Halqaro munosabatlarning metod ologik aspektlari


Siyosiy hudud (makon), mikro-, makro-, mega-siyosat



Download 2,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/201
Sana15.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#366975
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   201
Bog'liq
halqaro munosabatlarning metodologik aspektlari

Siyosiy hudud (makon), mikro-, makro-, mega-siyosat 
Modellashtirish  metodini  qo‘llashda  uning 
siyosiy  hudud,  mikro-, 
makro-,  va  mega-siyosat
  kabi  tatbiq  etish  darajalarini  aniqlash  zarur. 

Siyosiy  hudud  (makon
)”  kategoriyasi  davlat  hududi  yoki 
legitim 
boshqaruv sohasi
 
va davlat hokimyatining turli institutlari nazorati
 joriy 
bo‘lgan  davlatning  alohida  ma’muriy  birliklari  bilan  bog‘liq,  shuning-
dek,  nodavlat 
tuzilma  bosimi  va  ta’siri  zo‘nasi
,  ya’ni  turli  ijtimoiy 
kuchlarning alohida shaxslar va partiyalardan “Grinpis” tipidagi xalqaro 
ijtimoiy  harakatlar  va  geosiyosiy  ta’sirdagi  transmilliy  korporatsiya-
largacha  “siyosiy  gravitatsiya”  maydoni  bilan  bog‘liq  bo‘ladi.  Bunda, 
avvalo, ko‘pincha 
ichki siyosat sohasi 
ajratiladi va davlat yurisdiksiyasi 
va  legitim  nazorati  ostidagi  hududiy  makon  sifatida  ta’riflanadi, 
xususan, 
tashqi yoki xalqaro siyosat sohasi
ga e’tibor qaratiladi, bu soha 
doirasida  xalqaro  maydondagi  davlatlar  va  xalqlar  o‘rtasidagi  o‘zaro 
munosabatlarni tartibga solish vazifasi amalga oshiriladi. 
So‘nggi  vaqtlarda 
ichki  va  xalqaro  siyosat  makonining  o‘zaro 
bir-biriga  kirishuvi  va  birikuvi
  yuz  bermoqda.  Eng  avvalo,  bu  holat 


 
 
152 
milliy  parlamentdagi  saylovda  ovoz  berish  okruglari  hududining 
Yevroparlamentdagi  saylov  kurashi  hududi  bilan  qo‘shilishidan  yu-
zaga  kelgan  Yevropa  Ittifoqi  kabi  millatlararo  tuzilmalar  sababli 
vujudga  kelmoqda.  Shunisi  qiziqki,  agar  XIX  asr  boshida  G.Gegel 
xalqaro siyosatni ichki siyosatdan aniq ajratib bergan bo‘lsa, XX asr 
oxiridayoq  politolog  D.Rozenau  “post  xalqaro  siyosat  ”  (post  inter-
national politics) makonining paydo bo‘lishi haqidagi xulosaga keldi. 
Bu  xulosaga  ko‘ra,  post  xalqaro  siyosatda  allaqachon  “millat  usti” 
yoki  “supra  milliy”  (supranational)  aktorlar  faol  harakat  qilmoqda, 
va  bu  aktorlarning  milliy  davlatlar  hamda  bu  davlatlarda  yashovchi 
xalqlarning  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  jalb  etilishini  taqozo  etmaydigan  kuch 
ta’sirining  yaxlit  zonalari  mavjud  (masalan,  TMK).  Siyosiy  hayot 
ishtirokchilarining  roli  nuqtai  nazardan  uning  makoniy  kontinumi 
quyidagicha  tasniflanishi  mumkin:  1) 
mahalliy,  2)  mintaqaviy,  3) 
global
  daraja.  Ularning  aniq  mazmuni  tahlili  tanlangan  koordinatlar 
tizimiga  bog‘liqdir.  Agar  global  siyosiy  makonning  hisob  nuqtasi 
sifatida planitar miqyos qabul qilinsa, mintaqaviy siyosat mintaqaviy 
va  submintaqaviy  darajadagi  (G‘arbiy  Yevropadagi  YEI,  Shimoliy 
va  Lotin  Amerikasidagi  NAFTA  va  ADI),  hatto  yanada  tor  mint-
aqadagi  (ASEAN,  Mag‘rib  mamlakatlari)  davlatlar  va  boshqa 
ijtimoiy  siyosiy  agentlarning  o‘zaro  siyosiy  munosabatlari  doirasi 
bilan bog‘liq bo‘ladi, mahalliy siyosat esa milliy davlat darajasidagi 
siyosiy  subyektlar  faoliyati  bilan  bog‘langan  bo‘ladi.  Bu  holatda 
e’tibor  xalqaro  siyosatning  davlat  ichki  hududi  ikkilamchi  kompo-
nent  hisoblanadigan  makoni  xarakteristikasiga  berilgan.  U  yerda, 
zero,  tahlilning  boshqa  variantida  milliy  davlat  makonida  xalqaro 
munosabatlar faqat tashqi muhit omillari darajasiga ega “global kon-
tinium” sifatida maydonga chiqishi mumkin. 
Mega  va  mikro-siyosat  darajalarini  belgilash  uchun  politalogiyada 
“makro”, “mega” va “mikro” siyosat tushunchalaridan foydalaniladiki, 
ular siyosiy makonning turli o‘lchovlarini va siyosiy munosabatlarning 
darajalari  bilan  xarakterlanadi. 

Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish