OILA GENDER MUNOSABATLARI
ELEMENTI SIFATIDA
Jamiyat rivojlanishining asosiy ko’rinishlaridan
biri har ikki jins vakillari o’rtasida teng
huquqlar, teng imkoniyatlar tizimining
mavjudligidir. Agar qaysidir jamiyatda gender
tenglik ta’minlanmas ekan u jamiyatda
rivojlanish bo’lmaydi, sabasi ayol va erkak
huquqlari buzilar ekan o’sha jamiyatning
ijtimoiy hayotida tengsizlik yuzaga keladi,
mehnat unumdorligi pasayadi, iqtisodiy o’sish
sekinlashadi, farzandlar nosog’lom tug’iladi,
qashshoqlik darajasi ortib boradi.
Afsuski, jamiyatimizda ayollar va erkaklar
huquqlari tengligi har doim ham bir xilda
namoyon bo’lavermaydi, sababi erkaklarning
ayol kishini ojiza deb bilishi ba’zi oilalarda tarb
iya orqali an’ana sifatida singdirilgan. Bejizga
aytishmaydi ”Qush uyasida ko’rganini qiladi”
deb. Oilalarda gender tenglikni ta’minlashda
katta avlodning o’rni juda muhim.
Shu sababdan ham oila ijtimoiy institut sifatida
gender tenglik masalalari ham birinchi navbatda
oilada er-xotin o’rtasidagi munosabatlarda
shakllanadi. Nega endi aynan oilalarda va
ularning muhitida erkak va ayolning tenglik
masalalarini o’rganish davlat siyosati darajasida
o’rganilmoqda? Sababi, aynan oila omili turli
ijtimoiy
maqomlarni
egallaydigan
jamoa
sifatida shaxs tarbiyasi, avlodlar vorisiyligi
bilan insonga butun umri davomida ta’sir
etuvchi, mavjud bo’lishiga ko’ra toifalanuvchi
fuqarolik jamiyati institutlaridan biridir.
O’z davrida jadid bobokalonlarimizdan A.Fitrat
”Har bir millatning saodati va izzati, albatta shu
xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog’liq
Tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining
intizomiga tayanadi. Qayerda oila munosabati
kuchli intizom va tarbiyaga tayansa, mamlakat
va millat ham kuchli va tartibli bo’ladi” deb
ta’kidlagan. Demak, oilalar kichik ijtimoiy
institut sifatida faoliyat olib borishi bilan
individual
qobiliyatlarni,
shaxsiy,
kasbiy
qiziqishlarni, ta’limiy, tarbiyaviy, axloqiy
me’yorlarni, erkak va ayol ‘rtasidagi tenglik
masalalarini shakllantiradi.
Biz bilamizki, qadimdan er o’z oilasini boqishi,
pul topib kelishi, uy ro’zg’orini but qilishi,
moddiy tomondan ta’minlanishi, ayol esa uy
yumushlarini bajarish, ovqat qilish, bola
tarbiyasi bilan shug’ullanishi lozim bo’lib
kelgan.
Vitogen (hayotiy) ta’lim - bu insonning
ma’lum bir hayot bosqichida shakllangan,
shaxsiy munosabatlarni aks ettiruvchi bilimlar,
xis-tuyg’ular
harakatlar
majmuidir.
Shaxsning hayotiy tajribasi uning intellektual-
psixoligik
va
pedagogiksalohiyatini
dolzarblashtirish va zaruruyatga aylantirishga
yo’naltirilgan ta’lim hisoblanib, ikki xil
hayotiy tajribaga asoslanadi. Birinchi hayotiy
tajriba-insonuchun
yetarli
qiymatga
ega
bo’lmagan hayoti va faoliyatining ayrim
jihatlarini ifodalasa; ikkinchi hayotiy tajribada
esa insonga qadrli bo’lgan uzoq muddat
xotirasida saqlangan va tegishli vaziyatlarda
yangilanishga tayyor bo’lgan faoliyatdir. Bu
tajriba
zamonaviy
pedagogikada
Do'stlaringiz bilan baham: |