktabning
ochilishi bo’ldi. Unda bolalar bepul o’qitilgan hamda kitob, daftar, qalam va boshqa
yozuv qurollari bilan ta’minlanganlar. Biroq Hamzaning maktablarni isloh qilish va
demokratiyalashtirishga harakati musulmon ruhoniylari va chor hukumatining keskin
noroziligiga sabab bo’ldi. Buning oqibatida “Dorul ojizin” yopildi va Hamza chor
politsiyasi nazoratiga olindi.
Hamzaning ta’lim mohiyatiga, ommaning ozodlikka erishishi uchun asosiy qurol,
faol, ijodiy shaxsning tarbiyalash vositasiga nisbatan bo’lganidek, uning qarashlari
o’zbek ilg’or pedagogik g’oyasining rivojlanishida katta qadam edi. Insonni reallikdan
ajratuvchi va uni shukronalikruhida tarbiyalovchi hukmron sxolastik musulmon
pedagogikadan farqli o’laroq Hamza Hakimzoda ta’lim mohiyatiga yangi qarashlarni
kiritgan. Ta’lim jarayonini yosh avlodni xalqqa xizmat qilish ruhida tarbiyalash deb
tushunardi. SHoir tarbiyaning asosiy vazifasi yoshlarni jamoat faoliyatiga tayorlash deb
bilgan. Hamza yoshlar o’z vatani va xalqi oldidagi ma’suliyatlarini tushunish kerakligini
ko’p marta ta’kidlagan.
Tarbiyaga eng katta ta’sir qiluvchi omillarga Hamza muhit va oilani kiritgan.
Go’dakning kelajagi, uning hislarining rivoji va boshqa ijtimoiy psixologik vazifalar uni
o’rab turuvchi atrof muhit, uning hayotining xarakteriga bog’liqdir. Oilaning jamoat
tarbiyasidagi o’rni bola hamda hayotning o’zaro munosabatiga ko’proq e’tibor
qaratishdan iborat. Hamza onaga alohida rol ajratadi, chunki u bolalar bilan psixologik,
ruhiy va energetik reja asosida eng ko’p bog’langan shaxsdir. U bolalarni e’tiborsiz yoki
noto’g’ri tarbiyalaydigan ota-onalarni qoralagan. Ta’lim tarbiyada tub o’zgarishlarni
amalga oshirish uchun Hamza bir qator yangi darsliklarni o’zbek tilida yaratdi: o’zbek
alifbosini o’rganish uchun “Engil adabiyot”, o’qish uchun “O’qish kitobi”, adabiyotdan
“Qiroat kitobi”. Hamzaning kitoblari ta’lim oluvchilar tomonidan katta qiziqish bilan
o’qilgan va tez o’zlashtirilgan. Hamzaning barcha kitoblari o’zbek bolasining erkin
o’qishi uchun qulay qilib yaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: