SAID AHMAD
(1920–2008)
O‘zbek adabiyotining zabardast vakillaridan
biri Said Ahmad (to‘liq ism-shari
Saidahmad
Husanxo‘jayev) 1920-yilda Toshkentning Sa-
marqand darboza mahallasida dunyoga keldi.
U o‘rta maktabni tugatgach, avval Toshkent
Rassomlik bilim yurtida, so‘ng Toshkent Peda-
gogika institutida o‘qidi va uni 1943-yilda
tugatdi. Yoshligidan
adabiyotga
havasmand
bo‘lgan adib adabiyot darslarida, maktabdagi
to‘garaklarda faol qatnashardi. Adib dastlab “Mushtum” jurna-
liga adabiy xodim bo‘lib ishga kirdi. Tabiatan hazil-mutoyibaga
moyil Said Ahmad uchun bu jurnal muhiti yaxshigina ijodiy
maktab bo‘ldi. Shuningdek, yozuvchining qator jurnal va ijti-
moiy-siyosiy gazetalar tahririyatlaridagi faoliyati uning yetuk
ijodkor bo‘lib yetishishiga, elga tanilishiga sabab bo‘ldi.
Said Ahmad juda sermahsul ijodkor. Adib ko‘p yozsa-da,
xo‘b yoza di. Uning “Tortiq” nomli dastlabki hikoyalar to‘plami
1940-yilda chop etilgan. Shundan so‘ng adibning “Er yurak”,
“Farg‘ona hikoya lari”, “Cho‘l burguti”, “Muhabbat” kabi ellikka
yaqin katta-kichik kitoblari alohida to‘plam va ko‘p jildliklar
shaklida nashr etilgan. Bu asarlarning barchasi zo‘r qiziqish
va hayajon bilan o‘qiladi. Sababi, adabiyotshunoslarimiz to‘g‘ri
ta’kidlaganlaridek, Said Ahmad Oybekning psixologik tasvir
mahoratini, G‘afur G‘ulom yumori, Abdulla Qahhorning ixcham
va teran
krlash fazilatlarini o‘zida mujassamlashtirgan adib.
Darhaqiqat, bu uch bobokalon qalam ustasining ijodiy tajribasi
sevimli yozuvchimiz uchun ulkan mahorat maktabi bo‘ldi.
Said Ahmad – o‘tkir kulgi ustasi. Bu xususiyat uning bar-
cha janr lardagi asarlariga ko‘chgan deyish mumkin. Jumladan,
adibning “Kelinlar qo‘zg‘oloni” (1976) komediyasi dovrug‘i
olamga ketgan sahna asari hisoblanadi. Asar o‘zining sami-
miy tili, sharqona lutf va kulgiga boyligi, tarbiyaviy ruhi bilan
ko‘plab xorijiy mamlakatlar tomoshabinlarining ham ko‘nglini
71
rom etdi. Adib ssenariysi asosida yaratilgan qator kino
lmlar
haqida ham shu gapni aytish mumkin.
Mustaqillik yillarida adib yana-da katta g‘ayrat bilan qalam
tebratdi. U shu yillarda ko‘plab publitsistik maqolalar, badialar
yozdi, shuningdek, quvnoq yumoristik, jo‘shqin lirik hikoyalar,
ta’sirchan xotiralar yaratdi. Yozuvchining “Xandon pista”, “Bir
o‘pichning bahosi” kabi hajviy to‘plamlari, “Yo‘qotganlarim va
topganlarim”, “Qorako‘z majnun”, “Kiprikdagi tong” kitoblari, 3
jilddan iborat “Tanlangan asarlar”i xuddi shu istiqlol yillarida
yaratildi.
Said Ahmad yirik nasriy asarlari bilan ham kitobxonlarga
yaxshi tanish. Uning 1988-yilda yaratilgan “Jimjitlik” romani
xalqimiz ning sho‘ro hukumati davridagi zohiran tinch, turg‘unlik,
aniqrog‘i, “jimjitlik” yillarida kechirgan kunlaridan hikoya qila-
di. Asarda “qizil imperiya”ning rang-barang nayranglari tufay-
li ha yoti fojiali kechgan kishilar taqdiri bo‘yab-bejalmasdan,
haqqoniy ko‘rsatilgan.
“Ufq” romani nafaqat Said Ahmad ijodida, balki adabi-
yotimizda ulkan voqea bo‘lgan uch qismli asar bo‘lib, roman-
trilogiya hisoblanadi. Asarda xalqimizning Ikkinchi jahon urushi-
gacha, urush davri, urushdan so‘nggi yillardagi qismati qalamga
olingan. Romanning birinchi kitobi “Qirq besh kun”, ikkinchi
kitobi “Hijron kunlarida”, so‘nggi, uchinchi kitobi esa, “Ufq
bo‘sag‘asida” deb ataladi. Trilogiyada o‘sha yillari xalq boshiga
tushgan mashaqqatli kunlar, musibatlar, ularni katta bardosh bi-
lan yengib o‘tgan kishilar adib tomonidan zo‘r mehr va ilhom
bilan tasvirlangan.
Said Ahmadning shaxsiy hayoti ancha murakkab bo‘lgan.
U 1947-yilda “xalq dushmani” sifatida ayblanib, nohaq qamoq-
qa olin gan, bir necha yil qatag‘on jabrini tortgan. 1953-yildan
so‘nggina oqlangan. Biroq bu azoblar sevimli yozuvchimiz
ruhini, qaddini buka olmadi. Adibning barakali va mazmunli
ijodiy faoliyati davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. Adib
“O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvoniga, Davlat mukofotiga sa-
zovor bo‘lgan, “Buyuk xizmatlari uchun”, “Do‘stlik” ordenlari
bilan mukofotlangan. Said Ahmadga Vatanimizning yuksak mu-
kofoti – “O‘zbekiston Qahramoni” unvoni berilgan.
72
Do'stlaringiz bilan baham: |