91
savollar yig‘indisidan iborat bo‘lishi shart. Bundan tashqari, res-
pondentga muhim bo‘lgan holatlarda javoblarida o‘z bahosi
dara-
jasini
aks ettirish imkonini berish kerak, yuqorida bayon qilingan
ikki tipdagi savollar o‘rtasidagi tanlov biz uchun qulay ma’lumotlar
ishlanmasi vositalari (ochiq savolllar yanada murakkab ishlanmani
talab qiladi), predmet haqida ham nazariy, ham amaliy bilimlar
hisobga olinib amalga oshiriladi (yopiq savollar predmet haqida
yaxshi ma’lumotga egalikni talab etadi).
Savol
shakli
uning namoyishi usuliga oiddir. So‘rovning «og‘-
zaki (yozma) savol og‘zaki (yozma) javob” nisbatan oddiy shaklidan
tashqari bir qator usullar mavjud bo‘lib, ular respondentga nima
haqida so‘ralayatganini tushunishga va javob berishda
ongli
tanlovni
amalga oshirishga yordam beradi. Ko‘p usullar sxemalar, yozuvli
fotografiyalar va tasvirli rasmlar kabi ko‘rgazmali qurollarni qo‘llash
bilan bo‘g‘liq. Misol – “sezgi termometri”.
Savolni to‘gri so’z bilan shakllantirish so‘rovninig muvaffa-
qiyatida hal qiluvchi omil bo‘lib chiqadi. Sizni qiziqtirgan savolni
aniq shakllantira olmasangiz, qo‘lga kiritilgan javob farazingizni tek-
shirish uchun terilgan kerakli ma’lumotlarga to‘g‘ri kelmaydi.
Biz ishonchli va aniq natijalarni ta’minlashga qodir so‘rov
bandlarini tuzishninig ba’zi umumiy qoidalarini taklif qilishimiz
mumkin.
Birinchidan, tadqiqot mazmuniga zarar etkazmaydigan barcha
holatlarda, avvalgi tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishlatilgan
tushuncha
va savollarni kiritishga harakat qiling.
Ikkinchidan, so‘rov ro‘yhatiga biror savolni kiritishdan oldin re-
spondent bu savolga javob berishi uchun zarur bilimlarga egaligini
tekshirib ko‘ring.
Uchinchidan, ko‘pincha savoldan ko‘ra predmet to‘g‘risidagi
tasdiqlar foydaliroq bo‘ladi. Bunda tadqiqotchi respondentning
tasdiqlar seriyasi bilan kaisi darajada rozi yoki rozi emasligini
so‘raydi, unda tadqiqotchini qiziqtiruvchi savol bo‘yicha turli nuqtai
nazarlarni aks ettirgan shaklda saralangan tasdiqlar mavjud bo‘ladi.
To‘rtinchidan, tasdiqlarni savollar o‘rniga ishlatar ekanmiz, shuni
bilingki, respondentlar ko‘pincha tadqiqotchi tasdiqlariga o‘zining
shaxsiy nuqtai nazariga qaramasdan qo‘shilish odatiga ega bo‘ladi.
Bu qonuniyat
javob tendensiyasi
deb ataladi, u hisobga olinmagan
so‘rov bandlarida javob tendensiyasiga siljish paydo bo‘ladi.
92
Beshinchidan, so‘rovning yagona bandi yordami bilan o‘zgaruvchan
o‘lchovi natijalarning aralashib ketishiga olib kelishi mumkin. Umu-
man, harakatlar uchun asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin bo‘lgan
munosabatlar mezonida so‘rovning bir qancha bandlaridan birdaniga
foydalanish va indeks yoki shkalani shakllantirish yanada maqsadga
muvofiq. Tadqiqotchi so‘rovning alohida bandlarini tuzishdan tashdaqi
so‘rov instrumentariyasini tashkil etish to‘g‘risida ham o‘ylashi shart.
Haqiqiy anketa va intervyu blankalari odatda, 4 asosiy qismdan iborat
bo‘ladi: kirish qismi, mashq uchun bir necha savollar, asosiy savollar,
biografik savollar. Keyingi navbatda
instrumentariya formati
juda mi-
him. Qog‘ozga anketa yoki intervyu blankasini joylashtirishning
ma’lum qoidalari mavjud.
Birinchi qoidaga ko‘ra, sahifada
so‘rov bandlari zich joylashmasligi
kerak.
So‘rov instrumentariyasining har bir sahifasida iloji boricha
ko‘proq bo‘sh joy qoldiring. Bunda birinchi duch keladigan asosiy ma-
sala
oldindan kodlashtirilgan instrumentdan
foydalanish masalasidir.
Kodlashtirish asosida so‘z shaklida qayd qilingan javoblarni son orqali
berilishi yotadi. Dastlabki kodlashtirilgan so‘rov instrumentida har bir
savolga allaqachon o‘zining son belgisi qo‘yilgan. Instrumentariyaga
tayyorgarlik ko‘rishning tugashi intervyu oluvchining so‘rov instrumen-
tini aniq va tartibli to‘ldirilishini ta’minlaydigan dastlabki instruksiyani
tuzish bilan amalga oshiriladi.
So‘rovning navbatdagi bosqichi, tanlovni yaratish va rejalashtirish.
Rejalashtirish bosqichi birinchidan, kelgusi so‘rov tipi to‘g‘risida qaror
qabul qilish, ikkinchidan, so‘rovning moddiy-texnik ta’minot masala-
larini ishlab chiqish, uchinchidan, so‘rovni moliyalashtirish masala-
larini ishlab chiqishlarni o‘z ichiga oladi. Tadqiqot muammosi xarak-
teri so‘rovning qaysi tipi zarurligi bilan aniqlanadi, ammo qaysi tipni
qo‘llash mumkinligi muvofiq moddiy vositalarning borligi yoki qo‘lga
kiritilishi osonligi bilan belgilanadi. So‘rov amaliyoti bizga 4 asosiy
tipni tanlash imkoniyatini beradi:
yuzma-yuz intervyu, telefon intervyu-
si, pochta anketasi va matbuot orqali so‘rov.
Do'stlaringiz bilan baham: