«Himoyaga ruxsat etildi» Tabiiy fanlar fakulteti dekani


-rasm  Namangan biloyati mehnat resurslarining bandlik tarkibi



Download 0,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/32
Sana14.01.2022
Hajmi0,73 Mb.
#363865
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
Bog'liq
«Himoyaga ruxsat etildi» Tabiiy fanlar fakulteti dekani

1-rasm 

Namangan biloyati mehnat resurslarining bandlik tarkibi  

 

2016 



2017 

 

 



 

   


nodavlat 

davlat 


 

Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari 

 

Ish  o‘rinlari yaratilishining hududiy tarkibida, Kosonsoy, Pop, To‘raqo‘g‘on 



tumanlari  ham  alohida  ajralib  turibdi.  Mazkur  tumanlarda  kichik  korxonalar  va 

xususiy  firmalarni  tashkil  etish  va  yuridik  shaxs  maqomiga  ega  bo‘lmagan 

tadbirkorlikni  rivojlantirish  hisobiga  katta  ish  o‘rinlari  yaratilgan.  SHuningdek, 



43 

 

aholi  sonining  o‘sishi  mehnat  resurslari  sonini  o‘sishiga  proportsional  ravishda 



ta‘sir ko‘rsatadi. Bu esa qishloq joylarida mehnatda  

bandlik  darajasiga  salbiy 

ta‘sir ko‘rsatadi. 

Viloyat  shaharlari  asosan  sanoat  ishlab  chiqarishning  rivojlanishi  natijasida 

shakllanganligi  (Namangan,  Kosonsoy,  Uchqo‘rg‘on,  CHust,  To‘rag‘o‘rg‘on 

shaharlari)  bilan  va  sanoat  tugunlarini  asosan  shu  hududlarda  to‘planib  qolganligi 

hamda  qishloq  mehnat  resurslarining  shahar  tomon  mayatniksimon  harakati  bilan 

xarakterlanadi. 

Qishloqlarda  ishsizlikning  yuqoriligiga  asosiy  sabablar  quyidagilardir: 

mehnat  haqqining  pastligi,  shtatlarning  qisqartirilishi,  malaka  darajasining  ish 

joylari  talabiga  to‘g‘ri  kelmasligi  va  zarar  ko‘rib  ishlovchi  korxonalarning 

tugatilishi.  SHuningdek,  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishidan  ortiqcha  ishchi 

kuchining  sekinlik  bilan  ozod  etilishi,  qayta  ishlash  sanoati,  xizmat  ko‘rsatish  va 

shaxsiy  mehnat  faoliyati  kabi  jabhalarda  yangi  ish  joylarini  tashkil  etishda 

sarmoyalarning  yetishmasligi,  yangi  yerlar  o‘zlashtirish  miqyosiningyuqori 

emasligi,  mehnat  va  ishlab  chiqarishni  tashkil  etishning  samarali  uslublari  tadbiq 

etilishiga  e‘tibor  berilmasligi  va  turli  mulkchilikni  yo‘lga  qo‘yishdagi 

rasmiyatchilik  singari  to‘g‘anoqlar  ishsizlar  sonini  ortib  borishiga  sabab 

bo‘lmoqda. Jumaladan qishloq  xo‘jaligi ishlab chiqarishining  mavsumiy  xarakteri 

nafaqat viloyatda, balki Respublikada ham qishloqlarda ortiqcha mehnat resurslari 

hosil bo‘lishiga olib kelmoqda. 

Mintaqada  asosan  obikor  dehqonchalik  rivojlangan  bo‘lib,  paxtachilik, 

donchilik,  sabzavotchilik,  bog‘dorchilik  va  polizchilik  tarmoqlari  shakllangan. 

Yalpi  mahsulot  ishlab  chiqarishda  qishloq  xo‘jalik  korxonalarining    ulushi  2017 

yilda 30.9 % ga teng.  

Mustaqillik  yillarida  qishloq  xo‘jaligi  ekin  maydonlari  tarkibida  g‘alla 

maydonlarining  kengaytirish  xisobiga  tarkibiy  o‘zgarishlar  yuzaga  keldi. 

Istiqlolning dastlabki yillarida mintaqa 390 ming tonna paxta, 104 ming tonna don 

yetishtirilgan  bo‘lsa, 

2017  yilga  kelib  bu  ko‘rsatkich  paxtachilikda  183  ming, 

donchilikda esa 433  ming tonnaga teng  bo‘ldi.  Mazkur davrda paxta  maydonlari 



44 

 

125,4 ming gektardan  87,5 ming gektarga qisqartirilib, donli ekinlar maydoni 23,1 



mingdan  95,3  ming  gektarga  ko‘paydi

.  Xuddi  shuningdek  qishloq  xo‘jaligini 

boshqa tarmoqlarida ham tub o‘zgarishlar yuz berdi. 

Ma‘lumotlari tahlili shuni ko‘rsatadiki, viloyatda sabzavotchilik maydoni va 

yetishtirilgan  mahsulot  hajmi  ushbu  davrlarda  ortgan.  Polizchilik  maydonlari  esa 

mustaqillik  yillarida    qisqartirilgan.  Xuddi  shuningdek  chorvachilik  soxasida  ham 

sezilarli  o‘zgarishlar  sodir  bo‘ldi.  Ayni  chog‘da,  viloyat  qishloq  xo‘jaligida 

chorvachilik  ikkinchi  soha  hisoblanib,  qo‘ychilik  va  echkichilik,  qoramolchilik 

hamda  parrandachilik  asosiy  tarmoqlar  hisoblanadi.  Biroq,  mazkur  tarmoqlar 

mahsulot  ishlab  chiqarishidi  aholi  xo‘jaliklarining  ulushi  yuqori  bo‘lib, 

ixtisosolashgan soha hisoblanmaydi. Hozirda hududda go‘sht, sut, tuxum, pilla, jun 

mahsulotlari yetishtiriladi. 1990 yilda 20,4 ming tonna go‘sht, 75,0 ming tonna sut, 

3,4 ming tonna jun, 3,3 ming tonna  pilla yetishtirilgan bo‘lsa, 2017 yilga kelib bu 

ko‘rsatkichlar  go‘sht  tayyorlashda  132.2  ming,  sutda    666.8  ming,  pillada  7,1 

ming,  junda 1.9  ming tonnaga  teng bo‘ldi. SHundan  go‘shtning 2,3  foizi, sutning 

2.5  foizi,  tuxumning  33.7  foizi,  junning  2.7  foizi  fermer  xo‘jaliklariga  to‘g‘ri 

keladi.  Dexqon  xo‘jaliklari  ulushida  go‘sht  97,0  foiz,    sut  97.2,  tuxum  43.1,  jun 

92.7  foiz  ko‘rsatgichga  ega.  Qishloq  xo‘jaligi  korxonalari  ulushi  esa  juda  oz 

miqdorni tashkil etadi. 

Etishtirilgan dehqonchilik mahsulotlarini  xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil 

qilinganda don mahsulotlarini yetishtirishda jamiga nisbatan fermer xo‘jaliklarning 

ulushi  78,8  foizni,  dehqon  xo‘jaliklarining  ulushi  20,4  foizni,  qishlo  q  xo‘jalik 

korxonalarining  ulushi  0,8  foizni,  kartoshka  mahsuloti  yetishtirishda  fermer 

xo‘jaliklarning  ulushi  22,2  foizni,  dehqon  xo‘jaliklarining  ulushi  77,7  foizni, 

qishloq  xo‘jalik  korxonalarining  ulushi  0,1  foizni,  sabzavot  mahsulotlari 

yetishtirishda  fermer  xo‘jaliklarning  ulushi  20,2  foizni,  dehqon  xo‘jaliklarining 

ulushi  79,7  foizni,  qishloq  xo‘jalik  korxonalarining  ulushi  0,2  foizni,  poliz 

mahsulotlari  yetishtirishda  fermer  xo‘jaliklarning  ulushi  26,6  foizni,  dehqon 

xo‘jaliklarining  ulushi  73,1  foizni,  qishloq  xo‘jalik  korxonalarining  ulushi  0,3 

foizni, meva va rezavorlar yetishtirishda fermer xo‘jaliklarning ulushi 36,1 foizni, 




45 

 

dehqon xo‘jaliklarining ulushi 61,5 foizni, qishloq xo‘jalik korxonalarining ulushi 



2,4  foizni,  uzum  yetishtirishda  fermer  xo‘jaliklarning  ulushi  40,2  foizni,  dehqon 

xo‘jaliklarining  ulushi  58,7  foizni,  qishloq  xo‘jalik  korxonalarining  ulushi  1,0 

foizni tashkil etganligini ko‘rish mumkin. 

Chorvachilik  tarmog‘ida  qo‘y  va  echkichilik  son  jihatidan  ustun  turadi. 

Mazkur  soha  hatto  Namangan  shahri  uchun  ham  xarakterlidir.  Ayni  chog‘da 

CHust,  Pop,  Yangiqo‘rg‘on,  Kosonsoy,  To‘raqo‘rg‘on  tumanlari  ham  yuqori 

ko‘rsatkichlarga  ega.    Qoramolchilik  bo‘yicha  Namangan  shahri,  CHust, 

Yangiqo‘rg‘on, Pop, Uchqo‘rg‘on tumanlarining ulushi yuqori darajada. 

Mustaqillik  yillarida,  Namangan  viloyati  sanoatining  to‘qimachilik,  paxta 

tozalash,  poyabzal,  mebel‘  ishlab  chiqarish,  oziq-ovqat    hamda  qishloq  xo‘jalik 

mahsulotlarini  qayta  ishlash  tarmoqlari,  mashinasozlik  va  metallni  qayta  ishlash, 

qurilish  materiallari  ishlab  chiqarish  tarmoqlarida,  bundan  tashqari  mulkchilik 

shakllarining  o‘zgarishi  va  korxonalar  tashkil  etish  shakllarida  xam    tarkibiy 

o‘zgarishlar  kuzatilmoqda.  Sanoatda  xorijiy  investitsiya  asosida  qo‘shma 

korxonalar  yuzaga  keldi  va  bugungi  kunda 

kich


ik  biznes  va  xususiy  tadbirkorlik  

sub‘ektlari faoliyat ko‘rsatmoqda.  

Viloyat sanoat korxonalarida xilma-xil sanoat va halq iste‘moli mahsulotlari 

ishlab  chiqarilmoqda.  Iqtisodiy  islohotlarni  izchil  amalga  oshirilishi  natijasida 

ishlab 

chiqarilayotgan 

mahsulotlarning 

sifati 


yaxshilanib, 

ularning 

raqobatbardoshligi ortdi. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish ko‘lami kengaydi.  

Viloyatda 2017 yilda korxonalar soni 19952 mingtani tashkil etgan. Faoliyat 

ko‘rsatayotgan  korxonalar  va  tashkilotlarning  asosiy  ulushi  Namangan  shahrida 

(40,7 foiz), Chust (7,8 foiz), Namangan tumani (7,1 foiz)va To‘raqorg‘on (5,9 foiz) 

tumanlarida joylashgan. 

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, viloyatda iqtisodiy geografik jarayonlar 

jadal rivojlanmoqda. Ushbu xolat viloyat iqtisodiy geografik vaziyatida jiddiy sifat 

o‘zgarishlarini  amalga  oshirish  uchun  tadbirkorlik  faoliyatini  yetarli  darajada 

rivojlanishini ta‘minlaydi. Bu o‘z navbatida quyidagi xulosalarni keltirib chiqaradi:  


Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish