o’z-o’zini boshqarishni qanday tushunish kerak va uni namoyon bo’lishining ichki
va tashqi shakllari qanday? Zamonaviy sharoitlarda o’z-o’zini boshqarishning
73
rivojlanish darajasi qanday? Rejalashtirish tizimi, tashkiliy tuzilma, ho’jalik hisobi
munosabatlari o’z-o’zini boshqarishning rivoj-langanlik darajasiga qanday
bog’liq?
O’z-o’zini boshqarish insonning, mehnat jamoasining boshqaruv
faoliyatining obyektidan uning sub’ektiga aylanish jarayoni sifatida namoyon
bo’ladi. Bu boshqaruvni tashkil qilishning alohida varianti bo’lib, bunda uning har
bir ishtirokchisi unga berilgan vakolatlar doirasida masalalarini o’zi hal qiladi.
Yangi ho’jalik mexanizmi ijtimoiy tashkil etishning turli bosqichlarida o’z-
o’zini boshqarishning o’rnatilishi va rivoj-lanishi kafolatini ko’zda tutadi.
Bozor tuzilmalarida o’z-o’zini boshqarish xarakteri uning namoyon
bo’lishidan
qat’iy
nazar
o’z-o’zini
boshqarishning
rivojlanishi
va
mukammallanishi uchun ko’maklashadi. Chunki ishlab chiqarish jarayoni har bir
ishtirokchisining shaxsiy iqtisodiy va ijtimoiy manfaati tashkilotni boshqarish
samaradorligiga bog’liq. Jamoaviy moddiy va ma’naviy man-faatdorlik barcha
boshqaruv sub’ektlarini jamiyat faoliyatining barcha jabxalarida, jamoatchilik
asosida boshqaruv qarorlarini qabul qilish va amalga oshirishda qatnashishga
chorlaydi. Mehnat va iste’mol ustidan nazorat va hisob-kitobni o’tkazishda ishtirok
etish, tovar-moddiy qimmatliklarni saqlash majburiy bo’lib qoladi. Shunday qilib
nazorat funktsiyasi o’z-o’zini nazorat qilishga aylanadi.
O’z-o’zini boshqarish nafaqat boshqaruv sub’ekti tomonidan u yoki bu
qarorlarni mustaqil qabul qilishni, balki ularning bajarilishini ham nazarda tutadi.
Undan tashqari, jamoaning har bir a’zosi qarorlarning bajarilishi yuzasidan shaxsiy
mas’uliyat his qiladi.
O’z-o’zini boshqarish faqat har bir ishchi yoki mehnat jamoasi o’zini mulk
sub’ekti sifatida iqtisodiy sharoit-lardagina amalga oshirish mumkin. O’z-o’zini
boshqarish sharoitlarida mehnat bilan boshqaruv mulkiy munosabatlar orqali
birlashadi. Chunki ularning amalga oshishining iqtisodiy shakli bo’lib korporatizm
hisoblanadi.
Lekin korporativ o’z-o’zini boshqarish katta mehnat bilan amalga oshiriladi.
Jarayonning sekinlashuvida umumiy sabab-lari bilan bir qatorda mehnat jamoalari
ichida individual sabablar ham mavjud. Undan tashqari, amalda mustaqillik va
o’z-o’zini boshqarish orasidagi munosabatni aniqlash mushkul.
Jamoa ishtirokidagi boshqaruv tahlili shuni ko’rsatdiki, ishlovchilarning bir
qismi boshqaruv bilan faol shug’ullanadi, qolgan qismi (ko’pchiligi) esa sust.
Mehnat jamoasi etarlicha miqdorda axborotga ega bo’lmay turib nafaqat boshqaruv
qarorlari qabul qilish, balki ularni tayyorlash va amalga oshirishda qatnashish,
nazorat funktsiyasini sifatli bajarish imkoniyatiga ega bo’lmaydi.
Shunday qilib, bozor munosabatlariga o’tish davrida tashkiliy-iqtisodiy
o’zgarishlar bilan bir qatorda demokra-tiyalashtirish va o’z-o’zini boshqarish
74
muammolari birinchi o’ringa ko’tarilmoqda. Mehnat jamoasi tashkilotning o’z-
o’zini boshqarish tizimiga kirgandagina o’z-o’zini boshqarish imkoniyati
tug’iladi.
Umuman, odamlarni majmuaviy rag’batlantirish texnikasi uchta asosiy guruh
usullaridan iborat:
3.
ishlovchilarga yo’naltirilgan usullar. Ularga quyidagilar kiradi: a)
ishlovchi oldiga anik maqsadlarni qo’yish (masalan, ishlab chiqarish me’yorini
oshirgan ishchilarga mukofotlar to’lanadi); b) xulq-atvor modifikatsiyasi (inson
xulq-atvorini yaxshilash maqsadida mukofot va jazo qo’llash); v) qayta tayyorlash
(istiqbolli mutaxassislarni tashkilot hisobidan o’qitish);
10
ishga yo’naltirilgan usullar. Bular: a) ish joylarini mukammallashtirish va
ishlovchilar faoliyati sohasini kengay-tirish; b) egiluvchan ish grafigi (bunday ish
rejimida ishlovchi, ish boshlash va tugatish vaqtini mustaqil rejalashtiradi; v) uy
ofislari va telekommunikatsiyani tashkil etish (ofisga ulangan telefon, kompyuter
yoki faksda uyda ishlash); g) ishdan bo’shatishlar sonini kamaytirish uslublari
sifatida ish vaqtini qisqartirish va funktsional og’irlikni bo’lish;
tashkilotga yo’naltirilgan usullar.
Ularga quyidagilar kiradi: a) xizmatchilar
vakolatlarini kengaytirish (ishlovchi-larga tashkilotning kundalik ishlarida
qatnashish uchun keng imkoniyatlar berish); b) maqsadlarga erishishda ishtirok
etish (jamoa ishining muvoffaqiyatli natijalari uchun muntazam pul mukofotlari
olish).
Do'stlaringiz bilan baham: