Toshkent arxitektura qurilish instituti raximov shavkat turdimurodovich beton va temir-beton texnologiyasi


 Qurilish qorishmalarni tayyorlash uchun materiallar. Qurilish



Download 3,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/101
Sana15.01.2022
Hajmi3,97 Mb.
#366114
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   101
Bog'liq
TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI

2.2. Qurilish qorishmalarni tayyorlash uchun materiallar. Qurilish 
qorishmalari va qurilish qorishmalari uchun qo„shimchalar 
Insonlar  qadimda  dastlab  gildan  foydalanishgan,  biroq  gil  qurigan  vaqtda 
kichrayadi, bu esa ravshanki, yoriqlar hosil bo‗lishiga olib keladi. Bundan qutilish 
maqsadida  qumtuproqdan  foydalana  boshladilar,  mustahkamligini  oshirish  uchun 
esa turli hil tolasimon moddalar qo‗shdilar, eramizdan taxminan 3-4 ming yil avval 
kuydirish  yo‗li  bilan  olinadigan  bog‗lovchi  moddalar  paydo  bo‗ldi.  Ulardan  eng 
birinchisi  gips  edi.  Gips  uncha  yuqori  bo‗lmagan  haroratda,  ya'ni  140-190 
0
S  da 
gips  tarkibli  jinsni  kuydirib  olinadi,  so‗ngra  ohakdan  ham  foydalanila  boshlandi. 
Gips  va  ohakning  bunchalik  erta  ishlatilishiga  tabiatda  gipstosh  va  ohaktoshning 
ko‗p tarqalganligi va ularni qayta ishlash osonligi sabab bo‗ldi.  
Gips  va  ohak  toshlari  kuydirilganda  o‗zgarish  hosil  bo‗lishi  ulardan 
bog‗lovchi moddalar ishlab chiqarishda foydalanish mumkin, degan fikrni yuzaga 
keltirdi.  Rivojlanayotgan  shahar  xo‗jaligiga  va  yo‗l  qurilishiga  suvga  chidamli, 
mustahkamligi  yuqori  bo‗lgan  bog‗lovchi  moddalar  kerak  edi.  Shuning  uchun 
barcha  mamlakatlarda  ohakdan  keng  foydalanildi,  ilmiy  ishlar  esa  tarkibi  ohakli 
xom-ashyoning  sifatini  yaxshilash  va  bu  xom-ashyo  asosida  kurilish  moddalari 
olish texnologiyasini taqomillashtirishga qaratilgan. 
 
Rossiyada,  qadimgi  rus  shaharlari  Kiev,  Novgorod,  Pskov,  Rostov  va 
Moskva  shahar  devorlarini,  ibodatxona  va  minoralarini  qurishda  ohakli  xom-
ashyodan foydalanilgan. Angliyada Disan Smiton tarkibida gil qo‗shimchalari bor 
kuydirilgan ohak mahsulotini tadbiq etdi. 1824-1825 yillarda rus olimi ye. Cheliev 


77 
 
va  ingliz  olimi  Djozef  Aspidin  bir-biridan  bexabar  gil  va  ohaktoshni  kuydirib 
gidravlik  bog‗lovchi  modda  ishlab  chiqarishgan,  lekin  shisha,  farfor,  alebaster, 
sement  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish  haqidagi  ma'lumotlarni  ko‗rib  chiqib, 
sement ishlab chiqarishni ko‗paytirishga alohida ahamiyat berishgan. 
 
 Bir  qator  olimlar  birinchi  bo‗lib  portlandsement  ishlab  chiqarishni  ruscha 
usulini taklif etdilar. 1885 yil Rossiyada sement ishlab chiqarish bo‗yicha birinchi 
yig‗ilish taklif etildi. 1903 yilda birinchi mustaqil jurnal «Sement» ning dastlabki 
soni  nashr  etildi.  Keyingi  yillar  davomida  rus  olimlari  N.M.  Belyaev,  I.P. 
Aleksandrin  va  B.G.  Skramtaev  beton  tayyorlashning  ham  nazariy,  ham  amaliy 
qismiga  juda  ko‗p  yangiliklar  kiritdilar.  Texnologik  jarayonlarni  boshqarishni 
avtomatlashtirish  sohasida  muhim  ishlar  boshlanib  ketdi.  Sementning  turli  hil 
yangi  turlari  paydo  bo‗ldi.  Mineral  bog‗lovchi  moddalar  xaqidagi  fanni 
rivojlantirishni  tashkil  va  tadbiq  etishda  atoqli  olimlardan  Voljenskiy,  Yu.M. 
Bunin,  V.V.  Timashev,  M.M.  Sыchev,
 
  V.D.  Gluxovskiy  hamda  boshqalar  faol 
ishtirok etdilar. Bog‗lovchi moddalar o‗zining tarkibiga ko‗ra ikkita katta guruhga 
bo‗linadi:  anorganik  (ohak,  sement,  gips,  suyuq  shisha  va  boshqalar);  organik 
(bitum,  yelim,  polimer).  Ularni  qizdirib,  suyuqlantirib  yoki  organik  suyuqliklarda   
eritib ishchi holatga keltiriladi. 
 
Mineral yoki anorganik bog‗lovchi moddalar tabiiy moddani kuydirish yo‗li 
bilan olinadi. Kuydirish yo‗li bilan olinadigan bog‗lovchi moddalar toshlarni yoki 
binoning  tarkibiy  qismlarini  bir-biriga  yopishtirish  qobiliyatiga  ega.  Bog‗lovchi  
moddalardan, qurilish konstruksiya va buyumlar tannarxini pasaytiradigan bino va 
qurilishning  og‗irligini  kamaytiradigan  va  ularni  issiqbardoshligini  oshiradigan 
mahsulotlar  ishlab  chiqarish  ko‗zda  tutiladi.  Shuning  uchun  hozirgi  vaqtda  tog‗-
kon sanoatining ikkilamchi  resurslaridan  foydalangan holda bog‗lovchi  moddalar 
ishlab  chiqarish  texnologiyasi  ishlab  chiqilmoqda.  Sement,  ohak,  va  boshqa 
bog‗lovchi  moddalarni  ishlab  chiqaruvchi  korxonalar  yonilg‗i-energetika 
resurslarini  iqtisod  qilish  uchun  elektrni  tejaydigan  texnologiyaga  o‗tmoqdalar. 
Bunga  quruq  usulda  portlandsement  ishlab  chiqarishni  misol  qilib  keltirish 


78 
 
mumkin.  Bu  usulda  boshqa  usulga  nisbatan  energiya  sarfi  1,5-2  marta  iqtisod 
qilinadi.  Sement,  va  boshqa  bog‗lovchi  moddalar  ishlab  chiqarish  usulidan 
ko‗pgina  davlatlar  ham  foydalanadi.  Olimlar  sement  kimyosi  va  texnologiyasi 
sohasida bir qancha muhim ka  shfiyotlar yaratdilar. Xom-ashyoni quyi haroratda 
kuydirish va bu jarayonda kam energiya sarflash, ana shular jumlasidandir. 
 
Respublikamizda 2020 yilga kelib 9 ta yirik sement zavodlari o‗z faoliyatini 
olib  bormoqda  va  yiligi  11  million  tonnadan  ziyod  sement  ishlab  chiqarilmoqda. 
Ishlab  chiqarilgan  sement  davlatimiz  va  halqimiz  ehtiyoji  uchun  ishlatilmoqda 
hamda  qo‗shni  respublikalarga  eksport  qilinmoqda.  Shunga  qaramasdan  ushbu 
sohada  hali  yechimini  topishi  kerak  bo‗lgan  muammo  va  masalalar  mavjud. 
Respublikamiz  olimlari  tomonidan  bog‗lovchi  moddalarning  istiqbolli  turlari  va 
ularni xossalarini yaxshilash bo‗yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.      
 
Qurilish qorishmalari va qurilish qorishmalari uchun qo„shimchalar 
 
Qorishmalar  v  quruq  qurilish  qorishmalar  ishlab  chiqarishda  bog‗lovchi 
moddalar, to‗ldiruvchilardantashqari qo‗shimcha moddalar ham keng qo‗llaniladi, 
ular  qo‗shimchalar  deyiladi.  Ishlab  –  chiqarish  bosqichlarida  qo‗shimchalar 
sarflanuvchi  energiya  miqdorini  kamaytiradi,  qimmatbaho  komponentlar  sarfini, 
material  xajmini  kamaytiradi,  material  xususiyatini  yaxshilaydi,  struktura  xosil 
bo‗lishi    va  qotish  jarayonlarini  tezlatadi  yoki  sekinlashtiradi.  Materiallar 
ekspluatatsiyasi  davrida  avvalo  qo‗shilgan  qo‗shimchalar  material  struktrasini 
mustaxkamlaydi, uning hayt davrini oshiradi. 
Superplastifikator  “Poliplast R” 
Maxsulot tasnifi. 
 
Superplastifikator  ―Poliplast  R‖  ni  tarkibi  metalril  kislotasini  xosilalari  va 
naftalin kislotasini asosidagi aralashmadan iborat. 
 
Qo„llanish sohasi.   
-  toshli  maydasonli    buyumlardan    binolarni    konstruksiyalarini    ko‗tarishda 
yirik  blokli    va  yirik    panelli    binolar  va  inshootlarni    qurishda    qo‗llaniladigan  
qurilish  qorishmalarini  ishlab chiqarishda; 


79 
 
- suvoq qorishmalarini  ishlab chiqarishda; 
-  pardozlash    plitkalarini    maxkamlash  uchun    truba    o‗tkazuvchilar    bo‗yicha  
o‗tadigan maxsus  qorishmalar uchun.  
 
Qo„llanish samaradorligi: 
-  qorishmani  xarakatchanligini  P1  dan  P4  ga  chan  ko‗paytiradi 
(mustaxkamligini qotishni pasaytirmasdan);  
 
-  suv  bilan  biriktirilganda  suv  talabchanligini  20-25%  pasaytiradi  (teng 
xarakatchan qorishmalarda); 
 
-  qurilish  qorishmasini    suv  ajralishini    va  qatlamsizlanishini    pasaytiradi  
shu bilan birgalikda  vaqt davomida  xarakatchanligini  saqlanishini ta'minlaydi.   
 
Qurilish qorishmalarni yakuniy mustaxkamlik xarakteristikalarni 15- 20% ga 
oshiradi  (teng  xarakatchan  qorishmalar).  Surtish  yuzasiga  qurilish  qorishmasini 
yopishqoqlik  qobilyatini oshiradi. Qorishmada  xavoni  miqdorini oshiradi. Qotgan 
qorishmani 
yuzasida 
tuzlarni 
xosil 
bo‗lishiga 
yordam 
bermaydi.
 
Qo‗shimchani  tavsiya  etiladigan  miqdori  quruq  mahsulotga  xisoblanganda 
bog‗lovchi massasidan 0,3-0,6 ni tashkil qiladi (2.4-jadval). 
 

Download 3,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish