Simsiz shaxsiy tarmoqlar
uzatishning katta bo‘lmagan masofasi bilan (17 metrgacha) ajralib
turadi va katta bo‘lmagan binoda ishlatiladi. Bunday tarmoqlarning xarakteristikalari o‘rtacha bo‘lib,
uzatish tezligi odatda 2Mb/s dan oshmaydi.
Bunday tarmoq, masalan, foydalanuvchi PDA sida va uning shaxsiy kompyuterida yoki
noutbukida a’lumotlarni simsiz sinxronlashni ta’minlashi mumkin. Xuddi shu tariqa printer bilan
simsiz ulanish ta’minlanadi. Kompyuterni tashqi qurilmalar bilan ulovchi simlar chi-galliklarining
yo‘qolishi yetarlicha jiddiy afzallik bo‘lib, buning evazi-ga tashqi qurilmalarning boshlang‘ich
o‘rnatilishi va keyingi, zaruriyattug‘ilganda, joyining o‘zgartirilishi anchagina osonlashadi
Do'stlaringiz bilan baham: |