bo‗g‗inlar nazardan chetda qolgan. Shuning uchun mavjud adabiyotlarda bo‗g‗in
tiplari tasnifining boshqa ko‗rinishlari ham uchraydi. Masalan, M.M. .Mirtojiev
M.M. Mirtojiev unli va undoshlardagi ovoz yoki shovqin miqdori har xil
bo‗lishini nazarda tutib, bo‗g‗inning akustik tasnifini ham beradi. U shunday
deydi: "Unli va undosh tovushlar tarkibida, bizga ma‘lumki, un va shovqin miqdori
turlichadir. Agar ularni ball tizimiga asoslangan shkala bo‗yicha hisoblasak, unlilar
23
4 ball, sonorlar 3 ball, jaranglilar 2 ball, jarangsizlar esa 1 ball deb qaralishi
mumkin. Shunga ko‗ra bo‗g‗in tovush-larini tavsiflasak, bo‗g‗inlar har xil turlarga
bo‗linadi. Albatta, bunda bo‗g‗inning boshi va oxiri nazarda tutiladi:
1) silliq bo‗g‗in
(bo‗g‗in boshi va oxiri yo‗q, kesilgan holatda). Masalan,
a+e+ro+plan
so‗zining birinchi va ikkinchi bo‗g‗inlari shunday;
2) kuchayuvchi bo‗g‗in
(yopiq boshlanuvchi ochiq bo‗g‗in tiplari e‘tiborda
tutiladi). Masalan,
ma, de, shu, bu
so‗zlarini tarkib toptirgan bo‗g‗in shunday;
3) pasayuvchi bo‗g‗in
(ochiq boshlanuvchi yopiq bo‗g‗in tiplari e‘tiborda
tutiladi). Masalan,
ot, ol, it, et
kabi;
4) kuchayuvchi-pasayuvchi bo‗g‗in
(to‗la yopiq bo‗g‗in e‘tiborda tutiladi).
Masalan,
kuz, non, bir, tur
kabi.
Shuni ham aytib o‗tish kerakki,
bri+ga+dir
so‗zining birinchi bo‗g‗ini ham
kuchayuvchi bo‗g‗in deb qaraladi. Ammo uning bo‗g‗in boshi ikki undoshdan
iborat. Shunga qaramay ular ball shkalasiga ko‗ra har xil, ya‘ni 2-3-4 deb olinadi.
Unda tovushlar kuchayib borganligi kuzatiladi..."
Ilmiy adabiyotlarda bo‗g‗in tiplari tasnifining yana boshqa turlari xam bor.
Xususan, prof. A. Maxmudov bo‗g‗inlarni quyidagicha tasnif qiladi:
1) to‗la ochiq bo‗g‗in.
U faqat unlidan iborat bo‗ladi:
a+na, a+ka, o+pa
so‗zlarining birinchi bo‗g‗ini;
2) to‗la yopiq bo‗g‗in.
Bunday bo‗g‗in undosh bilan boshlanib, undosh bilan
tugaydi:
tar—tib, map-vuz
so‗zlaridagi barcha bo‗g‗inlar;
3)
boshi yopiq bo‗g‗in.
Bunday bo‗g‗in undosh bilan boshlanib, unli bilan
tugaydi:
bo+la, ta+na
so‗zlaridagi barcha bo‗g‗inlar;
4)
oxiri yopiq bo‗g‗in.
Bunday bo‗g‗in unli bilan boshlanib, undosh bilan
tugaydi:
or+tiq, o‗r+ta
so‗zlarining birinchi bo‗g‗inlari .
Muallif to‗la yopiq bo‗g‗in strukturasi 7 xil bo‗lishini ta‘kidlaydi: 1) SUS-bet,
kuch; 2) SSUS-Qrim, plan; 3) SUSS-qirq, hind; 4) SSUSS-Dnepr, sport; 5)SUSSS-
tekst, punkt 6)SSSUS-shtraf, skver; 7)CCVCCC-Dnestr, Bratsk.
Boshi yopiq bo‗g‗in uchga bo‗linadi: l) CV-by; 2) SSV
-drama, smena
so‗zlarining birinchi bo‗g‗ini;
3)
SSSV
-Brno
kabi.
24
Oxiri yopiq bo‗g‗inning to‗rt xil bo‗lishi aniqdanadi: 1) VS-o‗q, el, uy; 2)
VSS-ayt, ilm, ark; 3)
VCCC-O
MCK
;
4)USSSS-Ernst.
Shunday qilib, muallif o‗zbek tilidagi bo‗g‗inlar o‗n besh strukturada
ifodalanayotganligini ko‗rsatadi.
1
Bunda o‗zbek tilining o‗z va o‗zlashgan qatlam
so‗zlari birga qaralgan.
Do'stlaringiz bilan baham: