rivojlantirish sharoiti ..............................................................................
xususiyatlari ..........................................................................................
Istiqbolda tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari ........... 57
3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi va ahamiyati.
Mamlakatda xususiy mulk va
tadbirkorlikning yanada rivojlanishi, chet el investitsiyalarining keng jalb
qilinishi va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning tashqi bozorlarga chiqishiga va
valyuta zahiralarini ko‘payishiga xizmat qiladi. Tadbirkorlik tuzilmalari o‘zlari
yangi ish joylari barpo etishlari, ichki bozorda tovarlar tanqisligini
kamaytirishlari, narx barqarorligi, raqobat muhitini qaror toptirishda muhim
o‘rin egallashlari hamda qishloq xo‘jaligi mutloq ustunlikka ega bo‘lgan ayrim
hududiy birliklarda mahalliy byudjetlar daromad qismlarining asosiy manbaalari
bo‘lishliklari bilan o‘zining kutilgan samarasini bermoqda. Bugungi kunda
“...
tadbirkorlik faoliyatining erkinligi, xususiy mulk daxlsizligini amalda
ta‘minlash bundan buyon ham davlat siyosatida ustuvor yo‘nalish bo‘lib qoladi.
Hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, ana shu konstitutsiyaviy qoidaning izchil
amalga oshirilishi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini jadal rivojlantirish
bo‘yicha olib borayotgan barcha ishlarimizning mazmun-mohiyatini belgilab
beradi‖
1
.
Bugungi kunda yurtimizda 525 mingdan ortiq tadbirkorlik sub‘ekti
faoliyat yuritmoqda. Mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning 56 foizdan
ortig‘i kichik va xususiy biznes sub‘ektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan
bo‘lib, ular respublikamiz mehnatga layoqatli aholisining 78 foizdan ortig‘ini
ish bilan ta‘minlamoqda
2
.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni
ijro etish, jumladan, biznes sohasi vakillari va davlat organlari o‘rtasida
samarali muloqot va foydali hamkorlik mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, xususiy
mulk va tadbirkorlikning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli muhofaza
qilish kafolatlarini kuchaytirish, viloyatlar va tumanlarda biznes-muhitni
1
Президент Шавкат Мирзиѐевнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 25
йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги маърузаси
.
http://president.uz/uz/lists/view/1328
2
https://kun.uz/news/2017/06/20/prezidentning-angi-farmoni-tadbirkorlik-faoliati-rivozlanisini-tubdan-uzgartiradi
4
takomillashtirish masalalari bo‘yicha, shuningdek, tadbirkorlik sub‘ektlariga,
avvalo, viloyatlar, shahar va tumanlarda sifatli davlat xizmatlari taqdim
etilishini ta‘minlash davlat organlari va tadbirkorlik tuzilmalarining o‘zaro
hamkorligini, ayniqsa, tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatini endi boshlagan
davrlarda ularni qo‘llab-quvvatlashning yangi samarali tizimini yaratishni
taqozo etadi.
Yuqorida ta‘kidlanganidek, iqtisodiyot tarmoqlari va hududiy tuzilmalar
xo‘jaligi xususiy tadbirkorlik ta‘sir doirasida oshib boradi. Jahon mamlakatlari
tajribasida ham tadbirkorlik faoliyati va ularning jadal rivojlanishi uchun
tadbirkorlik muxitini shakllantirishga e‘tibor qaratilishi kuzatiladi . Umuman
olganda, mintaqalar xo‘jaligi ishlab chiqarish sub‘ektlari samaradorligida ham
tadbirkorlik ijobiy samara beradi. Xolbuki, mamlakatimiz iqtisodiyotini
barqaror rivojlantirishning asosiy omili sifatida tadbirkorlik faoliyatini
rivojlantirish yo‘lidagi ma‘muriy g‘ov va sun‘iy to‘siqlarni bartaraf etish va
iqtisodiyotni yanada jadallik bilan rivojlanishiga asos bo‘lishi shubhasiz.
Shundan kelib chiqib, iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirish, ularning
samaradorlik darajasini oshirish shu kunning davr talabi ekanligini inobatga
olgan holda hududlar miqyosida tadbirkorlikni rivojlantirish, undagi
muammolar va yechimini kutayotgan vazifalarni tadqiq etish dolzarb va amaliy
xarakterga ega hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: