69
7-MAVZU. IJTIMOIY MENEJMENT USLUBLARI
REJA:
7.1. Boshqaruv uslubi
7.2.Menejmentning ijtimoiy uslublari
7.3.O’z-o’zini boshqarish
7.1. Boshqaruv uslubi
Avval ko’rib chiqilgan menejment tamoyillari turli uslublarni qo’llash yo’li
bilan amalga oshiriladi.
Boshqaruv uslubi - bu tashkilot qo’ygan maqsadlarga erishish uchun
boshqarilayotgan obyektlarga ta’sir qilish usullari yig’indisi.
«Uslub» so’zi grekcha «methodos» so’zidan kelib chiqqan. Tarjimasi biror -
bir maqsadga erishish usuli. Boshqaruv uslublari orqali boshqaruv faoliyatining
asosiy mazmuni amalga oshiriladi.
Boshqaruv uslublarini xarakterlab, ularni yo’nalishi mazmuni va tashkiliy
shaklini ochish kerak.
Boshqaruv uslublari yo’nalishi boshqaruv tizimiga qaratilgan.
Mazmuni - bu ta’sir qilish usullari o’ziga hosligi.
Tashkiliy shakli - aniq hosil bo’lgan vaziyatga ta’sir qilish. Bu to’ridan-
to’g’ri (bevosita) yoki bilvosita ta’sir bo’lishi mumkin.
Boshqaruv
amaliyotida
turli
uslublar
va
ularning
qorish-masi
(kombinatsiyasi)dan bir vaqtning o’zida foydalaniladi. Barcha boshqaruv uslublari
tashkiliy tomondan bir-birini to’ldiradi, doimiy dinamik muvozanatda bo’lishadi.
Boshqaruv uslublari yo’nalishi doim bir xil - ular turli mehnat faoliyatini
amalga oshiruvchi odamlarga yo’naltirilgan.
Shundan kelib chiqish kerakki, boshqaruvning ma’lum uslubida ham
mazmun, ham yo’nalish, ham tashkiliy shakl ma’lum tarzda qorishtirilgan.
Shuning uchun boshqaruvning quyidagi uslublarini ajratish mumkin:
to’g’ridan-to’g’ri direktiv ko’rsatmalarga asoslangan tash-kiliy-ma’muriy;
iqtisodiy;
odamlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida qo’llanuvchi ijtimoiy
va ijtimoiy - psixologik;
ijtimoiy tizimni o’zini-o’zi nazorat qilishi sifatida o’z-o’zini boshqarish.
Umumiy xolda boshqaruv ta’siri uslublarini ikki guruhga ajratish mumkin:
asosiy va majmuaviy. Asosiylariga boshqaruv uslublari talablarini u yoki bu
obyektiv qonunlarga mosligi belgilari bo’yicha mazmun jixatlari yaqqol
ko’rinadiganlar kiradi (masalan, ijtimoiy, iqtisodiy, tashkiliy-texnik). Asosiy
70
uslublarning qorishmasi ijtimoiy boshqaruvning majmuaviy yoki murakkab
uslublariga kiradi.
Mazmuni buyicha ijtimoiy boshqaruv uslublari ijtimoiy rivojlanishning turli
obyektiv qonunlari talablarini aks ettiradi: iqtisodiy, tashkiliy-texnik, demografik,
sotsiologik, psixologik va h.k. Shuning uchun iqtisodiy, tashkiliy-ma’muriy,
ijtimoiy va ijtimoiy-psixologik boshqaruv uslublari ajrati-ladi.
Boshqaruvning ijtimoiy uslublari jamiyatning ijtimoiy maqsadlariga
erishishning nafaqat inson hulqining iqtisodiy, tashkiliy-ma’muriy uslublari bilan
bog’liq, balki bevosita: ijtimoiy maqsadlarni qo’yish, turmush sifatini oshirish,
ijtimoiy tashkilotlarni mustaxkamlash, jamiyatning ijtimoiy etukligini oshirish
bilan ham bog’liq. Ijtimoiy uslublar asosiy hisoblanib, majmuaviy bo’lib ham
namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: