Suyuq birikmalarni tozalash va ajratib olish
Organik sintezda suyuq organik moddalarni tozalash va ajratib olishda
haydash usuli ko’p qo’llaniladi. Bu usulda moddalar qaynatilib, bug’ holiga
keltiriladi, so’ngra bug’lar sovitgich orqali o’tkazilib suyuqlikka aylantiriladi
(kondenslanadi). Sharoitga qarab uch xil haydash usulidan foydalanish mumkin:
1) atmosfera bosimida haydash; 2) vakuumda (yoki kichik bosim ostida)
haydash; 3) suv bug’i bilan haydash.
Qaynash harorati bir-biridan ancha farq qiladigan suyuqliklarni toza holda
ajratish uchun oddiy (ya`ni atmosfera bosimi ostida) haydash usulidan
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |