badiiy voqea-hodisaga, abadiyat masalasiga
aylantirildi, de-
gan muammodir. Bu borada adabiyot tarixi juda ko‘p ijobiy va
undan-da ko‘proq afsuslanarli tajribaga ega.
Uzoqqa bormay, yetmish yillik tarixni o‘z ichiga olgan
sho‘ro davri o‘zbek adabiyotiga nazar tashlash kifoya. Bu davr-
da milliy adabiyotimizning oltin xazinasidan munosib o‘rin ol-
gan o‘nlab badiiy durdonalar yaratilishi bilan birga, o‘z davri
siyosati singari vaqt sinoviga dosh berolmagan minglab zaif
asarlar ham yozilgan edi. (E’tibor bering: biz bu o‘rinda «yara-
tilgan edi» degan iborani ishlatishga istihola qilyapmiz.)
Demak, yana o‘sha qoida: ijodkor zamonaning o‘tkinchi
gaplariga berilmay, hayotda yuz berayotgan voqealarning tub
zamiriga nazar tashlashi, mana shu chuqurlikda yotgan asl
sabab-mohiyatni ko‘rishi va uni mukammal obrazlar hamda
vositalar orqali badiiy hodisaga aylantira bilishi lozim. Zero,
adabiyotshunoslik fanida «abadiy muammolar» degan tushun-
cha mavjud. Bu shunday muammolarki, zamonlar o‘tishi, bir-
ikki davr kishilarining sa’y-harakatlari bilan ular yechilib, yo‘q
bo‘lib ketmaydi. To odamzod bor ekan, bu muammolar unga
doimiy va ajralmas hamroh bo‘lib qolaveradi. Odamzodni qi-
ziqtiraveradi, o‘ylantiraveradi, qiynayveradi.
8
Muhabbat va nafrat, adolat va adolatsizlik, imonlilik va nafs-
ga qullik, haqiqat va yolg‘on, mardlik va qo‘rqoqlik, sadoqat va
sotqinlik, vatanparvarlik va qullik tuyg‘ularini o‘z ichiga qamra-
gan abadiy muammolarni yoritgan asarlargina umrboqiylik kasb
etadi. Xuddi shu tufayli ham Tohir tilga olinganda Qorabotir
(«Tohir va Zuhra» dostoni), Farhod eslanganda Xusrav («Far-
hod va Shirin» dostoni), Kumush yodlanganda Zaynab («O‘tkan
kunlar» romani), Yo‘lchi to‘g‘risida gap ketganda Mirzakarim-
boy («Qutlug‘ qon» romani) esga keladi, kishini o‘ylantiradi.
Bu asarlar va ularning qahramonlari yuqorida sanalgan o‘lmas
insoniy tuyg‘ularni o‘zida kuchli aks ettirgani bilan ham abadi-
yatga daxldor.
Badiiy mukammal asarlarning yana bir muhim xislati shun-
dan iboratki, ularda muayyan millatning tili butun jozibasi bilan
namoyon bo‘ladi. Bu asarlar adabiy til normalarini mustahkam-
labgina qolmay, balki uning boyishi, yana-da sayqallanishi,
ta’sir doirasining kengayishiga ham sezilarli turtki beradi.
Navoiy o‘z asarlari bilan turkiy til qaddini qanchalar yuk-
sakka ko‘targanidan xabardorsiz. Xuddi shu singari bizning ona
tilimiz «Kuntug‘mish» dostonida o‘nlab, Lut
y tuyuqlarida yuz-
lab, Nodira g‘azallarida yana minglab yangi qirralarini ko‘z-ko‘z
qiladi. G‘afur G‘ulom she’rlari va nasriy asarlari o‘zbek tili ning
naqadar boyligini yana bir bor isbotlasa, Muhammad Yusuf
she’rlaridagi xalqona ohang bu she’rlarning millionlab muxlislar
qalbida qo‘shiq bo‘lib yangrab qolishiga sabab bo‘ladi.
Demak, bugundan boshlab yana adabiyot atalmish ulkan
xazinalar bog‘iga kirib boramiz. Uning dur-u gavharlaridan
ko‘zimiz yashnab, yam-yashil yaproqlaridan, xandon ochilgan
gul-u chechaklaridan ko‘nglimiz yayraydi. Eng muhimi, ruhi-
yatimiz kundalik hayotning nisbatan rangsiz tuyuladigan olami-
dan bir muddat uzilib, xuddi shu hayotning badiiy bo‘rttirilgan,
ranglari tiniqlashtirilgan manzaralariga oshno tutinadi. Bu
mo‘jizalarga to‘la bog‘dan nimalar olib chiqish, qanday xazina-
larning egasiga aylanish endi faqat o‘zingizga, na
s adabiyotga
bo‘lgan e’tiboringizga bog‘liq, aziz o‘quvchi!
9
Do'stlaringiz bilan baham: |