Halqaro munosabatlarning metod ologik aspektlari


partiyaning  hokimiyat  markaziy  institutlarini  mustahkamlovchi  roli



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/201
Sana15.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#366975
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   201
Bog'liq
halqaro munosabatlarning metodologik aspektlari


partiyaning  hokimiyat  markaziy  institutlarini  mustahkamlovchi  roli 
(V.I.Lenin) yoki turli davlat tuzilmalari to‘plami (nemis konstitutsional-
istlari),  geopolitik  va  hududiy  omillar  ta’siri  (R.Ratsel),  shuningdek 
hokimiyatning  ba’zi  elementlari  ham  qo‘llanadi.  XIX  asr  o‘rtalarida 
biologiyada  tizimli  (L.Fon  Bertalanfi)  va  kibernetik  (N.Viner) 
g‘oyalarning faol qo‘llanishi natijasida makropolitik aloqalar tavsifi 
tiz-
imli
 tahlil prinsiplariga asoslana boshladi. Amerikalik olimlar T.Parsons 
va D.Iston asarlarida siyosiy-ijtimoiy fanlarga tizimli yondashuv sama-
rali qo‘llanildi. Tizimli yondashuvning umum tomonidan e’tirof etilgan 
ustunligi shuki, u obyektni bir butun va yaxlit tarzda tasavvur qilish im-
koniyatini  beradi.  Demak,  o‘zaro  ta’sirlanuvchi  elementlar  o‘rtasidagi 
korrelyatsiyani  topishga  imkon  yaratar  ekan,  ana  shunday  o‘zaro  ta’sir 
“qoidalarini” yoki boshqacha aytganda, xalqaro tizim funksionallashishi 
qonuniyatlarini  aniqlashga  yordam  beradi.  Tizimli
 
yondashuv  asosida 
bir  qator  olimlar  xalqaro  munosabatlarni  xalqaro  siyosatdan  ajratadi: 
agar  XMning  tarkibiy  qismlari  uning  ishtirokchilari  (aktorlar)  va 
ishtirokchilar  “potentsialini”  (kuch-kudratini)  tashkil  qilgan  “faktorlar” 
(“mustaqil  o‘zgaruvchanlar”  yoki  “resurslari”)  bilan  namoyon  bo’lsa, 
xalqaro siyosat elementlari sifatida faqat mualliflar namoyon bo‘ladi. 
Uch amerikalik olimlar: D.Iston, G.Almond va K.Doychning tiz-
imli  nazariyalari  keng  tarqalgandir.  D.Iston  nazariyasiga  batafsil 
to‘xtalamiz,  chunki  u  xalqaro  tadqiqotlarda  qo‘llanadigan  tizimli 
yondashuv xususiyatlarini yanada to‘la ravishda ochib beradi. 
D.Iston  siyosiy  tizimni  rivojlanuvchi  va  o‘z  -  o‘zini  tartibga 
soluvchi, tashqaridan keluvchi komanda impulslarga faol munosabat 
bildiruvchi organizm sifatida ko‘rib chiqadi. U siyosiy tizimni o‘zaro 
ta’sir  (munosabat)  sifatida  ta’riflaydi,  bunda  ayni  o‘zaro  ta’sir 


 
 
58 
yordamida jamiyatda moddiy va  ma’naviy qadriyatlar avtoritar tarz-
da  taqsimlanadi  va  shu  asosda  jamiyat  a’zolari  o‘rtasidagi  nizolar 
oldi  olinadi.  Istonning  fikricha,  tizimda  “kirish”  va  “chiqish”  bor. 
“Kirishda” tizim tashqaridan impulslar, signallar, zaxiralar oladi, un-
ing  yaxlitliligiga  rahna  soluvchi  da’vatlarga  duch  keladi.  D.Iston 
ularni  ikki  kategoriyaga  ajratadi:  “talab”,  u  xavfsizlik,  individual 
ozodlik  va  tenglik,  ishtirok,  faravonlik  ehtiyoji  bilan  bog‘liq; 
“qo‘llab-quvvatlash”,  u  ba’zi  talablar  va  undan  kelib  chiqqan  ni-
zolarni  tartibga  solishga  imkon  beradi.  “Talablar”  manbai,  bir 
tomondan, jamiyatning ekologik tizim, biologik tizim, shaxsiyat tiz-
imi va ijtimoiy tizimlar kabi ichki muhit qisimlari hisoblanadi. Ikkin-
chi  tomondan,  ekstra-sotsiyal  muhit  qismlari  hisoblanadi:  xalqaro 
siyosiy tizimlar, xalqaro ekologik tizimlar, xalqaro ijtimoiy tizimlar. 
Global atrof muhitdan “kirish”ga keluvchi barcha bu oqimlar siyosiy 
tizimlar  ichida,  uning  barcha  tarkibiy  elementlari  ta’sirlanishi  yo‘li 
bilan qayta ishlanadi va oxir-oqibatda tizimning muhitga moslanishi-
ga yordam beruvchi umumiy javob reaksiyasini beradi.  “Chiqish”da 
bunday  reaksiyalar  sifatida  siyosiy  harakatlar,  hukumat  aktlari,  tad-
birlar hizmat qiladi. O‘z navbatida, tizimning bu orqa reaksiyasi atrof 
muhit  bilan  o‘zaro  ta’siri  yangi  siklining  boshlanishi  hisoblanadi  va 
keyin  yangi  “talab”  va  “qo‘llab-  quvvatlashlar”ni  yo‘lga  qo‘yuvchi 
atrof muhitdagi muayyan o‘zgarishlarni yuzaga kelishiga asos beradi. 
Shunday qilib, D.Iston konsepsiyasining bosh yutuqlaridan biri  - bu 
siyosiy tizimni dinamikasida - huddi atrof-muhit bilan doimo o‘zaro 
ta’sir  munosabatida  bo‘lgan  va  uzluksiz  ravishda  o‘z  “javoblari”ni 
o‘z elementlari holati va reaksiyasi bilan solishtiradigan yaxlit organ-
ism  sifatida  ko‘rib  chiqishdir.  Shunisi  muhimki,  D.Iston  tomonidan 
taklif  qilingan  tizimli  analiz  siyosiy  tizimning  funksionallashishi, 
uning  boshqa  tizimlar  bilan  munosabatlari  qonuniyatlari,  barqaror-
likni  saqlash  shart-sharoitlari  va  b.ni  qidirish  va  aniqlashni  yengil-
lashtiradi. Shunga qaramasdan, D.Istonning tahliliy yutuqlarini inkor 
qilmagan  holda,  XM  sohasi  mutaxassislarining  hisoblashishicha,  bu 
tahlil  xalqaro  tizimni  o‘rganishga  to‘g‘ri  kelmaydi.  Birinchidan, 
chunki  ular  siyosiy  tizimning  spesifik  tipini,  aynan  amerika  siyosiy 
tizimini  o‘rganish  asosida  qilingan  va  boshqa  siyosiy  tizimlar 
xususiyatlarini  kam  hisobga  oladi.  Ikkinchidan,  Istonning  siyosatni 
“qadriyatlarining  avtoritar  taqsimlanishi”  sifatidagi  tavsifi  xalqaro 
tizimning xususiyatlariga e’tibor qaratmaydi, XMni siyosiy munosa-


 
 
59 
batlar  sifatida  ko‘rib  chiqishga  imkon  bermaydi.  Va  nihoyat 
uchinchidan,  Iston  sxemasi  global  xalqaro  tizimga  uning  muhiti 
xususiyatlari  sababli  qo‘llanilishi  mumkin  emas.  Iston  nazariyasi 
siyosiy  o‘zaro  munosabatlarning  ruhiy  shaxsiy  aspektlarini  yuzaki 
hisobga  olinganligi  va  siyosiy  tizimning  ichki  hayoti  tahlilining 
mavjud  emasligi  uchun  tanqid  qilingan.  Lekin,  hozirgi  vaqtgacha 
XM  tahlili  tizimli  metodining  arzirli  muqobili  yo‘q,  chunki  tizimli 
metod va XMning xaotik muhitini yagona va yaxlit tizimga keltirish 
uni  tartibga  solish,  ularning  qismlari  o‘rtasidagi  o‘zaro  ta’sirni  qis-
man  tushuntirish  qobiliyatiga  ega.  Shuning  uchun,  olimlar  XM 
tahliliga tizimli yondashuvining samarali modellarini izlashni davom 
ettirmoqda. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish