1.3.Ilg’or o’zgarishlar davri.
Biz yashayotgan davr bu dinamik o’zgarishlar davri. Barcha jarayonlar juda
tez va qarama-qarshi rivojlanmokda. Bunday vaziyatni amerikaliklar «chaqiriq»
so’zi bilan ataydilar, u o’zida ma’lum imkoniyatlar va taxdidlarni
mujassamlashtiradi.
Juda xavfli tendentsiyalar ichida quyidagilar asosiy bo’lib hisoblanadi:
a) sayyoramiz tabiiy muxitida sodir bo’layotgan o’zgarishlar (biologik xilma-
xilliklarning tez yo’qolib ketishi, «bug’xona samarasi»ning oshishi va uning
natijasidagi iqlimning o’zgarishlari, ozon qatlamning emirilishi, o’rmon
maydonlarining qisqarishi, er, suv va atmosferaning inson faoliyati chiqindilaridan
zaharlanishi).
b) har xil mamlakatlar o’rtasida va alohida mamlakatlar ichida ijtimoiy
farqlanishning tez o’sishi. Bu resurslar uchun kurash bilan uyg’unlashib joriy
mahalliy mojarolar va global xavfni keltirib chiqarmoqda.
v) sayyoraning resurs imkoniyatlari qisqarib borayotgan paytda er aholisining
tez ko’payishi.
g) qayta tiklanmaydigan tabiiy resurslardan foydalanish rejimining buzilishi,
kelajak avlod manfaatlarini zamondoshlar tomonidan hisobga olmaslik.
Shuning uchun, shunday xavf paydo bo’lmoqdaki, uning markazida
insonning zavol topishi, uning jamiyat bilan aloqasida madaniyat va
ma’naviyatining emirilishi yotadi.
Shaxs va jamiyat o’rtasidagi qarama-qarshilik dunyoning muvozanatdan
chiqishining asosiy sababi hisoblanadi. U bugungi kundagi ijtimoiy portlashlar va
halokatlar o’sishiga imkoniyat yaratib bermoqda. Bu dunyo oldida turgan dolzarb
muammolardan biri bo’lib uning echimiga ijtimoiy rivojlanish sur’atlari va
ma’naviy tamoyillar ko’p jihatdan bog’liq.
Tabiat ustidan hukmronlik qilishga intilish insoniyatni ijtimoiy va tabiat
olamini shunday shakllantirdiki, bugungi kunda ko’pchilik odamlar o’zlarining
yashab o’tgan umrlaridan qoniqish hosil qilmaydilar, hayotda o’zlariga o’rin topa
11
olmaydilar. Ko’pgina nohaqliklarni ko’radilar, lekin hech narsani o’zlariga
olmaydilar; ular o’zlarini ijodiy faoliyatga bahsh etishni xohlaydilar, lekin butun
umrlarini hayot uchun pul ishlashga sarf qiladilar. XXI asr yangi madaniyatni va
insonning yangi tipini bunday asosda yaratib bo’lmasligidan bugungi ilmiy
tadqiqotlar dalolat beradi.
Lekin bunday qarama-qarshilikni anglash juda qiyin kechadi. Ha, menejerlik
(boshqaruv) inqilobi XX asrning ikkinchi yarmida etakchi mamlakatlarning tezkor
rivojlanishidagi, bozor munosabatlarini amalga oshirish, tanazullarni engib
o’tishda, bozor munosabatlarini takomillashtirishda ko’plab bozor sub’ektlari va
mulkning ko’rinishlarini paydo bo’lishida asosiy omil bo’ldi. Menejerlik inqilobi
ta’sirida ko’p zamonaviy tsivilizatsiyalar mashhur ijtimoiy natijalarga erishdilar.
Tadbirkorlik hamda boshqaruvning yangi madaniyati shakllanmoqda. Uning
mazmuni nimada? Birinchi navbatda, unda oqilona boshqarish, bilim, ilmiy
loyihalashtirish va dasturlash, matematik va ijtimoiy modellashtirishni oqilona
tadbiq etish alohida ahamiyat kasb etadi. Ilmiy boshqaruvning bu usullari ijtimoiy
resurslar, «inson omili» resurslaridan to’liq foydalanishga qaratilgan. Boshqaruv
bilimlarining, boshqaruv kontseptsiyalarining, loyiha va dasturlarning shakllanishi
mahalliy hamjamiyatlar yutug’i natijasida mahalliy menejment tez rivojlanmokda.
Millionlab boshqaruvchilar (menejerlar) miyasida sifat o’zgarishlari sodir bo’lib,
ular mutaxassislarga aylanib, hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish
sur’atlariga samarali ta’sir qilmoqda. Moliya institutlari va tijorat tashkilotlarining
shaxsiy egalari soni ortmoqda. Shartnoma asosida yollangan va boshqaruv
faoliyatiga mas’ul bo’lgan har bir mahalliy menejer o’z ishi natijalariga ko’ra
boshqaruv
sohasida
kichik
bir
tadbirkorga
aylanadi.
Shunday
qilib,
tadbirkorlikning yangi turi - menejerlik shakllanadi.
Bu jarayon keng doirada sodir bo’lib, butun boshqaruv tizimida o’z o’rnida
negizidan o’zgartirib va uni maqsadli qiladi: aholi-aktsiyadorlar-kengash-
menejment. Natijada, menejerlar keng vakolatlarga ega bo’ladi, lekin berilgan
vakolatlarga aholi oldida javobgar bo’ladilar jahon tajribasiga binoan, bu nafaqat
menejerning, balki mahalliy ma’muriyat va mansabdorlar apparatining ham
mas’uliyatli va professional jamoasini tuzishning eng samarali usulidir. Menejment
va korporatizm tamoyillariga asosan aholi ma’muriyat va menejerlarning mahalliy
hamjamiyatini rivojlanish maqsadlarini belgilab berib, uning davlat
tashkilotlarining mahalliy organlariga xisobot topshirishini kafolatlaydi. Bu
ijtimoiy boshqaruv tashkilotining asosiy tamoyili sifatida ishtirok etmay, balki
tadbirkorlikni zamonaviy boshqaruv madaniyatini amalga oshirish mexanizmi
sifatida ishtirok etadi.
Rivojlangan kichik tadbirkorlik yordamida, birinchi navbatda innovatsion,
ilmtalab sohalar yordamida butun jamiyat hayotini ma’naviyat va
12
boshqaruvchanlik asosida sog’lomlashtirish uchun sharoit yaratildi. XXI asrda bu
tendentsiyani yanada kengaytirish talab qilinadi, sababi bu asrda ijtimoiylashuv va
ma’naviyat usti iqtisodiyot emas, balki jamiyat taraqqiyoti, uning maqsadlari va
extiyojlari boshqaradi.
Jamiyatda, oxir-oqibat shunday xaqiqatni anglash sodir bo’ladiki, uning
muvozanati juda boylar va juda qashshoqlar daromadlarida 10 martalik farq
bo’lishi mumkin emasligiga olib keladi. Aholining 10%dan kami qashshoqlikda
obyektiv sabablar bo’yicha yashashi mumkinligi tobora oydinlashmoqda. Ko’pgina
rivojlangan mamlakatlar uchun bu kritik nuqta xisoblanadi.
Muammoni tushunish, joriy rivojlanish tendentsiyalarining namoyon bo’lishi,
ularni hal qilishning yangi usullarini ham keltirib chiqaradi. Ular boshqaruv
sohasida yuzaga kelib, strategik va taktik xarakterga ega. Boshqaruv organlari
shuningdek, davlat aholi ijtimoiy himoyalash choralarini ishlab chiqmoqda. Bu
bozorni yanada ijtimoiy cheklashga imkon beradi.
Boshqaruvning bosh obyekti - davlatga yangi talablar qo’yilmokda. Bu o’z
navbatida mahalliy o’z-o’zini boshqarish organlarining moddiy-moliyaviy va
huquqiy bazasini mustahkamlaydi, qachonki faqat tabiat resurslaridan emas, balki
hududiy resurslaridan (ijtimoiy, madaniy - ma’naviy, boshqaruv) to’g’ri
foydalanganda.
Ular hukumat va boshqaruvning yuqori pog’onalarida ular vazifalariga xos
bo’lmagan asos topadi va boshqaruvning zamonaviy usullariga e’tibor qaratishga
imkon beradi. Hozirda mahalliy hamjamiyatlar, alohida tashkilot yoki firma,
axborotlar, texnologiyalar, ma’lumotlar banki asosida korporativ maqsad
natijalariga asoslangan xolda o’zining rivojlanish strategiyasini ishlab chiqmokda.
Shuning uchun, jamiyatda boshqaruv madaniyatining o’rnatilishining tezlashgan
jarayoni amalga oshirilmoqda, «pastdan yuqoriga» kontseptual fikrlash amalga
oshirilmoqda. Hayotda sinalgan dasturiy-maqsadli va boshqaruvning bashorat
usullari uning hamma bosqichlarida boshqaruv faoliyatining me’yoriga
aylanmoqda.
Ijtimoiy taraqqiyotning rivojlanishiga to’sqinlik qiluvchi, ijtimoiy
muvozanatni buzishning asosiy sababi bo’lib, ijtimoiy boshqaruv tizimining
rivojlanmagani, ijtimoiy menejmentning samarasizligi, uning nazariya va
amaliyotini o’zlashtirishdagi etishmovchiliklar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |