www.ziyouz.com kutubxonasi
52
ketishgandir-da!» - dedi. Shayton: «Biror ish bilan emas, o‘g‘lini so‘ygani olib ketdi. Ibrohim tush ko‘rgan edi,
uning gumonicha, tushida Alloh unga shuni buyurgan emish» - dedi. Sora beparvo: «Agar Alloh buyurgan
bo‘lsa, Ibrohim va o‘g‘li Ishoq Robbilarining amriga itoat qilayotgan bo‘lsa, shuda yaxshi-da!» - dedi.
Shayton u yerdan noumid bo‘lib chiqdi va Ishoqning yoniga bordi. Ishoq otasining izidan sekin ketib borar
edi. Shayton unga yaqinlashib: «Erta tongda otang seni qayoqqa olib ketyapti?» - deb so‘radi. Ishoq: «Biror ish
bilan ketyapmiz, shekilli» - dedi. Shayton unga: «Otang seni Alloh buyurgani uchun so‘ygani olib ketyapti» -
dedi. Ishoq beparvo: «Agar Alloh buyurgan bo‘lsa, otam unga albatta itoat qilishi lozim» - dedi.
Shayton Ishoq oldidan ham noumid bo‘lib, Ibrohim (a.s.) ning yonlariga o‘tdi va: «Erta tongda o‘g‘ling bilan
qayoqqa ketyapsan?» - deb so‘radi. Ibrohim (a.s.) unga: «Ishlarimizni erta tongda bitiraylik, deb ketyapmiz» -
dedilar. Shayton: «Ishlaringni bitirishga emas, o‘g‘lingni so‘yishga olib ketyapsan-ku!» - dedi. Ibrohim (a.s.):
«Agar menga Alloh shuni buyurgan ekan, albatta itoat qilaman!» - dedilar. Shayton maqsadiga yetolmay,
noumid bo‘lib ketdi.
Ibrohim (a.s.) o‘g‘li Ishoqni so‘yishga boshlaganda, Alloh taolo unga xitob qilib, o‘g‘lini afv etganini, uning
o‘rniga jannatdan qo‘chqor keltirganini va o‘g‘li o‘rniga uni so‘yishini buyurdi. Ibrohim (a.s.): «Ey, o‘g‘ilcham! tur
o‘rningdan, Alloh seni afv qildi va o‘rningga katta qo‘chqorni fido qildi» - dedilar.
Alloh taolo Ishoq (a.s.)ga vahiy yubordi va: «Hozir mening huzurimga duo qilib nimani so‘rasang, albatta,
ijobat qilaman» - dedi. Ishoq (a.s.) duoga qo‘l ochib: «Ey, Rabbim! Men sening huzuringga, mening duoimni
ijobat qilgin, deb duo qilmoqdaman. Senga shirk keltirmagan avvalinu oxirin bandalaringdan qaysi birlari senga
yo‘liqsa, uni jannatingga doxil qilgin!» - dedilar.
Ibn Abbos (r.a.)dan turli sanadlar bilan o‘nlab hadislar rivoyat qilingan va ularning hammasida zabih Ishoq
(a.s.) ekanliklari aytilgan. Ibn Abbos va Abu Hurayradan tashqari yana Abdulloh ibn Mas’ud, Abdulloh ibn
Abiyd, Ibn Sobit, Ibn Abil-Huzayl, Abu Maysara, Abu Molik, Masruq va boshqa sahobiylardan ham Ishoq (a.s.)
ning Zabihulloh ekanlari haqida hadislar rivoyat qilingan.
Ibn Abbosdan boshqa sanadlar orqali rivoyat qilingan hadislarda, Omir, Ash-Sha’biy, Yusuf ibn Mahron,
Mujohid, Al-Hasan, Muhammad ibn Ka’b al-Quraziy, Muoviya va boshqalardan zabih Ismoil (a.s.) ekanlari
aytiladi.
Muoviya ibn Abiy Sufyon aytadilar: «Biz Rasululloh (s.a.v)ning huzurlarida o‘tirgan edik. Bir odam kelib:
«Ey, ikki zabiyhning o‘g‘li, Alloh sizga bildirgan narsalardan bizga ham so‘zlab bering!» - dedi. Uning so‘zidan
Rasululloh (s.a.v) kuldilar. O’tirganlardan biri: «Ey, Allohning Rasuli, ikki zabih deganining ma’nosi nima?» -
deb so‘radi. Payg‘ambarimiz (s.a.v) dedilar:
«Abdulmuttolib Zamzam bulog‘ini kengaytirishga uringanda, agar buloqni kavlash osonlik bilan bitsa, men
o‘g‘illarimdan birini Alloh yo‘lida qurbonlik qilaman, deb nazr qildi. Ish bitgandan keyin, kimni so‘yish kerakligi
haqida qur’a tashlanganda, qur’a Abdullohning haqiga tushdi. Lekin Abdullohning tog‘alari uni so‘yilishiga
qarshi turdilar va Abdulmuttolibga: «Agar nazringni ado qilaman desang, uning xuni badaliga yuzta tuyani fido
qilgin!» - deyishdi. Abdulmuttolib yuz tuya fido qilib, zabih Abdullohni saqlab qoldi. Ikkinchi zabih esa Ismoil
(a.s.)dirlar».
Muhammad ibn Ka’b al-Quraziy aytadilar: «Alloh taolo o‘zining Kalomi sharifida Ibrohim (a.s.)ga so‘yish
uchun buyurgan o‘g‘li Ismoil ekanini aytgan. Mazbuh Ismoilning qissasidan keyin, Alloh taolo o‘zining itoatli
quliga:
Do'stlaringiz bilan baham: |