1.2. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning xorij tajribasi
Bugungi kunda kichik biznesning jahon mamlakatlari iqtisodiyotidagi
ahamiyati tobora oshib bormoqda. Agar bizning respublikamizda bu sohaga
bo‘lgan e‘tibor asosan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish
vazifalariga bog‘liq holda keng avj olgan bo‘lsa, jahonning boshqa mamlakatlarida
kichik biznesning ustuvor ahamiyatlarini tan olish hamda ularni rivojlantirish
16
uchun chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish ancha ilgari boshlangan edi.
Kichik va xususiy tadbirkorlikning bunday ustuvor darajadagi mavqeni
egallashi va ayni paytda davlatning tarkibiy-iqtisodiy siyosatida ustivor bo‘g‘in
sifatida baholanishi deyarli barcha mamlakatlar uchun xos bo‘lgan umumiylik
belgilardan biridir.
Buni ko‘plab rivojlangan mamlakatlar amaliyotida kuzatish mumkin,
chunonchi, AQSHda 1953 yildayoq Kongress tomonidan kichik biznes
ma‘muriyati tuzilgan bo‘lsa, Yaponiyada kichik biznesni rivojlantirish
umumdavlat dasturini amalga oshiruvchi davlat milliy markazlari tarmog‘i
tashkillangan bo‘lib, bunday markazlar ilk bor o‘tgan asrning 40-yillari oxirlarida
vujudga kelgan edi. Bu markazlar faoliyati hukumat qoshidagi kichik va o‘rta
korxonalar boshqarmasi tomonidan tartibga solinib turiladi. AQSHda 1953 yili
«Kichik biznes to‘g‘risida» Qonun qabul qilinib, unda: «Mamlakatning xavfsizligi
va farovonligi kichik biznesning mavjud va salohiyatli imkoniyatlarini
rivojlantirish va rag‘batlantirishsiz taminlanishi mumkin emas» - deb ta‘kidlangan
edi
5
.
Kichik biznesni rivojlantirishga qaratilgan milliy siyosatlar tizimida Janubiy
Koreya amaliyoti alohida e‘tiborga molik. Bu mamlakatda bir tomondan kichik
biznesni rivojlantirish bo‘yicha qator davlat institutlari shakllantirilgan, ikkinchi
tomondan, kichik biznesni rag‘batlantirish tizimi shunday takomillikka egaki,
bunda kichik biznes sub‘ektlari o‘zlarida bozor sharoiti, raqobat muhiti uchun
moslashish, ―immunitet‖ni shakllantira olmog‘i shart hisoblanadi.
Shunga ko‘ra zamonaviy jahon xo‘jaligida kichik biznes mamlakatlar
iqtisodiyotining eng dinamik rivojlanuvchi bo‘g‘inlaridir. Tashkiliy tuzilmalar
orasida kichik biznes sub‘ektlarining texnik ta‘minoti shiddat bilan rivojlanib,
ularning yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorliklari tobora takomillashib
bormoqda. Bunga mos ravishda ularning innovatsion imkoniyatlari ham kengayib,
rivojlanmoqda. Pirovardda, ko‘pchilik o‘tish davri iqtisodiyoti mamlakatlari uchun
kutilgan natija namoyon bo‘ldi, bugungi kunda kichik biznes aholining o‘z ijtimoiy
5
Зяблюк Н.Г. Государство и малый бизнес США. Социально-политический аспект. М.: Наука, 1987. 26-ст.
17
talablarini qondirishida yetakchi o‘rin tutmoqda. Jumladan, Markaziy va SHarqiy
Yevropa hamda MDH mamlakatlari uchun kichik va xususiy tadbirkorlikni tashkil
etish – bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida asosiy hal qiluvchi element
hisoblanadi. Ushbu mamlakatlarda kichik biznes rejali iqtisodiyot sharoitida ustun
mavqeni egallagan yirik sanoat ishlab chiqarish majmualarining tanazzuli bilan
yuzaga keldi va shu jihatdan ham kichik biznes – o‘tish davrining ―sinonim‖i
sifatida tavsiflandi. Bunga yaqqol misol qilib, 1989-1994 yillarda birgina
Bolgariyaning o‘zida kichik biznes sub‘ektlari soni 23000 dan 360000 taga yoki
15,7 martaga oshganligini ko‘rsatish mumkin. Bu holat Chexiyada yanada yuqori
darajaga ega, ya‘ni, 1995 yilga kelib, mazkur mamlakatda kichik biznes mavjud
xo‘jalik sub‘ektlarining 95 foizi, ayni paytda ijtimoiy mehnatda bandlarning 1/3
qismini o‘zida mujassam etgan.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning
ahamiyati haqida mulohaza yuritar ekanmiz, bu borada 2000 yilning 15 iyunida
Italiyaning Boloniya shahrida 46 mamlakat ishtirokida o‘tkazilgan konferentsiyada
qabul qilingan ―Kichik va o‘rta tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash siyosati bo‘yicha
Boloniya xartiyasi‖
6
da konferentsiya ishtirokchilari tomonidan kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikning bir qator ahamiyatli jihatlari e‘tirof etilganligini ta‘kidlab
o‘tish joiz. Ushbu Xartiyada kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijtimoiy
hayotdagi eng muhim qirralari sifatida, uning yangi ish o‘rinlarini yaratish,
mintaqaviy va mahalliy xo‘jaliklar rivojlanishida yetakchi mavqega egaligi,
ijtimoiy hamjihatlikni ta‘minlash, tarkibiy iqtisodiy o‘zgarishlarni boshdan
kechirayotgan mamlakatlarda iqtisodiy muammolar keskinligini yumshatish hamda
aholi qo‘shimcha daromadlari manbai sifatida kambag‘allik darajasini pasaytirish
kabilarga alohida urg‘u beriladi.
Umuman, ko‘pchilik xorij mamlakatlari iqtisodiyotida kichik biznesning
o‘rni va hissasi juda salmoqlidir. Bu birinchi navbatda kichik korxonalar soni,
unda band bo‘lgan xodimlar soni hamda ular tomonidan ishlab chiqarilgan
mahsulot hajmining hissasi bilan aniqlandi.
6
Российское обозрение малых и средних предприятий 2001. – М., 2002. Copyright by European Commission.
Манбаа: Ресурсный центр малого предпринимательства
http://www.lib.rcsme.ru
18
Frantsiyada mayda hamda kichik biznes korxonalari bir-biridan tafovutlanib,
mayda biznes hissasiga barcha korxonalarning 90,3 foiz va ish bilan band
xodimlarning 20 foiz, kichik biznes hissasiga esa barcha ish bilan band
xodimlarning 47,9 foiz to‘g‘ri keladi. Sanoatda yangi korxonalarning 97 foiz
kichik biznesga to‘g‘ri keladi. Kichik biznesning roli qurilishda, savdoda,
mehmonxona xo‘jaligi va umumiy ovqatlanishda, shuningdek, xizmat ko‘rsatish
sohasida ayniqsa yuqoridir. Kichik biznesning ro‘yxatdagi har ikkinchi xodimi
savdoda ishlaydi. Injener-qurilish ishlari sohasida kichik biznes hissasiga tovar
aylanmasining yarmi to‘g‘ri keladi. Gollandiyada kichik korxonalar sohasi barcha
xususiy korxonalarning 98,5 foizini qamrab oladi, bundan 90 foizi kichik
korxonalar sirasiga kiradi. Kichik korxonalarda xususiy sektorda band
bo‘lganlarning yarmidan ko‘prog‘i ishlaydi. Hizmat ko‘rsatish sohasidagi
bandlikning nisbatan yuqori darajasi bo‘yicha Niderlandiya Yevropa Ittifoqi
mamlakatlari orasida yetakchi o‘rinni tutadi.
AQSHda keyingi yillarda kichik korxonalar (sotishdan tushgan mablag‘
miqdori 19 ming dollargacha bo‘lgan korxonalar) soni ikki baravar ko‘paydi va 10
mln.ga yetdi, barcha korxonalarning 95 foizi kichik korxonalardir. Kichik biznes
yalpi milliy mahsulot o‘sishining yarmini tashkil etadi. Agar 80-yillarda 50 ta yirik
korporatsiya 3,5 mln. ish o‘rnini qisqartirgan bo‘lsa, kichik biznes sohasida 20
mln. yangi ish o‘rni tashkil etilgan edi. 1988-1990 yillarda yangi ish joylarining
o‘sishi to‘lasicha kichik korxonalar xissasiga to‘g‘ri keldi. Bir qator ekspertlarning
fikricha, kichik firmalar ish faolligining pasayishi mamlakatda iqtisodiy inqirozni
keltirib chiqarishi mumkin
7
.
Buyuk Britaniyadagi firmalarning deyarli 96 foizi kichik biznes sohasiga
taalluqli hisoblanadi. Ularga barcha ishchi kuchining 25 foizi hamda yalpi ijtimoiy
mahsulotning tahminan 20 foizi to‘g‘ri keladi.
Germaniyada 2 milliondan ortiq kichik biznes korxonalari faoliyat ko‘rsatib,
ularda iqtisodiy jihatdan faol aholining qariyib 75 foizi mashg‘uldir. Bu korxonalar
mamlakatda ishlab chiqarilayotgan yalpi milliy mahsulotning 50 foizini yetkazib
7
Абатуров В. Малый и средний бизнес в Корее. // Частная собственность. №24 (212), 1999. 8-ст.
19
bermoqda.
Umuman olganda, kichik sanoat korxonalari xalqaro federatsiyasining
hisob-kitoblariga
ko‘ra kichik korxonalar hissasiga ishlab chiqarilgan
mahsulotlarning tahminan 50 foizi, kapital qo‘yilmalarning esa 30 foizidan
ko‘prog‘i to‘g‘ri keladi. Kichik biznes hisobiga AQSH, Germaniya, Angliya,
Italiya, Yaponiya kabi mamlakatlarda ish o‘rinlarining 2/3 qismi yaratiladi.
Quyida keltirilgan 1-jadvaldan ko‘rish mumkinki, odatda, barcha ish bilan
band bo‘lganlarning yarmidan ko‘prog‘i mayda va kichik korxonalarda ishlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |