93
katta mablag‘talabligi sababli bunday so‘rov odatiy bo‘lib, hattoki,
ba’zan bir qator sabablar tufayli istalgan so‘rov turidir. Deyarli har
qanday so‘rov natijalari avvalboshdanoq tadqiqotchi hech qayerda
foydalanmagan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi, ular o‘rganilayotgan
masalaga bilvosita aloqador bo‘ladi. Qandaydir boshqa tadqiqotchi
mazkur ma’lumotlar u shug‘ullanayotgan masala uchun to‘g‘ri ke-
ladi, degan xulosaga kelishi mumkin.
Shunday qilib, ikkilamchi tahlil ma’lumotlardan yanada to‘la
foydalanishni ta’minlaydi va axborot yetarli bo‘lgani uchun
mablag‘larni tejashga yordam beradi. Ikkinchidan, so‘rovlar o‘zida
aholi kontaminatsiyasi xavfini olib yuradi. Buning ma’nosi ayni bir
aholi guruhi o‘rtasida ayni bir voqeani qayta-qayta tadqiq qilish bu
voqelikdagi o‘zgarishni yuzaga keltirishi mumkin yoki odamlarning
kelgusi so‘rovda ishtirok etmaslik istagi paydo bo‘lishiga olib keladi.
Qo‘shimcha tadqiqotlarni talab qilmasdan, ikkilamchi tahlil bunday
kontaminatsiyaga olib kelish imkoniyatini yo‘qotadi. Uchinchidan,
ikkilamchi tahlilda tadqiqotchi ushbu ma’lumotlarni o‘rganishda bo‘lak
yoki yangi metodlarni tatbiq qilishi mumkin, bu balki uning predmetni
anglash imkoniyatini kengaytirishi yoki hattoki dastlabki tadqiqot savol-
lariga boshqacha javob berishiga olib keladi. Ikkilamchi tahlilning eng
samarali yondashuvi shundan iboratki, avval, tadqiqot savolini tanlash
uchun gipoteza verifikatsiyasini ishlab chiqish, keyin esa bu gi-
potezalarni verifikatsiyasi uchun zarur ma’lumotlarga ega yakunlangan
tadqiqotni izlash bilan shug‘ullanadi.
Ma’lumotlar korpusiga qo‘yilgan ilk talab
shundan iboratki, aholi
guruhlarining
ayni vazifalari uchun
relevant tanloviga asoslangan
bo‘lishi kerak, ikkinchi talab shuki, so‘rovlar instrumenti veri-
fikatsiya qilishi zarur bo‘lgan gipotezalarga kiruvchi hal qiluvchi
o‘zgaruvchanliklar operatsionalizatsiyasining ushbu vazifasi uchun
relevantlikka ega bo‘ladi. Agar, masalan, tadqiqotda asosiy o‘rinni
oq tanlilar va negrlar o‘rtasidagi farq muammosi egallasa, ma’lu-
motlarning birlamchi korpusida irqiy tavofutni oq tanli va oq tanli
bo‘lmaganlar o‘rtasidagi farq sifatida qayd qilinadi, bu korpusni
mazkur tadqiqot doirasida o‘rganish hech qanday natija bermaydi,
chunki oq tanli bo‘lmaganlar guruhiga negrlardan tashqari boshqa
irqiy guruhlar ham kiradi (meksikaliklar, hindular va boshqalar).
U yoki bu tadqiqot bizga mos kelishi-kelmasligini qanday
aniqlash mumkin?
Avvalo, yaxshi tadqiqot hisobotlarida asosiy o‘zgaruvchanlar ope-
ratsionalizatsiyasi tavsiflanadi va tadqiqotda qaysi tanlovdan foydala-
94
nilganligi ko‘rsatiladi. Keyin, kitob va jurnal maqolalarida ba’zan tad-
qiqot maqsadlari uchun ma’lumotlar korpusi yaroqliligini muhokama
qilishadi. Shuning uchun adabiyotlarni o‘rganish ikkilamchi tahlil uchun
muhim manbalardan biri hisoblanadi va nihoyat, bizni qiziqtirayotgan
tadqiqot muallifiga bevosita murojaat qilishimiz mumkin.
Ikkilamchi tahlildagi ma’lumotlarni olish imkoniyatiga ega bo‘lish
va aniqlashning yanada tizimli va ishonchli yo‘li, ma’lumotlarni to‘p-
lovchi muassasalardan iboratdir, ya‘ni masalan, kutubxonalar kitob
yig‘ish bilan shug‘ullanadi. Bunday muassasalar
ma’lumotlar arxivi
deb ataladi. Bu muassasalar keyingi qidiruvni osonlashtirish maq-
sadida ma’lumotlarni tasniflash bilan shug‘ullanadi, shuningdek,
ma’lumotlarni to‘plash doirasida birlamchi tadqiqotga aloqasi yo‘q
ma’lumotlarni tadqiqotchilar uchun qulay shaklga o‘tkazadi. Har bir
muassasalarda mavjud qo‘lga kiritilayotgan so‘rov ma’lumotlarining
umumiy tavsifi va ro‘yhatini nashr etadi. Agar bu ro‘yhatlardan bizni
qiziqtiruvchi tadqiqotni topsak, kodlar kitobi bo‘yicha ularning biz
uchun ahamiyatlilik darajasini aniqlasak bo‘ladi. Unda so‘rov chog‘ida
berilgan barcha savollar ko‘rsatiladi va javobni kodlash usuli
sharhlanadi. Bu esa gipotezalarimiz bilan mazkur tadqiqot operatsion-
alizatsiyasining muvofiqligi darajasini baholashga imkon beradi.
Lekin so‘rov salohiyatini to‘la ahglash uchun asosan so‘rovning
negizlarini tashkil etuvchi intervyu jarayoni bilan, shuningdek,
shkala texnikasi bilan ta’minlanuvchi ma’lumotlarning paydo
bo‘lishi imkoniyati bilan yaqindan tanishish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: