Monopollashtirish faktini aniqlash maqsadida matematik uslublardan foydalanib, E.
Chemberlin, J. Robinson, V. Pareto va boshqa iqtisodchilarning nazariy kontseptsiyalaridan
kelib chiqib, monopolistik cheklashlarni oldi olinadi. Masalan, Adliya vazirligi tomonidan
belgilangan qarorlarni ijro etuvchi idoralar faqat jazolash emas, profilaktika
ishlarini ham olib
boradi. Antitrest qonuni kompaniyalarni qo’shilishi, bir-birini yutishi, kattalari kichiklarini
domiga tortishi bo’yicha tuziladigan bitimlarni qaysi birlarini monopoliyaga kiritishni
ko’rsatuvchi qo’llanma nashr qilinadi. Monopoliya mezonlari bo’yicha mahsulotning 33% i bir
korxona uchun, 50% i ikkita korxona, 66,6% i beshtagacha korxona tashkil qilish uchun
mo’ljallangan. Antitrest qonunlari yirik korporatsiyalarga qarshi qaratilgan emas,
chunki uning
kattaligi hali monopoliya degani emas. Antimonopol tartibga solish samarali raqobatni
amaliyotda qo’llab-quvvatlashni ko’zda tutadi.
Tartibga solish 4 yo’nalishda olib boriladi:
1.Bozorni monopollashtirish cheklanadi. Bunda monopollashtirish ishlab chiqarishni
yiriklashtirish emas, savdoni jiddiy cheklash nuqtai nazaridan qaraladi. Bozorda 60 va undan
ortiq ulushga ega bo’lsa, monopollashgan deb hisoblanadi. Shtatlar o’rtasida chet el bilan
qilinadigan savdoni cheklash noqonuniy hisoblanadi.
2.Raqobatchi kompaniyalarning qo’shilishi, birlashuvi taqiqlanadi. Kleyton qonunida
shunday birlashuv monopollashtirishni kuchaytirish deb qaraladi. Shu asosda bir qancha
monopolistik birlashmalar bekor qilingan. Lekin Kleyton qonuni bilan iqtisoddagi markazlashuv
jarayoni to’xtatilgani yo’q. AQSh da har yili 2 minggacha firmalar birlashuvi yuz beradi.
Ularning kam qismini davlat nazorat qiladi.
3.Monopol narxlarni belgilash taqiqlanadi. Buni 1914 yilda tashkil
etilgan Federal savdo
komissiyasi nazorat qiladi.
4.Raqobatni tsivilizatsiyalashgan holda olib borilishini qo’llab-quvvatlash. Bunday
huquqiy tadbirlarni qo’llash zarurligi g’irrom raqobat usullaridan foydalanishni kuchaytirishdan
kelib chiqdi. Bunga raqiblarning mahsulotlariga o’xshatib qalbaki mahsulotlar tayyorlash, obro’li
tovar va firma belgilarining nusxasini tayyorlab iste’molchilarni aldash, raqiblarni sirlarini
xoinlik bilan qo’lga kiritish va boshqa shunga o’xshashlar kiradi.
Ayrim raqiblar esa jinoiy ishlardan ham qaytmaydilar. Bunga o’t qo’yish, terrorchilik
qilish, raqibni jismonan yo’q qilish va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
AQSh antimonopol qonunida raqibni engish uchun raqobatda g’irromlik qilish, aldash
yo’llari bilan ish olib borish qonunga xilof ekanligi ko’rsatilgan. Bunda raqibni engish uchun
narxlarni pasaytirish (demping narxlarni qo’llash), oziq-ovqat tovarlariga, dori, xushro’ylik,
tibbiyot uskunalariga qalbaki reklamani noqonuniy deb ko’rsatilgan.
o’arbda antimonopol qonunchilik ikki maqsadni ko’zlaydi.
Birinchidan, bozorni
monopollashuvini cheklash, ikkinchidan, raqobatni himoya qilib, madaniy
— tsivilizatsiyalashgan qonun-qoidalar asosida ish olib borishni yo’lga qo’yish. Bu XX asrda,
ayniqsa uning ikkinchi yarmida bozor tubdan o’zgargan sharoitda, undagi asosiy raqiblar mayda
tovar ishlab chiqaruvchilar emas, balki yirik monopoliyalar
bozorni egallagan sharoitda, ayniqsa
zarur bo’lib qoldi.
Bozordagi vaziyat tez o’zgarib turadi. Uni hisobga olish qiyin, shu boisdan antimonopol
qonunlar o’zining noaniqligi bilan ajralib turadi. Raqobatni cheklash borasida aniq ahvol
shundayki, bu qonunlarni keng talqin qilishga to’g’ri keladi. Bu, ayniqsa, antitrest, antikartel
qonunlariga taalluqlidir. Bu erda qonun va davlat qarorlarining talabi ularni taqiqlab qo’yishdan
boshlab, to ma’lum muddatga (bir yilgacha) ularga ruxsat berishgacha bo’lgan talabni o’z ichiga
oladi. Antimonopol qonunlarning roli ularning o’zlarida emas, balki
ularni amalga oshirishga
qodir bo’lgan maxsus ma’muriyatning ishchanligidadir, chunki u korxonalar tarkibi va
aktsiyalarni taqsimlash masalalariga aralashadi va ba’zi hollarda bajarilishi majburiy bo’lmagan
tavsiyalar beradi.
Evropa Ittifoqi to’plagan tajriba ham katta ahamiyatga ega. 1957 yil Evropa Iqtisodiy
Uyushmasi tashkil topdi. Rim shartnomasida uyushmaning barcha hududida to’g’ridan-to’g’ri
yoki egri (boshqacha) yo’llar bilan monopol narxlar o’rnatish, ishlab chiqarish, sotish,
texnologik rivojlanishni cheklash, sheriklarni kamsitish yoki qo’shimcha shartlar qo’yish
noqonuniyligi belgilangan.
Erkin raqobat qonunlari nazoratini Evropa uyushmasi komissiyasi olib boradi. Bu ijro
etuvchi idora jarima solish, bitimni qonuniy bekor qilish huquqiga ega. Xar yili komissiya 25—
30 hodisani aniqlaydi.
Evropa hamkorligi hujjatlarida kichik va o’rta korxonalarni — sog’lom
raqobatlashuvchilar, yangilikka intiluvchilar sifatida ularga g’amxo’rlik qilish ta’kidlangan.
Yaponiyada ikkinchi jahon urushidan keyin antimonopol
qonunlarni amal qilishini
nazorat qiluvchi adolatli bitimlar qo’mitasi tuzilgan bo’lib, u keng vakolatga va mustaqillikka
ega. Bu qo’-mita tomonidan qayd qilingan va sud tomonidan tasdiqlangan qonunbuzarchilik
qattiq jazolanadi, bundan qonunbuzar korporatsiyalar katta ziyon ko’rishi mumkin.
Davlatning antimonopol siyosati har bir mamlakatda o’ziga xos xususiyatga ega, lekin
umumiy tarzda
Do'stlaringiz bilan baham: