ko‘p qutbli, muvozanatli va
imperik xalqaro tizimlar
tushunchalari qo‘llanilishiga asos bo‘ldi.
Ikki qutbli tizimda ikkita o‘ta qudratli davlat hukumronlik qiladi.
Agar ularning qudratiga boshqa derjavalar erishsa, bu tizim ko‘p
qutbli tizimga aylanadi. Muvozanatli tizimda yoki kuchlar balansi
tizimida bir qancha yirik davlatlar voqealar borishida bir xil ta’sirni
saqlab qoladi va bir-biriga nisbatan “o‘ta keskin” noroziliklarini che-
klaydi. Nihoyat, imperik tipdagi xalqaro tizimda boshqa davlatlarni
o‘zining qudrati bilan ancha orqada qoldirib ketgan o‘ta qudratli ya-
gona derjava (hudud o‘lchami, qurollanish darajasi, iqtisodiy salo-
hiyati, tabiiy resurslar zaxirasi va b.larga ko‘ra) hukmronlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |