Nizompv nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti bolalar psixologiyasini va uni


ХП.4.  Bog’cha yoshidagi bola shaxsining rivojlanishiga



Download 4,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/196
Sana15.01.2022
Hajmi4,03 Mb.
#366205
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   196
Bog'liq
Bolalar psixologiyasi va uni o'qitish metodikasi

ХП.4.  Bog’cha yoshidagi bola shaxsining rivojlanishiga
 
oilaviy muhitning roli.
Oila  bolani  o’rab  turgan  ijtimoiy  muhitning  eng  muhim 
bo’g'inidir.  Uning  bola  shaxsi  shakllanishiga  ko’rsatadigan  tasiri 
benihoyat  kattadir.  Bolaning  mustaqilligi  nisbiy  bo’lib,  u  ko’p 
jihatdan  kattalar  qaramog’i  va  yordamiga  muhtoj  bo’ladi.  Ota- 
onaning  fikri  va  munosabati  bu  davrda  shunchalik  katta  undovchi 
kuchga  ega  bo’ladiki,  u  xulq-atvoming  regulyatori  va  psixik 
rivojlanishining  stimulyatori bo’lib xizmat qiladi.
Psixiatrlaming 
ta’kidlashicha 
bolani 
haddan
tashqari  qattiq  qo’llik  bilan  tarbiyalash  unda  nevrozlami  va 
psixosteniyani  keltirib chiqaruvchi omillaridan biridir.
Albatta,  xar  bir  oiladagi  munosabatlari  o ’ziga  xos  hamda 
takrorlanmasdir.  Biroq  ota-ona  va  bola  munosabatlarining  umumiy 
jixatlari 
xam  mavjuddir.  Ota  onalar  bolalar  xulq 
atvorini 
boshqarishda  qanday  usullaridan  foydalanishiariga  ko’ra  o ’rtadagi 
munosabatlar 
ko’pinicha  “demokratik”  va  “avtoritar”  nazorat 
qiluvchi  kabilarga ajratiladi.
Bolalarga oil  aviy  ta’sir etishning “demokratik”  shakli  uchun 
quyidagilar  xos:  bolaga  ko’p  narsaga  ruxsat  beriladi,  bola  bilan 
ko’p  kontakt  qilandi,  unga  ishonch  va  hurmat  bilan  munosabatda
- 7 3 -


bo’linadi,  ota-onalar  bo’lar-bo’lmas 
ta ’qiblarini  qo’ymasikka 
harakat  qiladildar,  buning  o'riniga  ular  bolalarga  oiladagi  tartib 
qoidalarini  tushuntirishiga 
intiladilar,  iloji 
boricha  bolarining 
savollariga 
javob 
berishga, 
ularnig 
qiziquvchanliklarini 
qondirishga xarakat qiladilar.
Oilladagi “avtoritar” muxit  bolalarga nisbatan haddan tashqari 
ta’qiqlaming  ko’pligi  bilan  xarakterlanadi.  “Hukmron”  ota-onalar 
boladan 
to ’liq  bo’ysunishini  talab  qiladilar.  Bunday  oilalarda 
bolalarga  xulq-atvor  qoidalarini  tushuntirishga  qaratilgan  muloqot 
kamdan-kam o ’tkaziladi.
Shu narsa  aniqlanganki,  “avtoritar”  va “demokratik”  oilalarda 
tarbiyalanuvchi  bolalaming  shaxsiy  xususiyatlarida  muayyan  farq 
mavjud  bo’Iadi.  “Demokratik”  oilaiaming  farzandlari  ijodkorlikka 
moyil,  tashabbuskor,  liderlikka  intiluvchan,  konformizmni  (gumh 
fikrgia  tobe  bo’lishni)  inkor  etuvchi,  ijtimoiy  munosabatlarida 
ko’proq emotsiyalami his etuvchi bo’ladilar.
Sosiometrik  tajribalardan  m a’lum  bo’lishicha  oiladagi  muhit 
iliq,  ota-ona  va  bola  o ’rtasidagi  munosabatlar  demokratik  asosga 
qurilgan  bo’lsa,  bola  o ’z  tengdoshlarining  orasida jamoada  yuqori 
mavqega,  aksincha,  nosog’lom  oilada  tarbiyalanayotgan  bolalar 
ancha past mavqega ega bo’ladilar.
Shu narsa aniqlanganki, bola qanchalik ko’p mehr-muhabbat ko’rsa, 
shaxs  sifatida  anchagina  sekin  etiladi,  u  passivlikka  va  appatiyaga 
moil  bo’ladilar,  ehtimol,  keyinchalik  ulardan  kuchsiz  xarakter 
shakillanadi.  Oiladagi  psixologik  iqlim,  ya’ni  bolalar  bilan  bo’lgan 
muloqat xarakteri,  ularga mexr-muhabbat bilan,  diqqat-e’tibor bilan 
munosabatda  bo’lishi  o ’sib  kelayotgan  inson  ahloqiy  qiyofasining 
shakillanishida  o ’ta  muhim  rol  o ’ynaydi.  Shuning  uchun  xam 
barkamol  inson  tarbiyasi  avvalo  oiladagi  muxitning  sog’lom 
bo’lishini taqozo qiladi.
Bog’cha  yoshidagi  bolalaming  oila  a’zolariga  bo’lgan 
munosabatlari  o’g’il  va  qiz  bolalarda  farqlanadi.  Masalan,  o ’g ’il 
bolalar  qizlarga  nisbatan  ko’proq  o’z jinsidagi  oila  a’zolari  -   otasi, 
akasi, bobosiga o ’zini yaqin tu ta d i.
Oilaning bola shaxsining  shakllanishi va rivojlanishidagi o ’mi 
beqiyos  ekan,  oila a’zolari  bolaming psixik rivojlanishini taminlash 
uchun  oilada  sog’lom  munosabatlar  muhitini  yaratishlari  lozim, 
tarbiyachilaming eng asosiy yordamchisiga aylanishlari kerak.
-
7 4
-


Bolaning  psixik  rivojlanishida  uning  boshqa  bolalar  bilan 
bo’ladigan  muloqati  muhim  axamiyatga  egadir.  Tengdoshlariga 
bo’lgan  qiziqish  bolada  kattalarga  bo’lgan  qiziqishidan  biroz 
keyinroq  1  yoshning oxirlarida paydo bo’ladi. Biroq u borgan sayin, 
ayniqsa, bog’cha yoshi davrida mustahkamlanib boradi.
4-5  yoshli bola uchun eng og’ir jazo -  bu uni o ’z tengdoshlari 
bilan  muloqotda  bo’lishidan  mahrum  etishdir.  Bolalar  guruhiga 
tushib  qolgan  davrdan  boshlab  bolaning  individual  rivojlanishini 
uning  “bolalar  jamiyati”  a ’zolari  bilan  bo’lgan  munosabatlarini 
hisobga olmay ko’rib chiqish va o’rganish mumkin emas.
YA.L.Kolomenskiy  bog’cha  yoshidagi  bolalar  gurug’ini 
odamlar ijtimoiy birligining ilk pog’onasi, “kurtagi” deb hisoblaydi.
Bolalar o ’z tengdoshlari jamoasiga  intiladilar.  Biroq  har doim 
ham  ular  tengdoshlari  bilan  ijobiy  munosabatlar  o’matishga 
erishavermaydilar. Ba’zi bolalar guruhda ancha faol bo’lib, o ’zlarini 
go’yo  “suvdagi  baliqday”  his  etadilar.  Ayrimlari  anchagina 
noqulaylikni, 
o’zlariga  nisbatan  ishonchsizlikni, 
boshqalarga 
tobelikni  his  etadilar.  Nega  shunday?  Tengdoshlar  bilan  bo’lgan 
ijobiy  munosabatlar  bolada  birdamlik  hissini  kuchaytirib,  uning 
guruhga  qattiq  bog’lanib  qolishiga  sabab  bo’ladi.  Biroq 
ijobiy 
munosabatlari yo’qligi  bolani  tushkinlika solib,  uni xavotirlanuvchi 
yoki  agressiv 
qilib  qo’yishi  mumkin.  Bu  esa  unda  bolalarga, 
umuman,  odamlarga  nisbatan  salbiy  adekvatli  munosabatni 
shakilantirishi, ulami yakkalanuvchanlikka moyil qilib qo’yishi ham 
mumkin.
Bordi-yu,  guruhda bolaga fakat bir odam  simpatiya (yoqtirish, 
ijobiy  munosabatida  bo’lish)  munosabatini  bildirsachi?  Unda  nima 
bo’ladi?  Bunda simpatiya munosabatining bir tomonlama yoki  ikki 
tomonlamaligi  muhim  axamiyatga  ega bo ’ladi.  Agar bu  munosabat 
ikki tomonlama  bo’lsa,  bola kimgadir ijobiy  munosabatida bo’lsa- 
yu,  ijobiy  javob  ololmasa  bola  og’ir  kechinmalarini  kechirishi 
mumkin.  Shuning  uchun  bog’cha  yoshidagi  bolalami  o’zaro 
munosabatlarig  ijobiy  bo’lishi  lozim  .  Bolalar  munosabatlarining 
xarakteri  va  bolalami  guruhidagi  mavqei  nafaqat  uning  shaxsiy 
xususiyatlari  bilan,  ayni  vaqtda  bolalarga  nisbatan  guruxida 
shakilangan  talablar  bilan  baholanadi.  Odatda  ko’pchilik  orasida 
xar  xil  o ’yinlami  o ’ylab  topa  oladigan  “xushchaqchaq,  chiroyli 
rasmlar  chiza  oladigan,  aqliy  jixatidan  yaxshi  rivoj langan,
- 7 5
  -


mashg’ulotlarda  faol  ishtirok  etadigan,  ancha  mustaqil  bo’lgan, 
saramjon-sarishta  bolalar shuhrat qozonadilar.
Ko’p  bolali 
oilalarda 
o ’tkazilgan  tadqiqotlar 
shuni 
ko’rsatadiki,  bola  shaxsining  rivojlanishiga 
aka-ukalari,  opa- 
singilari  ham  kuchli ta ’sir  ko’rsatadi.  Aka-ukalar  va opa-  singilar 
bolaga  eng  yaqin  bo’lgan  mikromuhit  tarkibiga  kirib,  unda 
markaziy  o ’rinni  egallaydi.  Bazi  tadqiqodchilar,  hatto,  shunday 
fikrlardagi,  oila azolarini  soni ko’paygan  sari  bolalarga ota-onanig 
ta’siri  susayib,  aka-ukalar,  opa-singilar  ta’siri  kuchayib  boradi. 
Katta  akalari  va  opalari  davrasida 
bola  o ’zini  emosional 
ximoyalanganday  his  qiladi.  Aka-opalar  esa  o ’zlarini  mehribonlik 
his-tuyg’ularini, 
tashkilotchilik  qobilyatlarini 
namoyon 
etish 
imkoniyatiga  ega  bo’ladilar. 
Ular  o’rtasida 
bola  o ’zining 
tashvishlari,  qiziqishlari  bilan  o ’rtoqlashish  mumkin.  Akalaru, 
opalar esa uning ehtiyojlari, jumladan,  muloqotda bo’lish ehtiyojini 
qondirishlari mumkin.
Demak  bog’cha  yoshdagi  bolalarning  boshqa  bolalar  bilan 
bo’lgan ancha murakkab va xilma-xil munosabat turlari  shakllanadi 
va  ana  shu  munosabatlar  m a’lum 
miqdorda  uning  shaxs 
shakllanishini belgilab beradi.
O ’z  tengdoshlari  bilan  muloqotda  bo’lishiga  qiynalayotgan, 
muloqotda  bo’lish  ehtiyoji  yetarlicha  shakllanmagan  bolalarning 
tengdoshlari bilan bo’lgan munosabatlarini aktivlashtirmaslik lozim. 
Yaxshisi,  dastlab umumiy qiziqishlarga ega bo’lgan  1- 2 ta  sherikni 
torish,  keyinchalik  asta-sekin  muloqot  doirasini  kengaytirib  borish 
maqsadga  muvofiqdir.  Bolalarda  noto’g ’ri  shakllanib  ulgurgan 
muloqot  motivlarini  qaytadan  qurish,  avvalo,  boshqalaming  fikri 
hisoblashishga o’rgatish ancha foydalidir.
Kattalaming  bog’cha  yoshidagi  bola  shaxsi  shakllanishiga 
ko’rsatadigan  ta ’siri  bolaning  boshqa  faoliyat:  rasm  chizish,  turli 
narsalar  yasashi,  applikasiyalar  tayyorlashi,  o ’quv  vazifalarini 
bajarishi  vaqtida  ham  amalga  oshiriladi.  Ushbu  faoliyatlami 
bajarishi davrida bolalarda kattalar va tengdoshlari tomonidan ijobiy 
bahoga  sazovor  bo’ladigan  narsani  yaratishga  yo ’nalganlik  qaror 
topadi,  ijtimoiy  y o’nalganlik  shakllanib  boradi,  bilish  motivlari, 
irodaviy  va boshqa shaxsiy hususiyatlari tarkib topib b o rad i.
-
7 6
-



Download 4,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish