Tabiiy monopoliyalar.
Bular ishlab chiqarishdagi ob’ektiv texnologik jarayonlarning
xususiyatlaridan kelib chiqib, hamda kamyob, erkin tarzda takror ishlab chiqarib bo’lmaydigan
(masalan, metallar, er uchastkalari) resurslarga ega bo’lgan mulkdorlar va xo’jalik yurituvchi
korxona infrastrukturaning jamiyat uchun alohida strategik ahamiyatga ega tarmoqlari kiradi.
Masalan, temir yo’l transporti, energetika, harbiy-sanoat kompleksi va hokazolar. Tabiiy
monopoliyalar ko’pincha ishlab chiqarishning katta miqyosi bilan iqtisodiy afzallikka, yutuqqa
ega bo’lishlari bilan o’zini oqlaydi. Bunda tovarlar eng kam xarajat qilib ishlab chiqarilishi bilan
xarakterlanadi. Boshqa shu turdagi faoliyat ko’rsatadigan ko’pgina firmalar bo’lganda bunday
natijaga erishib bo’lmasdi. Odatda, jamiyat a’zolarining manfaatini himoya qilish maqsadida
tabiiy monopoliyalarga davlat egalik qiladi yoki tartibga solib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |