Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlari
2022-2023-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi
Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari
2021-yil 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar kuniga ikki smenada o‘tkaziladi.
Nomzod o‘zi tanlagan hududda tashkil etiladigan test sinovlarida ishtirok
etish, test sinovlarini o‘zbek, rus, qoraqalpoq tilida
topshirish huquqiga ega va
bularni ro‘yxatdan o‘tishi davomida qayd etadi.
Test sinovlarini o‘tkazishning aniq sanasi va joyi nomzodlarni ro‘yxatga olish
yakunlangandan so‘ng Davlat test markazi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati
bilan kelishilgan holda e’lon qilinadi.
Test sinovlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq), matematika, O‘zbekiston
tarixi va chet tili (nomzod tomonidan ro‘yxatdan o‘tish vaqtida tanlanadi) fanlaridan
o‘tkaziladi.
Bunda nomzodlarga jami 90 ta test topshirig‘i va ularni ishlash uchun javoblar
varaqasini to‘ldirish bilan birga 3 soat (har 30 ta test topshirig‘iga 1 soat) vaqt
ajratiladi.
Chet tili bo‘yicha B2 va undan yuqori darajadagi milliy va xalqaro sertifikatga
ega nomzodlar chet tili bo‘yicha imtihondan ozod qilinadi va ularga shu fan
doirasida olish mumkin bo‘lgan maksimal ball beriladi. Test sinovi vaqtida esa 60 ta
test topshirig‘i uchun 2 soat vaqt ajratiladi.
Test sinovida to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 249 ball bo‘lib, test
sinovlari o‘tkaziladigan fanlar bo‘yicha quyidagicha taqsimlanadi:
−
ona tili – 15 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 2,1 balldan (jami
31,5 ball);
−
matematika – 15 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 2,1 balldan
(jami 31,5 ball);
−
O‘zbekiston tarixi – 30 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun
3,1 balldan (jami 93 ball);
−
chet tili – 30 ta test topshirig‘i, har bir tog‘ri javob uchun 3,1 balldan (jami
93 ball).
Bunda nomzodlarga ona tili va matematika fanlaridan 1-qiyinlik darajasidagi,
O‘zbekiston tarixi va chet tili fanlaridan esa 1-2-3-qiyinlik darajalaridagi test
topshiriqlari beriladi.
Davlat test markazi tomonidan beriladigan umumta’lim fanini bilish darajasi
to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan nomzodlarga test sinovlarida sertifikatdagi
o‘zlashtirish foiziga mos ravishda ushbu umumta’lim fanidan belgilangan maksimal
ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi hamda ular ushbu
fandan test sinovi topshirmaydi.