Dasturiy ta’minot asosidagi VPN.
Dasturiy usul bo‘yicha amalga oshirilgan VPN mahsulotlar unumdorlik nuqtai nazaridan
ixtisoslashtirilgan qurilmadan qolishsada, VPN-tarmoqlarni amalga oshirilishida yetarli quvvatga
ega. Ta’kidlash lozimki, masofadan foydalanishda zaruriy o‘tkazish polosasiga talablar katta emas.
Shu sababli, dasturiy mahsulotlarning o‘zi masofadan foydalanish uchun yetarli unumdorlikni
ta’minlaydi. Dasturiy mahsulotlarning shubhasiz afzalligi—qo‘llanilishining moslanuvchanligi va
qulayligi, hamda narxining nisbatan yuqori emasligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |