Bo’sh vaqtning ko’payishi, o’z navbatida, aholi farovonligiga ta’sir etadi. Bu jihatlarni
mahsulot hajmi orqali ifodalab bo’lmaydi. Shuning uchun ham iqtisodchilar ana shu tomonlarni
ham hisobga olish yo’llarini topishga urinmoqda.
Kapital omididan foydalanish samarasini ko’rsatishda kapital unumdorligi yoki unga
teskari ko’rsatkich kapital sig’imidan foydalaniladi.
Kapital unumdorligi mahsulot hajmini sarflangan kapitalga (odatda asosiy kapital) Y/K
nisbati, kapital sig’imi esa aksincha kapital hajmini ishlab chiqarilgan mahsulot hajmiga nisbati
K/Y tarzida hisoblanadi.
Omillardan foydalanishning holatini ko’rsatadigan muhim ko’rsatkichlardan biri tabiiy
resurslar er, energiya, material va boshqalarning unumdorligi yoki aksincha resurslar sig’imidir.
Resurslar unumdorligi mahsulot hajmini resurslar hajmiga nisbati Y/N yoki aksincha
resurs sig’imi resurslar hajmini mahsulot hajmiga N/Y nisbati tarzida hisoblanadi.
Er unumdorligi odatda qishloq xo’jaligida hisoblanadi. U olingan mahsulotni er
maydoniga nisbati tarzida Y/N hisoblanadi. Bu ko’rsatkich erdan naqadar samarali
foydalanilayotganini ko’rsatadi.
Undan tashqari mahsulot ishlab chiqarish jarayonida omillarning bir-biriga nisbati tarzida
ham ko’rish mumkin. Bunday ko’rsatkichlardan avvalo kapital xarajatlari bilan mehnat
xarajatlari o’rtasidagi nisbat (K/L) ya’ni mehnatni kapital bilan qurollanish darajasi va
boshqalarni ko’rsatish mumkin.
Barcha omillarni ishlatish tufaydi qilingan umumiy xarajatlar evaziga yaratilgan
mahsulotning absolyut miqdori
umumiy mahsulot
bo’ladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, hozirgi zamonda texnika ayniqsa axborot industrial
texnologisi iqtisodiy o’sishning, ishlab chiqarishni samarasini o’sishining dvigateli hisoblanadi.
Texnika taraqqiyoti o’z ichiga faqat texnika va ishlab chiqarish usullarinigina emas, balki ishlab
chiqarishni tashkil etish va boshqarishning yangi shakllarini ham oladi.
O’z navbatida ishlab chiqarish uchun resurslar va ishlab chiqarish omillarining yangi
nisbatlarini, udarning yangi-yangi kombinatsiyalarini shakllantirishga imkoniyat yaratishni ham
o’z ichiga oladi.
Mamlakatimizda hozirgi erishilgan darajani hisobga olgan holda kelajakda ishlab
chiqarish samaradorligini oshirishga axborot industrial texnologiyasini vujudga keltirish,
mahsulot hajmini ko’vaytirish mezonlari asosida uning tarkibini talabga moslashtirish, iste’mol
mollari va xizmatlarning ulushini ko’paytirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va
sanoatlashtirish asosida amalga oshirish orqali erishish mumkin.
Jamiyat miqyosida iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichidan tashqari sotsial samaradorlik
ko’rsatkichi ham mavjud. U jamiyat a’zolarining kayfiyati, yashash tarzi, turmush darajasining
o’zgarishi, sotsial barqarorlik kabi ko’rsatkichlarda ifodalanadi. Qilingan xarajatlarning iqtisodiy
jihatdan samarasi past bo’lishi mumkin, dekin sotsial jihatdan bu xarajatlar zarur va o’zini
oqlaydi. Ayrim sohalar foyda keltirmaydi yoki zarar olib kelishi mumkin, lekin ular jamiyat
uchun zarur. Masalan, aholini normal yashashini ta’minlaydi yoki ish bilan ta’minlashda katta
ahamiyatga ega.
Shuning uchun jamiyat miqyosida samaradorlik haqida gapirar ekanmiz, iqtisodiy
samaradorlik Bilan birga sotsial samaradorlikka ham ahamiyat berishimiz kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: