4. Barcha psixik xodisalar taraqqiy etib boruvchi birliklar sifatida
quriladi. Mazkur tamoyil inson va xayvonlar psixikasining
filogenezdagi rivoj lanish uchun xam, inson psixikasining
ontogenezdagi taraqqiyoti uchun xam o ’rinlidir. Taraqqiyot bu -
sifat
o’zgarish,
yangilikning
paydo
bo’lishidir.
Aynan
taraqqiyot davomida kuzatuvchanlik, yorqin xayol, chuqur
fikrlash qobiliyati, murakkab va oliy insoniy xissiyotlar -
vatanparvarlik, burch
xissi, xamdardlik va boshqa insoniy
fazilatlar, shaxs xususiyatlari tarkib topib boradi. Yangi
xususiyatlar insonning amaliy faoliyati va boshqa insonlar bilan
bo’lgan munosabat va muloqati natijasida shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |